Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari gastrit, surunkali pankreatit Reja


Download 90 Kb.
bet4/16
Sana02.01.2022
Hajmi90 Kb.
#191489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ovqat-hazm-qilish-sistemasi-kasalliklari-gastrit-surunkali-pankreatitarxiv.uz

-Despepsiya o’zgarishlari –ishtaha pasayishi yoki yo’qolishi, yog’li ovqatga nefrat, ko’ngil aynishi va qusish, so’lak oqishi, qorinning dam bo’lib turishi va quldirashi, kekirish surunkali panreatitda doimo kuzatiladi.

-Najasning xastalikka xos o’zgarishi-pankteatogen ich ketishi. Surunkali pankreatitning yengil holatida naja deyarli o’zgarmaydi, ich surishining ich qotishi bilan almashinib turishi kuzatiladi. Najas qo’llansa hidli, kulrang bo’tqasimon bo’lib, unda bir talay yog’ (steatoriya-“yog’li najas”) va hazm bo’lmagan mushak tolalari (kreatoriya) bo’ladi.

-Me’da osti bezining tashqi sektori, faoliyati yetishmovchiligi, hazm qilish ichakda so’rilishi jarayonining buzilishi natijasida oriqlash rivojlanadi. Bunga yana ishtahaning yo’qolishi ko’maklashadi.

-Ko’p hollarda me’da osti bezi endokren apparatining buzilishlari kuzatiladi. Aksariyat karbon suv modda almashinuvi buzilishi birlamchi pankreatitda vujudga keladi. Pankretit diabetida o’ziga xos xususiyatlar mavjud: og’ir darajadagi holat juda kam uchraydi, ketonuriya kuzatilmaydi, diabet komasi rivojlanmaydi. Bunda diabet odatda pankreatit belgilari paydo bo’lgandan 1-3 yil o’tgach vujudga keladi. Qonda va siydikda qand miqdorining ko’payishi patologik jarayon zo’rayishi bilan bog’liqdir.



-Ko’rishda shishib kattalashgan me’da osti bezi bosh bilan umumiy o’t yo’lining bosilishi natijasida ba’zan badan terisi va ko’zning oqi (sklerasi) sarg’ayibroq turgani, qorin terisi ostida qon qo’yilib, qolgani aniqlanadi.

-Qorining chuqur paypaslaganda me’da osti bezi sohasida og’riq seziladi. Qorin devori yupqalashgan oriq bemorlarda gohida me’da osti bezi yo’g’on qayish ko’rinishida qo’lga ushlanishi mumkin.




Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling