Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari gastrit, surunkali pankreatit Reja


Download 90 Kb.
bet11/16
Sana02.01.2022
Hajmi90 Kb.
#191489
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ovqat-hazm-qilish-sistemasi-kasalliklari-gastrit-surunkali-pankreatitarxiv.uz

-Fizioterapiya –ma’dan suvlarni iste’mol qilish davom ettiriladi. Epigastriya sohasiga UVCh, SMT, DMT, UT, novokain va papaverin elektrofarezi.

-Xalq tabobati.

  1. Qorin og’rig’ini bosish uchun:

-yalpiz o’simligidan va qoraziradan choy damlab ichiladi.

-Kartoshka sharbatini 50ml dan ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 4 mahal ichish zarur.

-15g oqqayin kurtagini ½ l spirtga yoki aroqqa bir necha kun solib qo’yiladi va 15-20 tomchidan kuniga 3 marta ovqatdan oldin qabul qilinadi.


  1. Ko’ngil aynishi va qusishni to’xtatish uchun:

- limon po’stining spirtdagi damlamasidan 20-25 tomchisini qaynatilgan iliq suvga solib, ovqatlanishi 15-20 daqiqa oldin 3 mahal ichish darkor.

- Qizil qoraqat sharbatidan ¼ stakandan ovqatlanishdan oldin kuniga 3-4 marta iste’mol qilinadi.



v. Qorin dimlanishini kamaytirish maqsadida qo’yidagi choralar ko’riladi:

- qoringa isitqich qo’yiladi;

- pista ko’mirning 3-4 donasini qaynatilgan iliq suv bilan yutiladi;

- 2 choy qoshiq maydalangan ukrop urug’ini 2stakan qaynoq suvda 10 daqiqa damlanadi, kuniga ½ stakandan ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin kuniga 3 marta ichiladi;

- 1 osh qoshiq sabzi urug’i 1 stakan qaynoq suv qo’yib, termosda 12 soat damlanadi, kuniga ½ stakandan ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin kuniga 3 marta ichish tavsiya etiladi.

g. Ishtahani ochish uchun bo’ymardon, bo’tako’z va gazak o’tlardan 10 g dan olib aralashtiriladi va 1 osh qoshiq yig’mani 500ml suvga solib, 1 soat damlanadi. So’ngra 10 daqiqa davomida ohista qaynatiladi, tindirib kuniga 3 marta ovqatlanishdan 30-40 daqiqa oldin ½ stakandan iste’mol qilinadi.

d. Buzilgan najas ajralishini davolahda qo’yidagi shifobaxsh giyohlardan foydalaniladi:

- kulrang olcha xuddi mevasini (4g) 200ml qaynoq suvda 2 soat damlab qo’yiladi, suzib, ¼ stakandan ovqatdanyarim soat oldin 3 mahal ichish lozim.

- 10g quruq dalachoyga 1 stakan qaynab turgan suv solib, 30 daqiqa o’rab qo’yiladi, so’ngra damlamani 1 osh qoshiqdan ovqatdan so’ng 3-4 mahal qabul qilinadi.

y. Me’da osti bezi yallig’lanish jarayonini davolash uchun uch bo’lakli qoraqiz (ittikanak) qariqiz ildizi, achchiq shuvoq, dalachoy dorivor marmarak, botqoq gnafaliumi, o’simliklari, qora andiz ildizi, moychechak va kalendula gullaridan 10 g dan olib aralashtiriladi va yig’maga 500 ml qaynoq suv solib damlanadi, so’ngra suzib, ½ stakandan ovqatdan 30 daqiqa oldin 3 mahal ichiladi.


Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling