Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari gastrit, surunkali pankreatit Reja


Download 90 Kb.
bet3/16
Sana02.01.2022
Hajmi90 Kb.
#191489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ovqat-hazm-qilish-sistemasi-kasalliklari-gastrit-surunkali-pankreatitarxiv.uz

Patologik antomiyasi. Morfologik o’zgarishlar bezning shishishi, hol-hol qon qo’yilishi, nekroz bo’lishi, biriktiruvchi to’qima o’sib ketishi va bez hujayra elementlarining asta-sekin atrofiyaga uchrab borishi bilan ifodalanadi. Bezning ayrim bo’lakchalari orasi ham, ularning ichida ham sklerotik jarayon avj olib boradi. Kasllikning dastlabki davrida bez bir qadar kattalashadi, keyinchalik chandiqli o’zgarishlar ham ohaklanish vujudga kelib, zichlashadi va kichrayadi.

Kilinik ko’rinishi. Xastalik turiga, kechishiga, a’zolar shikastlanish darajasiga bog’liq bo’lib, qo’yidagi belgilar bilan ifodalanadi.

-Qorinning ustki yarmida simillab turadigan va sanchiqsimon og’riqlar bezovta qiladi. Agar potologik jarayon asosan me’da osti bezi boshini zararlasa-og’riq epigastriya sohasining o’ng tomonida, aksariyat va tanasi shikastlansa-og’riq epigastriya sohasining chap tomonida, jarayon bez dumida rivojlansa-og’riq chap qobirg’a ostida joylashadi. Og’riq ko’pincha belga beriladi va qamrab oluvchi xarakterda bo’lib, epigastriya sohasidan qobirg’a yoyi bo’ylab umurtqa pog’onasiga tarqaladi. Og’riq gohida stenokardiyaga o’xshab chap kurakka, chap yelkaga yo’nalishi mumkin. Og’riq aksari, ko’p miqdorda yog’li ovqat yoki ichkilikdan keyin paydo bo’ladi. og’riq davomiyligi-bir necha soatda bir necha kungacha.




Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling