Oвid haydarov
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR
- Fuqarolik jamiyati yuksak darajada uyushgan, batartib munosabatlar tizimiga tayangan, o‗zini o‗zi boshqarish mexanizmlari mukammal qaror topgan jamiyatdir.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Axborot tushunchasi, axborotning predmeti va asosiy shakllari nimadan iborat? 2. Ommaviy axborot vositalari va ommaviy kommunikatsiya kanallari deganda nimani tushunasiz? 3. Axborot sohasida davlat boshqaruvi jarayonini joriy etishning elementi va sub‘ektlari bormi? 4. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ommaviy kommunikatsiyadan foydalanishning ahamiyati nimadan iborat? 5. Davlat axborot siyosatining vazifalari va funksiyalari qaysilar? TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR 1. O‗zbekiston Respublikasining ―Elektron hukumat to‗g‗risida‖gi Qonuni, 2015 yil 9 dekabr. 2. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. – O‗zbekiston. 2010. 3. Шарифхўжаев М. Ўзбекистонда очиқ фуқаролик жамиятининг шаклланиши. – Т.: Шарқ, 2003 4. Қирғизбоев М. Фуқаролик жамияти: генезиси, шаклланиши ва ривожланиши. – Т.: Ўзбекистон, 2010 5. Жалилов A. ва бошқалар. Фуқаролик жамияти асослари. – Т.: Baktria press, 2015. 6. Фуқаролик жамияти: 2016. Ziyonet.uz. 127 7. O‗tamurodov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va atamalar lug‗ati. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t. INTERNET SAYTLARI 1. www.president.uz 2. www.pm.gov.uz 3. www.parliament.uz 4. www.gov.uz 5. www.ziyonet.uz 6. www.xs.uz Mavzu: FUQAROLARNING O‗ZINI-O‗ZI BOSHQARISH ORGANLARI Reja: 1. O‗zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarining o‗rni 2. ―Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari‖ konsepsiyasi 3. Mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish va uning asosiy yo‗nalishlari 1. Yurtimizda azal-azaldan mahalla tarbiya o‗chog‗i hisoblanadi. Avloddan-avlodga o‗tib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning turmush va tafakkur tarzini ko‗z qorachig‗idek asrab-avaylashda uning o‗rni va ahamiyati beqiyos. Mustaqillik yillarida mahalla institutining nufuzini oshirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki siyosiy, tarbiyaviy va ulkan ma‘naviy ahamiyatga ega bo‗lgan ustuvor vazifa sifatida belgilanib, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda uning ishonchli tayanch va ta‘sirchan kuch bo‗lib xizmat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‗lamli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Xususan, milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‗inlari o‗zini o‗zi boshqarishning hududiy birliklari sifatida O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105- moddasida mustahkamlab qo‗yildi: «Shaharcha, qishloq va ovulllarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig„inlari o„zini o„zi boshqarish organlari bo„lib, ular ikki yarim yil muddatga (2019 yildan boshlab 3 yilga) raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini 128 saylaydi. O„zini o„zi boshqarish organlari saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi». Yuzdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolar o‗zini o‗zi boshqarish organlarining jamiyat hayotining muayyan sohasidagi ishtiroki o‗z aksini topdi. Birgina so‗nggi besh yilda yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari to„g„risida”gi hamda “Fuqarolar yig„ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to„g„risida”gi O‗zbekiston Respublikasining qonunlari, mahallalar hamda ulardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga oid 20 ga yaqin nizom qabul qilinib, ijtimoiy hayotga tatbiq etildi. Shuningdek, tizimda faoliyat ko‗rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish bo‗yicha o‗quv kurslari hamda ―Mahalla‖ ma‘rifiy teleradiokanali tashkil etildi. Hozirgi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin fuqarolar yig‗inlari tomonidan ilgari mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqli bo‗lgan 30 dan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda. Amalga oshirilgan keng ko‗lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar natijasida mahalla noyob, dunyoda o‗xshashi bo‗lmagan tuzilmaga aylandi, fuqarolar o‗zini o‗zi boshqarish organlarining ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida faol ishtirok etishi uchun mustahkam zamin yaratildi. Konstitusiyaviy asosdan kelib chiqib, 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan «Fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari to‗g‗risida»gi (yangi tahrirda) Qonunning 1-moddasida fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish tushunchasi quyidagicha ta‘riflanadi: «Fuqarolarning o„zini o„zi boshqarishi – fuqarolarning O„zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o„z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma‟naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odat va an‟analaridan kelib chiqqan holda milliy mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatdir». Mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish, mashhur olim Aleksis Tokvilning talqinicha, fuqarolarning keng siyosiy ishtiroki uchun shart-sharoitlar yaratib beradi hamda o‗zini o‗zi boshqarish organlari siyosiy madaniyat elementlarini shakllantirishning ham beqiyos omilidir. Mamlakatimizda o‗zini o‗zi boshqarish organlari fuqarolik jamiyatining asosiy instituti sifatida yildan-yilga takomillashib bormoqda. Shuningdek, mazkur organlarning boshqaruv tizimidagi ko‗lamining 129 kengayib borishi bilan huquqiy davlatning o‗z vakolatlarini demokratik tamoyillar asosida amalga oshirishi uchun qulay va keng imkoniyatlar paydo bo‗lmoqda. Demokratik jamiyat shakllanishida mahalla instituti alohida o‗rin tutadi. «Mahalla» arabcha so„zdan kelib chiqib, «shahar ichidagi shahar» ma‟nosini anglatadi. Tarixchi olim Narshaxiy «Buxoro tarixi» asarida bundan 1100 yil ilgari mahalla xalqning boshqaruv uslubi ekanlinigi yozgan edi. Qadimda mahalla nafaqat ijtimoiy, balki ma‘muriy-hududiy tuzilma tarzida ham e‘tirof etilgan. O‗rta asrlarda Xiri deb atalgan Hirot shahri yuzta kichik «shaharcha» - mahallalardan tashkil topgan ekan. Demak, qadim zamonlardayoq o‗zini o‗zi boshqarish organlarining ilk kurtaklari namoyon bo‗lgan. Sharqda bu jarayon bir necha ming yillik tarixga ega bo‗lgan mahallalar ko‗rinishida rivojlangan bo‗lsa, G‗arb mamlakatlarida kishilarning o‗z manfaat va qiziqishlarida jamiyatdagi munosabatlarda ifodalash hamda himoya qilish maqsadida har xil uyushmalar, partiyalar, jamiyatlar, harakatlar va boshqa tuzilmalar sifatida paydo bo‗lishiga asos solindi. Sobiq SSSR davrida mahalla intstitutining mazmuni va vazifalari butunlay izdan chiqqan edi. Bu davrda mahallalar o‗zining huquqiy maqomini yo‗qotdilar. Bu davrda qadimdan ma‘naviyat, ta‘lim va tarbiya masalalarini hal etib kelgan mahallalarning o‗rni deyarli yo‗qqa chiqarildi. Mustaqillik davriga kelib fuqarolarning mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish organlari qonuniy maqomini mustahkamlashga, ularni fuqarolik jamiyatining asosiy institutga aylantirishiga doir jiddiy isloholar amalga oshirildi. O‗zbekistonda mahalalar milliy mustaqillik davriga kelibgina, o‗zini o‗zi boshqarish organiga aylandi. O‗zbekiston Konstitusiyasi mahalla maqomini fuqarolarni o‗zini o‗zi boshqarish organi sifatida mustahkamladi. Mamlakatda shaharcha, posyolka, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‗inlari o‗zini o‗zi boshqarish organlari huquqiy maqomini oldilar. Jumladan, mustaqillik davrida mamlakatda 10 mingga yaqin o‗zini o‗zi boshqarish organlari shakllangan bo‗lsa, ulardan 8142 tasini mahalla fuqarolar yig‗inlari tashkil etadi. Mustaqillikning ilk davridan boshlab Birinchi Prezident I.Karimov mahallalarni fuqarolik jamiyatining asosi deb bildi va ularni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirdi. Mustaqillik davrida mahallalarning tashkiliy ijtimoiy va huquqiy maqomini mustahkamlash borasida chuqur islohotlar amalga oshirildi. Eng avvalo «mahalla» atamasi tarixda birinchi marta Konstitusiyaga kiritildi. Unga aholining o„zini o„zi boshqaruvining noyob shakli sifatidagi 130 konstitusiyaviy huquqiy maqom berildi. 1992 yilda O‗zbekiston prezidentining ―Respublika «Mahalla» xayriya jamg‗armasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 1992 yildagi «Fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarini qo‗llab- quvvatlash haqida»gi, 1999 yildagi «Aholini aniq yo‗naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta‘minlashda fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari rolini oshirish to‗g‗risida»gi farmonlar, shuningdek, kam ta‘minlangan va ko‗p bolali oilalarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan qator farmon, qarorlar, qonunlar va me‘yoriy hujjatlar e‘lon qilinganligi buning isbotidir. Birinchi Prezident I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning XI sessiyasidagi ma‘ruzasida o‗zini o‗zi boshqarish organlari faoliyati takomillashtirish xususida quyidagi fikrni bildirdi: «Hayotimizni erkinlashtirish yo„nalishlarining yana bir muhim yo„li – markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tizimlariga, fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlariga bosqichma bosqich o„tkaza borishni ta‟minlashdir». Hozirgi davrda jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish maqsadlaridan kelib chiqib mahalla fuqarolar yig‗inlariga boshqaruvning turli yo‗nalishlariga yetakchilik qilish vakolatlari berildi. Mahallalar o‗z hududida yashayotgan fuqarolarning turli ijtimoiy muammolarini hal qilib berishda bevosita ishtirok etadilar: qariyalar, faxriylar, yetimlar, baynalmilal-harbiylar, kam ta‘minlangan va ko‗p bolali olilalar manfaatlarini himoya qiladi; mahalla faollarining mazkur faoliyatda ishtirok etishiga boshchilik qiladi; insonni ma‘naviy yuksalishi va tashabbuslarini namoyon bo‗lishi uchun shart-sharoit yaratadi; fuqarolar moddiy va ma‘naviy jihatdan qo‗llab-quvvatlanadi. Mahalla fuqarolar yig‗ini ijtimoiy ta‘minot organlari va boshqa homiy tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy yordam, kam ta‘minlangan oilalar va yolg‗iz kishilarga beg‗araz moddiy yordam ajratishning barcha tashkiliy jihatlarini o‗zi mustaqil ravishda bajaradi. Shu bilan birga, mahallalar o‗z hududlarida ekologik muammolarni yechish va aholi moddiy ahvolini yaxshilash, hashar yo‗li bilan ko‗kalamzorlashtirish, tozalash ishlariga jalb qilish, mahalliy aholi o‗rtasida atrof-muhitni asrash yuzasidan tushuntirish va tarbiyaviy ishlar olib borishga ham mas‘uldir. Albatta, bu kabi faoliyatlar fuqarolar faolligini oshirish vositasida amalga oshirilmoqda. Shuningdek ko‗plab qonunlar loyihalari, Konstitusiyaga kiritiladigan qo‗shimcha va o‗zgarishlarni o‗zida ifodalagan umumxalq referendumlariga tayyorgarlik ko‗rish va o‗tkazish avvalo mahalla ahli va faollari tomonidan muhokama qilinmoqda hamda qo‗llab- 131 quvvatlanmoqda. Boshqacha aytganda, mahallalar siyosiy qarorlar qabul qilishda jamoatchilik ishtirokini faollashtirishning muhim vositasi ekanligini hayotning o‗zi isbotlab berdi. Mamlakat siyosiy hayotida fuqarolarning siyosiy qaror qabul qilishdagi ishtirokini ta‘minlab beruvchi asosiy bo‗g‗in, bu – mahalla fuqarolar yig‗inlaridadir. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish qobiliyatiga ega bo‗lgan birdan bir boshqaruv tizimi ham mahalla fuqarolar yig‗inlaridir. Respublika «Mahalla» xayriya jamoat fondi, uning viloyat, shahar, tuman bo‗limlari bilan hamkorlikda har yili «Eng yaxshi mahalla», «Eng ibratli oqsoqol», «Mahalla jonkuyari», «Eng tadbirkor mahalla oqsoqoli» shiori ostida muttasil ko‘rik-tanlovlar o‗tkazib kelinadi. Ko‗rik-tanlovlar g‗oliblari har yili obro‗li komissiyalar tomonidan maxsus nishonlar, qimmatli esdalik sovg‗alari bilan taqdirlanadilar. Mazkur tadbirlar mahallalarni obodonlashtirish, ozoda saqlash, ayniqsa yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik davrida mahallalar fuqarolar yig‗inlari oqsoqollari, «Mahalla» jamg‗rmasi va uning mahalliy tashkilotlari rahbarlarining sifat tarkibi yaxshilanib bordi va bormoqda. Huquqiy demokratik davlatda saylov qonunlari va uni o‗tkazish muhim o‗rinni egayllaydi. Bundan fuqarolarning o‗zini – o‗zi boshqarish organlariga saylov o‗tkazish ham istisno emas. 2019 yil may – iyun oylarida mamlakatimizda o‗zini – o‗zi boshqarish organlari – mahalla, ovul, qishloq, shaharcha fuqarolar yig‗inlariga saylov o‗tkazildi. 2003 yilda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan «Obod mahalla yili» dasturini (2003 yil 7 fevral) hayotda amalga oshirish natijasida barcha mahallalarda ulkan ishlar amalga oshirildi. Mahallalardagi kichik va o‗rta biznesni rivojlantirish uchun 41760,5 mln.so‗m hajmdagi kreditlar ajratildi. Mahallarda 12527 ta ish o‗rinlari yaratish uchun mazkur rejaga ko‗maklashuvchi davlat jamg‗armasidan 11571 mln.so‗m, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadlarida 2765 ta oilaga 2005,5 mln.so‗m hajmdagi mablag‗lar ajratildi. Aholining huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish, siyosiy qarorlar qabul qilishda mahallalarning o„rnini yuksaltirish, mahallalarni mahalliy davlat hokimiyati organlaridan to„la mustaqil bo„lishini ta‟minlaydigan huquqiy mexanizmlar yaratish, fuqarolarni mahallalar vositasida qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlaridagi umumxalq muhokamalarida faol ishtirok etishlarini ta‟minlash yaqin istiqboldagi islohotlarning asosiy vazifasidir. 132 Kuchli fuqarolik jamiyatida fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlarining o‗rni muhim hisblanadi. Reppublikamizda «Fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari to‗g‗risida»gi Qonun bilan o‗zini o‗zi boshqarishning yaxlit tizimi yaratilgan. Dunyoning kamdan-kam mamlakatida uchraydigan bunday ijtimoiy tuzilma o‗zining demokratligi va izchil boshqaruvga asoslanganligi bilan ajralib turadi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov aytganidek, «...odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligi yuksalib borgani sari, davlat vazifalarini nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o„tkazib borish zarur. Bu borada o„zini o„zi boshqaradigan idoralarning, mahallalarning nufuzini va mavqeini oshirish, ularga ko„proq huquqlar berish katta ahamiyat kasb etadi». 2.Mamlakatimizda ―Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari‖ tamoyili asosida ham islohotlar olib borilmoqda. Haqiqatan ham bugungi kunda davlatning bir qator funksiyalari o‗zini - o‗zi boshqarish organlariga o‗tkazilganligi ijobiy natijalar berayotganining guvohimiz. Ya‘ni, bu organlar joylarda bir qator ijtimoiy himoya, iqtisodiy masalalar, madaniy- ma‘rifiy soha, atrof-muhit himoyasiga oid davlat zimmasida bo‗lgan ko‗plab masalalarni ishonarli ado etib kelmoqda. Fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari ayni vaqtda fuqarolarning siyosiy faolligini oshirishda ham katta bir ijtimoiy maktab hisoblanadi. Fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari ham nodavlat notijorat tashkilotlariga o‗xshagan jamoat tuzilmasi hisoblanadi. Ularning shakllantirilishi demokratik asoslarda – saylovlar orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan, fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlariga faqat ijtimoiy xarakterga ega bo‗lgan vazifalar yuklatilishi lozim. Bunday tuzilmalar bevosita davlat organlari vakolatiga kiradigan vazifalarni bajarishdan ozod etilishi kerak. Ijtimoiy tuzilmalar jamiyat boshqaruvida munosib ishtirok etsa, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishni zimmasiga olsa, har bir fuqaroning davlat va jamiyat boshqaruvida erkin ishtirokini ta‘minlashga erishsa, bu jamiyat kuchli jamiyat sifatida tan olinadi. Kuchli jamiyat har qanday muammoni o‗zi hal etadi. Har bir fuqaro esa o‗zining siyosiy hamda iqtisodiy imkoniyatlaridan foydalana oladi, jamiyatning faol a‘zosiga, muhimi uning boshqaruvchisiga aylanadi. Boshqaruv jarayonida jamatchilikning ishtiroki ortib, mahalliy hokimiyat bilan ular o‗rtasidagi munosabatlar birlashib boradi. Shu yo‗l bilan o‗zini- o‗zi boshqaradigan jamiyat barpo etiladi. Ammo, bu jarayon tez kechadigan ijtimoiy hodisa emas. Bular demokratik huquqiy davlatning asosini tashkil etadi. Kuchli fuqarolik jamiyati-turli xil nodavlat notijorat 133 tashkilotlari, siyosiy partiyalar, yuqori saviyadagi siyosiy fuqarolar faolligi bilan xarakterlanadi. Kuchli davlat esa kuchli jamiyat shakllanishida islohotchilik qilishi mumkin. Davlat islohotchi sifatida o‗zining qator vazifalarini turli ijtimoiy tuzilmalarga bosqichma-bosqich o‗tkazib borishi lozim. Buning uchun esa jamoat tuzilmalari doimo davlatning yordamiga, uning qo‗llab- quvvatlashiga ehtiyoj sezadi. O‗zbekiston Respublikasining nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa jamoat tuzilmalarini davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash g‗oyasi Birinchi Prezidentimiz I.Karimovga tegishli bo‗lib, u «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» konsepsiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa jamoat tuzilmalari bilan bog‗liq munosabatlar va tamoyillar O‗zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to‗g‗risida», «Nodavlat notijorat tashkilotlar to‗g‗risida», «Fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari to‗g‗risida», «Siyosiy partiyalar to‗g‗risida»gi Qonunlari va boshqa qonunlarda o‗z aksini topgan. Fuqarolik jamiyati yuksak darajada uyushgan, batartib munosabatlar tizimiga tayangan, o‗zini o‗zi boshqarish mexanizmlari mukammal qaror topgan jamiyatdir. Bu jamiyat sharoitida inson va fuqarolarning huquq, erkinlik hamda manfaatlarini aks ettiruvchi, muhofaza etuvchi turli-tuman uyushmalar, birlashmalar, nodavlat tashkilotlar va idoralar mavjud bo‗ladi. Respublikamizda fuqarolik jamiyatini barpo etishda ―Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari‖ tamoyili asosida ish olib borilmoqda. Ushbu g‗oya ilk bor I.Karimovning bir qancha asarlarida bayon qilindi va rivojlantirildi 1 . Xususan, I.Karimov shunday ta‘kidlaydi: ―Mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning o„zini-o„zi boshqarish organlari bajaradigan vazifalar doirasini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich topshirish lozim. Bunda eng muhimi, aholining kasb va ijtimoiy tarkibi manfaatlarini yanada to„laroq ifodalash va himoya qilishda nodavlat, jamoat tuzilmalarining huquq va mavqelarini oshirish darkor. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan siyosiy qurilish dasturining mohiyati ana shunda yaqqol namoyon bo„ladi. Aynan shunday yondoshuv fuqarolarning o„zlariga o„z hayotini boshqarishda va tashkil etishda keng ishtirok etish 1 Қаранг: И.А.Каримов.Жамиятимиз мафкураси халқни – халқ, миллатни – миллат қилишга хизмат этсин. // Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. // Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 7.Ж. – Т.:Ўзбекистон, 1999 й. 134 uchun imkoniyat yaratadi. Bu esa fuqarlik jamiyati tamoyillariga to„la mos keladi” 1 . Shuni unutmaslik lozimki, kuchli davlat tamoyili haqida rap ketganda, uning kimgadir zo‗ravonlik bilan ta‘sir o‗tkazish imkoniyati nazarda tutilmaydi, balki davlatning yuksak iqtisodiy asosga ega bo‗lishi, mamlakat ichkarisida va xalqaro miqyosda o‗z manfaatlarini himoya qila bilish, barqaror taraqqiyot tizimiga kirib borish hamda demokratiyaning umume‘tirof etilgan tamoyillarini shakllantira olish salohiyati tushuniladi. Ya‘ni, aholining nodavlat va jamoat tashkilotlari orqali hokimiyatni boshqarishda faol ishtirok qilish imkoniyatining vujudga kelishi kuchli jamiyat mezoni hisoblanadi. Kuchli jamiyat kuchli davlat negizida shakllanadi va hukumatning mamlakat ichkarisidagi ko‗pgina faoliyati cheklanib, u fuqarolarning qo‗liga o‗tadi va ularning davlat faoliyatini nazorat qilishi to‗liq ta‘minlanadi. ―Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari‖ degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog‗liq ko‗p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o‗tkaza borishni taqozo etadi. Shu o‗rinda savol tug‗iladi. Agar ushbu jarayon rivojlanishda bo‗lsa, davlatimizning roli va mavqei tushib ketmaydimi yoki davlat bunday sharoitda qaysi sohalarda faoliyat ko‗rsatishi lozim bo‗ladi? Bu savolga I.Karimov aniq javob beradi: ―...davlatning iqtisodiy sohaga, xo„jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda xususiy faoliyatga aralashuvini cheklash lozim. Shu o„rinda savol tug„ilishi mumkin: bunday vaziyatda davlat tizimining roli nimadan iborat bo„ladi? Bu masalada davlatning roli avvalo iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi ustuvor yo„nalishlarni aniqlashga, qabul qilinadigan qonunlar va huquqiy normalarning barcha tomonidan so„zsiz bajarilishini ta‟minlashga, tashabbus va tadbirkorlikni rag„batlantirishga, xo„jalik yurituvchi sub‟ektlar o„rtasida raqobat muhitini qaror toptirish uchun zarur va hammaga barobar bo„lgan shart-sharoitlar yaratishga qaratilmog„i darkor‖. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga o‗tish jarayoni mustahkam huquqiy asosda va Konstitutsiya hamda qonun ustuvorligi tamoyiliga muvofiq kechmog‗i lozim. Chunonchi, O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari, 1 И.А.Каримов.Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. // Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 7.Ж. – Т.:Ўзбекистон, 1999 й. 135 siyosiy partiyalar, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning o‗zini o‗z boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat fondlari, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar, to‗g‗risidagi qonunlar, fuqarolik va soliq kodekslari kabi qonun hujjatlari O‗zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning mustahkam huquqiy asoslari yaratilganidan yaqqol dalolat beradi. Nodavlat va jamoat tashkilotlari hokimiyatni qo‗lga kiritishni maqsad qilmasa ham, ular aholining moddiy farovonligini oshirish, ma‘naviy saviyasini ko‗tarish uchun qilinadigan sa‘y-harakatlarda, kishilarni uyushtirish va faollashtirish, siyosiy ongining o‗sib borishida faol ishtirok etadi. Bu, o‗z navbatida, demokratik jarayonlar rivojiga ijobiy ta‘sir o‗tkazadi. Nodavlat va jamoat tashkilotlari xuddi ana shu xususiyatlari bilan bir tomondan, kuchli davlatning shakllanishida etakchi rol o‗ynasa, ikkinchi tomondan, davlatning ko‗pgina funksiyalarini o‗z zimmasiga olish orqali fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish jarayonining vujudga kelishida, yanada aniqrog‗i, kuchli fuqarolik jamiyatining shakllanishida beqiyos ahamiyat kasb etadi. ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati‖ga o‗tishning asosiy mezoni ham hokimiyatning jamiyat taraqqiyotida ommaga suyanishi, ishonchiga ega bo‗lishi va u bilan hamkorlikning yo‗lga qo‗yilishi hisoblanadi. ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ tamoyilidan kelib chiqib, markaziy davlat hokimiyati tasarrufida asosan, faqat konstitutsion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofa qobiliyatini ta‟minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vakolatlarni qoldirish ko‗zda tutilmoqda. Nodavlat notijorat, jamoat tashkilotlari va mahalliy hokimiyatlar zimmasiga esa quyidagi vakolatlar berilmoqda: bozor islohotlarini amalga oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirib borish, xususiy mulkni rivojlantirib borish, iste‟mol bozorini to„ldirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, fuqarolarning moddiy farovonligini oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va boshqalar. I.Karimovning ―O‗zbekistonda demokratik o‗zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‗nalishlari‖ hamda ―Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir‖ asarlarida mamlakatimizda demokratik o‗zgarishlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning muhim sharti - kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga o‗tishning 136 mexanizmlari bo‗lgan nodavlat va jamoat tashkilotlarining faolligini yangi bosqichga ko‗tarish bugungi kunimizdagi dolzarb vazifa ekani ilmiy- nazariy jihatdan asoslab berilgan. Yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki, demak, O‗zbekiston davlati ijtimoiy xarakterga ega bo‗ladi va shu sababli demokratik huquqiy davlat deb ataladi. Davlat ma‘muriy buyruqbozlik va byurokratiyadan butunlay voz kechib, hukm qiluvchi emas, balki ta‘sir etuvchi kuchga aylanadi. Bu esa O‗zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishning ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ strategik maqsadining amaliy ifodasidir. 3 . 2017 yil 3 fevral kuni respublika Prezidentining ―Mahalla Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling