O'tmishdan hozirgi kungacha ayollarning jamiyatdagi roli
Download 116.41 Kb. Pdf ko'rish
|
4shuba
O'tmishdan hozirgi kungacha ayollarning jamiyatdagi roli Odamlar orasida erkak kishiga nisbatan ishlatilgan “janob” va “hukimdor” kabi ulug’lashlar soyasi ostida va Odam Atoning qovurg'asidan paydo bo'lgan ikkilamchi mavjudot sifatida ayol kishining ikkinchi darajali qilib tasvirlanishi - erkak va ayol rollarining ijtimoiy tuzilishi va ijtimoiy tengsizligining sababidir. Ayollarning ijtimoiy muammolarining mohiyati erkak va ayolning jamiyatdagi rolini bilish muammosi bilan tengdir. Juda qadim zamonlarda odamlar o'rasida ham tenglik bo’lmagan, hatto erkak va ayol o'rtasida ham ijtimoiy tengsizlik mavjudligi sir emas edi. Ayollarning o’brosining pasayib borishining asosiy sababi, ular faqat o'z uy va onalik vazifalarini bajarib, jamiyatdan chetda qolib ketishidir. Shunga qaramasdan, tarixchilar va arxeologlar ayollarning jamoat hayotida etakchi rol o'ynagan davrlar ham bo’lganligi haqida guvohlik berishadi. Bu matriarxat davri edi. Hozirgi kungacha saqlanib qolgan urf-odatlar va afsonalar bizga bu davr haqqida ma’lumot beradi. Turli tarixiy davrlarda ayollar haqida turli xil mulohazalar mavjud edi. Masalan, XX asrda Evropa mamlakatlari zaminida ayol-ona, ishchi va bir vaqtning o'zida ijtimoiy faol bo’lgani sabab mukammal ayol sifatida afsonaga aylangan. Yana shunday qarama-qarshi fikr mavjudki: ular tarixda ayolni qanchalik ko'p e’zozlagan va unga sig'inishgan bo'lsa, haqiqatda esa uning ja’miyatdagi pozitsiyasi shunchalik kamsituvchi va qaram bo'ldi. Amerikalik tadqiqotchi B. Fridan bu qarama-qarshi fikrni quyidagicha izohlagan: "Ayollar bajaradigan haqiqiy funktsiyalar qanchalik kam bo'lsa, ularga bo’lgan munosabat shunchalik past bo’lgan". Ushbu fikrning tasdig'ini yana bir bor tarixga qaytib topishingiz mumkin. Qadimgi yunonlar ibodatxonalarda ayollarga bag’ishlangan haykallar o’rnatgan va unga sig’inishgan, ammo haqiqiy hayotda ular "ortiqcha" qizlarini tashlab ketishgan yoki qurbon qilgan, qizlarni bo’lsa sotib yuborishgan va ayollarga faqat hechqanday huquqga ega bo’lmagan uy bekalari sifatida qarashgan. Qadimgi Yunonistonda ayollar o'z uylarida bo’lishi va jamoat ishlariga aralashmasliklari kerak edi. Ular uchun quyidagi cheklovlar mavjud edi:
shaharni boshqarishda qatnasha olmaslik, mulkni meros qilib ololmaslik yoki sudda o'zlarini himoya qila olmaslik. Hattoki ayollarga ma'lum miqdordan qimmatroq narsalarni sotib olishga ruxsat berilmas edi. Albatta, zamon bunday davom etishi mumkin emas edi. Shuning uchun ham vaqt o'tishi bilan ayollarning jamiyatdagi roli va mavqei o'zgarib bordi. XX asrga kelib esa bu borada ajoyib o'zgarishlar ro'y berdi, ammo turli xil xurofotlar va afsonalar ayollarning jamiyatdagi haqiqatan teng mavqeiga ega bo’lishiga xalaqit bermoqda. Xo’sh, hozirgi zamon ayollar haqidagi stereotiplardan xolimi? Buni bilish uchun, hozirgi zamon ayollarining ijtimoiy roli va vazifalaridan kelib chiqib xulosa chiqarsak bo’ladi. Ayollar huquqlari borasida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi? Turli davlatlar konstitutsiyalarida ayol va erkak huquqlari tengligi, ovoz berish va ta'lim olish huquqiga ega bo'lib, ular jamiyatning iqtisodiy hayotiga kirib kelmoqda.
Bugungi kunda zamonaviy jamiyatda ayollarning o'rni endi faqat uy ishlarini bajarish, bolalarni boqish, ularni tarbiyalash va qonuniy turmush o'rtog'iga xizmat qilish bilan cheklanmaydi. Endi bu pozitsiya eskirgan deb hisoblanadi va uni tanlagan ayollar hali ham konservativ e'tiqod tarafdorlari sifatida qabul qilinadi. Uzoq vaqt davomida rahbarlik lavozimlarini asosan erkaklar egallashgan, ammo so'nggi paytlarda bu tendentsiya sezilarli darajada o'zgara boshladi. Buning aniq misollarini biz siyosatda, tibbiyotda, armiyada ko'rishimiz mumkin. Ayolning o'tkir zehni, diplomatiyasi, zukkoligi va muloyimligi, ayol sezgisi uni ajralmas lider, qo'mondon, etakchi, har qanday tuzilmaning muvaffaqiyatli rahbari qiladi.
Shunday qilib, ijtimoiy qadriyatlar, rollar va ijtimoiy guruhlarning o'zgarishiga qaramay, ayollarning asosiy maqsadi uyni saqlash va oilani davom ettirish bo'lib qolmoqda. Biroq, ayollar yuqori darajadagi rahbarlik lavozimlarini egallashlari, an'anaviy ravishda erkak deb hisoblangan kasblarni egallashlari va o'zlarining taqdirlarini hal qilishlari mumkin.
Adabiyot 2. Fridan B. Ayollik jumbog’i. M., 1994 yil. 4. Barbieri E. Kelajak jamiyatidagi ayollarning roli 1993. yanvar. 5. Sokolovskaya M. Ayollarning ijtimoiy rollari (Polshada jamoatchilik fikrini o'rganish asosida) // Sotsiologik tadqiqotlar. 1978. № 3.
zamonaviy ayol // IVF. 1988. № 8. 9. Rodionova L. V. Biznesni ayollar boshqaradi // AQSh: iqtisodiyot, siyosat, mafkura. 1991. № 10.
Download 116.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling