Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari gastrit, surunkali pankreatit Reja


Download 90 Kb.
bet2/16
Sana02.01.2022
Hajmi90 Kb.
#191489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ovqat-hazm-qilish-sistemasi-kasalliklari-gastrit-surunkali-pankreatitarxiv.uz

Tasnifi.

a. Surunkali kalsifikatsiyalovchi pankreatit ( 49-95 foiz holatda).

  1. Surunkali obstruktiv pankreatit.

  1. Surunkali fibrozli- indurativ pankreatit

g. Me’da osti bezining kislotasi (pufagi) yoki soxta kislotasi.

Etiologiyasi.

- O’tkir pankreatitning to’la-to’kis davolanmasligi

- Alkogolizm

- O’t yo’llari, me’da va o’n ikki barmoq ichak kasalliklari (o’t tosh

kasalliklari, o’n ikki barmoq diverkulasi, surunkali gastrit).

- Alimentar omil-ovqatlanish tartibining buzilishi, taom tarkibida oqsil, yog’lar, antioksidantlar tanqisligi.

-Gormonal va modda almashinuvi buzilishlari-giperlipidemiya, giperkalsimiya.

-Har xil zaharli moddalar (kimyoviy, dori preparatlari) ta’siri.

-Qon tomir sistemasi o’zgarishlari tufayli vujudga keladigan qon tomirlar spazmi, emlobiya va tombozlar ta’sirida me’da osti bezida mahalliy qon aylanishining buzilishi.

-Allergik reaksiyalar

-Nasliy moyillik

Patogenezi.


  1. O’t-tosh kasalligida o’t yo’li pankreas yo’li bilan qo’shilib, umumiy yo’lini tashkil qilsa, (jigar-pankreas naychasining sfinkteri chandiqlansa yoki naycha tosh bilan bekilsa) o’t (odatda infeksirlangan) pankreas to’liga tushadi va pankreas shirasi fermentlarini faollashtiradi.

  2. Pankreas yo’li tosh bilan to’kilganda, uning shilliq pardasi shishganda pankreas shirasi oqimining buzilishi, (dimlanishi), fermentlar faollashuvi vujudga keladi.

Buning natijasida qon qo’yilishi yoki yog’ nekrozlari bilan me’da osti bezi parenxemasining fermentativ hazm qilinishi (autolizm) rivojlanadi.

  1. Pankreatit rivojlanihi mexanizmida bezning ko’tarilib chiqadigan shira yo’llarining ikkilamchi infeksiyasi ham muhim rol o’ynaydi.

Moyil omillar.

-Faterev so’rg’ichining spazmi, yallig’lanish stenozi yoki o’smasi-pankreas shirasini o’n ikki barmoq ichakka tushishiga to’sqinlik qiladi (shira dimlanadi).

-Oddiy sfinkterining yetishmovchiligi-o’n ikki barmoq ichakdagi narsalarni me’da osti bezi yo’liga erkin tushishiga sharoit tug’diradi


Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling