Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari gastrit, surunkali pankreatit Reja


-Surunkali xolesistit, diskineziyasi, o’t tosh kasalligida


Download 90 Kb.
bet10/16
Sana02.01.2022
Hajmi90 Kb.
#191489
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
ovqat-hazm-qilish-sistemasi-kasalliklari-gastrit-surunkali-pankreatitarxiv.uz

-Surunkali xolesistit, diskineziyasi, o’t tosh kasalligida anamnez ma’lumotlari ahamiyatli. Mazkur kasalliklarda og’riq odatda o’ng qovurg’a ostida joylashadi, o’ng kurakka va yelkaga tarqaladi, surunkali pankreatitda esa og’riq ko’pincha epigatriya sohasida yoki chap qovurg’a ostida aniqlanadi va o’rab oluvchi xarakterda bo’ladi. Duodenum suyuqligida xolesistetda-ko’p miqdorda leykositlar, epiteley hujayralari, xolesestein kristallari aniqlanadi; o’t pufagi bitib yoki burishib qolishi natijasida o’tning “V” ulushi ajralmaydi; surunkali pankreatitda esa-asosiy o’zgarishlar oshqozon osti bezi fermentlari miqdorida kuzatiladi. Rentgent va ultratovush tekshirishlari surunkali xolesistetda o’t pufagi shakli va qisqarish qobiliyatining buzilganligi, devori holatini va unda ko’p krementlar borligini, surunkali pankreatitda esa-me’da osti bezi ohaklanishini, hajmining kattalashganligini aniqlaydi. Lekin o’t yo’llari va me’da osti bezi yallig’lanish holatlarini birlikda uchrashishini ham doimo yodda saqlash lozim.

Kechishi.–uzoq cho’zladigan bo’lib, vaqti-vaqti bilan bosilib va zo’rayib turadi. Me’da osti bezi faoliyati sezilarli darajada o’zgarmasa, xastalik oqibati yaxshi, agar qandli diabet rivojlansa, oqibati yomonlashadi.

Davosi. Konservativ (terapevtik) va jarrohlik usllari bilan bajariladi. Surunkali pankreatitning asoratsiz turida konservativ davolash qo’llaniladi.

  1. Xastalikning zo’rayish davrida bezning tashqi sekretor faoliyatini pasytiruvchi muolajalar buyuriladi.

-Och qolish, ma’danli suvlarni iste’mol qilish.

-Infuzion terapiya-venaga tomchilab reopoliglyukin, gemodez, fiziologik eritma, agar qandli diabet bo’lmasa 5 foizli glyokoza eritmasi yuboriladi.

-Antiferment moddalar-gordoks, kontrikal yoki trasilol, selol yoki pantripin venaga tomchilab yuboriladi.

-Xolinolitiklar (metasin, atroppon, platifillin), spazmolitiklar (papaverin, noshpa), ganglioblokatorlar (benzogeksoniy, kvateron, serukal, baralgin) yallig’lanish jarayonni rivojlanishida bakteriyalar ishtiroki aniqlansa, antibiotiklar (levamitsitin, tetrasiklin, morfosiklin, siparin), lepotrop moddalar (lipokain, metionin) qo’llaniladi.

-Pankreatit fermentlar-(pankreatit, panzinorm, festal) o’rinbosar davo maqsadida steatoriyani davolash va og’riqni kamaytirish uchun beriladi.

-Paranefral yoki paravertebral novokainli blokada-og’riqni bosish uchun tavsiya qilinadi.



  1. Xastalikni renissiya davrida:

-Parhez ovqat qaynatilgan, bug’da dimlangan bo’lib, oz-ozdan iliq holda kuniga 5-6 marta beriladi. Taom tarkibida ko’p miqdori oqsil (130-150g), uning yarmidan ko’pi hayvon oqsili (yog’iz go’sht, baliq, tvorog, pishloq), yog’ (80-70g gacha) va korbon suvlar (200-250g gacha) kamaytiriladi. Parhez taomni yetarli miqdorda vitaminlar, ka’liy, kalsiy, fosfor tuzlari, temir tutuvchi mahsulotlar, lipotrop moddalar bilan boyitiladi. Parhezning umumiy kaloriyasi 3500-4000 kkal bo’lishi kerak. Ovqatlanishda ham sabzavot va mevalar, qora non, sut, xamir ovqatlar, konservalar, spirtli ichimliklar iste’moli man etildi.

-Pankereatit fermentlar, vitaminlar, lipotrop, moddalar qabuli davom ettiriladi.

-Metabolik ta’sir ko’rsatuvchi moddalar-pentoksil 0,2-0,4g gacha 4 mahal yoki metirulasil 1g dan kuniga 3-4 marta 3-4 hafta davomida qabul qilinadi.

-Hamroh kasalliklarini davolash.




Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling