Ovozli axborot Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari


Download 1.27 Mb.
bet2/12
Sana09.01.2022
Hajmi1.27 Mb.
#258807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ovozli axborot Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va

Ofset bosmada qolip tayorlashning asosi qolip materiali sirtini fizik-kimyoviy xossalarini sun’iy o’zgartirishdan iborat. Hozirgi kunda ko’p rangli an’anaviy nashrlar (bolalar kitobi, geografiya xaritalari, kartalar, plakatlar) bilan birga 10-25 ming nusxa, 5% tusli rasmli nashrlar, badiiy jihatdan yuksak nashrlar, kichik nusxali va kichik hajmli nashrlarni qisqa vaqt ichida chiqarish lozim bo’lganda va rangli ro’znomalar, kitoblar, broshyuralar ham ofset usulida chop etilmoqda.

Agar qolipning bosiluvchi qismlari oraliq qismlaridan pastda bo’lsa, bunday bosma chuqur bosma deb ataladi.Chuqur bosmada bo’yoq qolipga mo’l qilib surkaladi, so’ngra oraliq qismlaridagi ortiqcha bo’yoq maxsus po’lat plastina - rakel bilan sidirib olinadi. Hozir rakelli chuqur bosma rasmli nashrlar - fotosuratli albomlar, san’at kitoblari, ko’p sonli, rangli rasmli va ko’p adadli (40-50 ming) oynomalarni chop qilishda qo’llanilmoqda.



Trafàret bosma usulida qolip o’ziga xos to’rsimon tuzilishga ega bo’ladi. nusxa bu holda quyuq bo’yoqni qolip ichidan bosiluvchi qismlar hisoblangan teshiklardan bosiladigan materialga rakel yordamida siqib chiqarish yo’li bilan hosil qilinadi. Trafaretli bosmaning qo’llanilishi cheklangan bo’lib, undan, masalan, asboblar shkalasi, shimmaydigan sirtlarga yozish va boshqa tasvirlarni bosishda, shuningdek, ba’zi kam nusxali plakatlarni bosishda foydalaniladi.

Bosma qoliplar bosish usuli, bosma mahsulotning xarakteri, asl-nusxani aniq qayta tiklash darajasi, geometrik belgilar, material, vazifasi bo’yicha turlanadi.

1.Bosma usul bo’yicha: a) yuqori bosma usul uchun (metalldan va plastmassadan tayorlangan); yuqori ofset, fleksografiya, fotopolimer qoliplar; b) tekis (ploskiy) bosma usul uchun qoliplar (ofset, litografiya, fototipiya); v) chuqur bosma usul uchun qoliplar; g) trafaret bosma usul uchun qoliplar; d) maxsus bosma usul uchun qoliplar (elektrografikli, ferromagnitografikli, lazerli-golografikli).

2. Bosma mahsulotining ko’rinishi bo’yichà: a) matnli qoliplar (matn, formula, jadval); b) aralash qoliplar - matn va rasmdan iborat; v) rasmli qoliplar (shtrixli, tusli va aralash).

3. Asl nusxani aniq qayta tiklash darajasi bo’yicha: a) harfdan tayyorlangan qolip; b) fotomexanik usuli bilan tayorlangan qolip.

4. Geometrik belgilar bo’yicha: a) tekis - literalardan, yaxlit qator va sahifalardan, plastinalar ustida; b) g’altakli (rotatsion).

5. Material bo’yicha: a) metalldan tayorlangan (Zn,Al,Cu, Mg ) qolip; b) nometalldan tayorlangan - polistirol, polivinilxlorid, poliamid, polipropilen, rezina - qolip.

6. Vazifasi bo’yicha: a) bosim ta’sirida bosish; b) plastmassa materialida naqsh solib bosish; v) mexanik kuchsiz bosish; g) bosma qolip tayaorlash uchun.

Bundan tashqari yuqori bosma usulida qoliplar dastlabki va stereotip turlariga bo’linadi. Stereotip qolip - bu dastlabki qolipni nusxasi bo’lib, ular quyma, galvanoplastik, presslangan (nometall) va aralash tayorlangan bo’lishi mumkin.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling