Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi


Download 102.17 Kb.
Pdf просмотр
bet1/31
Sana09.06.2018
Hajmi102.17 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
34736

Q‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  OLIY VA ( ) ‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI 0 ‘ZBEK lST0N MILLIY 
UN 1VERSITETI
L.S.Kuchkarova, Sh.Q.Qurbonov
OVQAT HAZM QILISH 
VA OVQATLANISH 
FIZIOLOGIYASI
О 'zbekiston Respublikasi  Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lim  vazirligi tomonidan  ta lim  
yo ‘nalishi
  — 
140100  (Biologiya),  mutaxassislik — 5A140J01 — (Biologiya fan 
bo yicha)  oliy о ‘quv yurtlari talabalari uchun  darslik sifatida  tavsiya etilgan
«Sano-standart» nashriyoti 
Toshkent -  2013
www.ziyouz.com kutubxonasi

UDK:612.3(075)
КВК:28Л073уа73
M ualliilar:
L .S .K u eh k aro v a,  S h .Q .Q u rb o n o v
Muharrtrlar:
A b d u m u ro d   Tilavov.
Filoiogiya faniari nomzodi 
S a b o h a t  B ozorova
Taqrizchilar:
U .Z .M irx o d jay ev  -  b.f.d.,  professor,
B .A .Sodiqov  -  b.f.d.
“O vqat  hazm   qilish  va  ovqatlanish  fiz io lo g iy a si”  oziq  m oddalarning 
organizm   o ‘zlashtira  oladigan  darajagacha fiz ik a v iy   va  kim yoviy  o ‘z g a n s h i 
ham da  organizm dagi  barcha  h ayotiy ja ra y o n la r ni  tegishli  q u w a t  va  kerakli 
m ateriaU ar 
bilan 
ta 'm iniaydigun 
oziq -o vq a t 
m ahsulotlariga 
bo ‘Igan 
ehtiyo j lari  haqid a g i  fa n d ir.  D arsiikda  odam   va  hayvo n la r  hazm   tizimi 
tuzilishi,  um um iy  va  xu su siy  fiziologiyasi,  m akro  va  m ikroelem entlarning 
inson  organizm ida  tutgan  о ‘m i,  tamoyiUaru  organizm da  q u w a t  sarfi  va 
aho li  turli  gu ru h la rin in g   ratsional  ovqatlanish  m ezonlari  haqida  so ‘nggi 
т а ’lum otlar keltirildi.
D arslik  “O vqat  hazm   qilish  va  hazm   fiz io lo g iy a s i"  [am  universitetlarda 
5A140101
 
-  
B iologiya  m utaxassisligi  ho  y ic h a   m agistrlarni  о ‘qitish  dasturi 
asosida  yozildi.  D arslikdan  u niversitetlar

tihbiyot

jis m o n iy   tarbiya  o h y 
o 'q u v  y u rtla rin in g   talaba  va  ilm iy xo d im la r  foydalanishi m um kin
.
Ovqat  hazm  qilish  va  ovqatlanish  fiziologiyasi/
L.S.Kuchkarova,  Sh.Q.Qurbonov-- Toshkent:  «Sano-slandart» 
nashriyoti, 2013. -  384 бет.
UI>K:  612.3(075)
K B K :  28.7073ya73
ISB N   978-9943-4109-7-8
€   L.S.Kuchkarova,  Sh.Q.Qurbonov
С  «Sano-standart» nashriyoti,  2013
www.ziyouz.com kutubxonasi

SO  Z BOSHI
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  ta’lim  standartlari  hamda 
fanning  yangi  o ‘quv  dasturiga  mos  ravishda  yozilgan  “Ovqat 
hazm  qilish  va  oziqlanish  fiziologiyasi’’  “Odam  va  hayvonlar 
fiziologiyasi”  fanming  tarkibiga  kiruvchi  tegishli  boblami  o ‘z 
ichiga  olib,  5A140101  -   “Biologiya”  mutaxassisligi  magistrlari 
uchun  darslik sifatida moljallangan.
Ushbu  tanlov  fani  inson  va  hayvonlar  organizmida  oziq 
moddalarni  qabul  qilish,  qayta  ishlab  o‘zlashtirish  hamda bevosita 
ovqatlanish  bilan  bogiiq  bo‘lgan  jarayonlarga  bag‘ishlangan 
nazariy va 
am aliy 
masalalami yoritishga qaratilgan.
Ushbu  masalalarning  to'g'ri  qo‘yilishi.  optimal  yechimi 
oziq-ovqat  mahsulotlaridan  unumli  foydalanish,  turli  xil  ekologik 
holatlarda  kishilik jamiyatida  vaqti-vaqti  bilan  kuzatilib  turadigan 
iqtisodiy  inqirozlaming  oldini  olish,  har  xil  yuqumli  va  surunkali 
xastaliklardan himoyalanishda muhim ahamiyat kasb  etadi.
Darslik  ikki  qismdan  iborat  bo‘lib,  birinchisi  hazm 
a'zolarining  funksional  xususiyatlariga 
bag‘ishlangan.  Unda 
og‘iz  bo‘shlig‘i,  m e’da,  ichak,  barcha  hazm  bezlarining  oziq 
moddalaming  fizikaviy  hamda  dastlabki  kimyoviy  o ‘zgarishlarga 
uchrashida  qatnashishi  fanning  zamonaviy  yutuqlariga  tayanib 
izohlangan. 
Ushbu 
qismda 
ovqat 
hazm 
qilish 
a’zolari 
funksiyasining boshqarilishi, bu jarayonda nerv  va gumoral  omillar 
ishtiroki  hamda  hazm  jarayonining  individual  va  ontogenetik 
evolutsiyasi haqida so‘nggi  ma’Iumotlar berilgan.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi

Darslikning  ikkinchi  qismi  bevosita  ovqatlanish  bilan 
bog'liq  bo'lgan  jarayonlarga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  unda  asosiy 
oziq  moddalari,  ya’ni,  makronutriyentlar  (oqsillar,  y o g iar  va 
uglevodlar)  hamda  mikronutriyentlar  (vitaminlar,  mineral  modda- 
lar)ning  fiziologik  va  biokimyoviy  xususiyatlari  nutritsiologiyada 
keyingi  yillarda qo‘lga  kiritilgan yutuqlar  asosida bayon  qilingan.
Aholi  turli  guruhlarining  jumladan,  aqliy  mehnat  qiluv- 
chilar,  ishchilar,  qishloq  mehnatkashlari,  o ‘quvchi  yoshlar,  tala- 
balar,  sportchilar,  homilador va  emizikli  ayollar hamda  keksalar- 
ning ratsional  ovqatlanish  asoslari  keltirilgan.
Darslik  “Biologiya”  ixtisosligi  bo‘yicha  ta’lim  oladigan 
magistrlarga  ovqat  hazm  bo‘lishi  va  ovqatlanish  masalalarining 
nazariy  va  amaliy  jihatlarini  keng  ko‘lamda  tushuntirishga,  bu 
sohada  egallangan  bilimlarni  ta’lim-tarbiya  ishlarida  qo‘llashga 
moslashtirilgan.  Shu  bilan  bir  qatorda, 
11
  boiajak  mustaqil  ilmiy 
tadqiqotchilar  sifatida  faoliyat  yuritish  uchun  fundamental  asos 
hamda metodologik yo‘nalish berishga ham moijallangan.
Darslikda o'quv materiallarini  tushunishga yordam beradigan 
rasmlar  va  jadvallar  hamda  atamalar  lug‘ati  keltirilgan.  Har  bir 
qismning  yakunida  savollar  va  muammoli  masalalar  talabalaming 
o ‘z-o‘zini tekshirishi uchun tavsiya etilgan.
Zamonaviy  interfaol  o'qitisb  usullari:  “Axborot  uzatish”, 
“Aqliy  hujum”,  “Klaster”  va  boshqa  pedagogik  texnologiyalar 
o ‘qituvchi  darsni  qanday  tashkil  qiiishiga  bog’liq  ravishda 
tanlanishi lozim.
4
www.ziyouz.com kutubxonasi

KIRISH
OVQAT HAZM  QILISH VA  OVQATLANISH 
FIZIOLOGIYASINING MOHIYATI, VAZIFALARI 
VA BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI
Ovqat  hazm  qilish  -   organizm  iste'mol  qilgan  oziq 
moddalarni  tarkibiy  jihatdan  o ‘zlashtira  oladigan  darajagacha 
fizikaviy va kimyoviy qayta ishlash jarayonlaridir.
“Ovqat  hazm  qilish  fiziologiyasi”  “Odam  va  hayvonlar 
fiziologiyasi”ning  bir  bo‘limi  bo‘lganligi  uchun  mazkur  fanga 
aloqador bo‘lgan barcha yo'nalishlar bilan yaqindan bo‘gliqdir.
Hazm 
fermentlari 
tomonidan 
oziqa 
polimerlarining 
parchalanishi  biokimyoviy  usullar  bilan,  so‘rilish  jarayonlari  esa 
biofizikaviy  va  biokimyoviy  yondashishlar  orqali  o ‘rganilganligi 
va  tushuntirilganligi  uchun  mazkur  fanda  m a’lumotlar  faqat 
fiziologik  usullardan  tashqari  biokimyoviy  va  biofizikaviy  usullar 
asosida  ham  olinadi.  Hazm  fiziologiyasini  o ‘rganishda  turli 
fizikaviy  (ballonografiya,  elektrogastrografiya  va  boshqalar), 
matematik  (statistika,  kimyoviy  va  fizikaviy  yuklamalarni  berish, 
matematik  modellash,  turli  a ’zolarning  funksional  sig‘imlarini 
aniqlash  va  boshqalar)  usullar  qollanganligi  bu  fanning  flzika, 
matematika kabi  fanlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Tarixiy  va  individual  rivojlanish  davomida  hazm  tizimi 
organizm  murakkablashuvi  tufayli  ham  o‘zgaradi.  Shuning  uchun 
hazm  fiziologiyasi 
evolutsion,  solishtirma  va  yoshga  oid 
fiziologiya  bilan  bog‘liq.  Organizmning  rivojlanish  darajasiga 
qarab  unda  hazm  jarayoni  turlicha  amalga  oshadi.  Eng  sodda 
hayvonlarda  oziq  moddalaming  gidrolizi,  asosan,  vakuola  va 
sitoplazma  ichida  b o isa,  yuqori  rivojlangan  hayvonlarda  oziq 
moddalaming  hujayraviy  parchalanish  jarayoni  lizosomalarda  va 
vakuolalarda  ro‘y  beradi.  Enterotsitlar  va  hazm  kanali  devorining
5
www.ziyouz.com kutubxonasi

boshqa 
tt^qimalarida 
tarkibiy 
farqlar 
hazm 
jarayonining 
samaradorligini  belgilaydi.  Demak,  hazm  fiziologiyasi  fanida 
sitologik va gistologik m a’lumotlardan ham  foydalaniladi.
Odam  va  hayvonlar  hazm  tizimida  400  dan  ortiq  obligat, 
simbiont  va  parazit  mikroorganizmlarning  va  qator  gelmintlaming 
mavjudligi  ovqat  hazm  qilish  fiziologiyasi  mikrobiologiya,  tibbiy 
parazitologiya  va  gelmintologiya  fanlari  bilan  bogiiqligini 
koisatadi.
Hazm jarayonini  amalga  oshirishda  hazm  tizimidan  tashqari 
asab  va  gumoral  boshqaruv  mexanizmlari,  qon  bilan  ta’minlanish, 
muskullaming  harakati,  ayiruv  a ’zolan  ishtirok  etganligi  uchun  bu 
fan  barcha  funksional  tizimlaming  (asab,  yurak-tomir,  ayiruv, 
endokrin) 
fiziologiyasi 
bilan 
bogiiq 
boiib, 
ovqatlanish 
fiziologiyasining nazariy asosi  sifatida xizmat qiladi.
Ovqat  hazm  qilish  fiziologiyasi  qator  fanlar  bilan  b o g iiq  
boiishiga qaramay,  uning quyidagi  xususiy vazifalari mavjud:
-  Turli  sharoitda  hazm  tizimidagi  tarkibiy  va  funksional 
o'zgarishlar o‘rtasidagi bogiiqlikni aniqlash;
-  Hazm tizimining  boshqa  funksional  tizimlar bilan  aloqasini 
oiganish;
-  Hazm  jarayonini  oiganuvchi  usullami  takomillashtirib, 
yangi  usullami  yaratish;
-  Hazm  a’zolarining  ovqatning  assimilatsiyasi  bilan  b o g iiq  
boim agan funksiyalarini  oiganish;
-  Ekologik  omillar hamda  kasalliklar  ta’sirida  hazm  a’zolari­
ning  oziqaning  оczlashtiri 1 ishidagi  ishtirokini  tekshirish,  individual 
hayot davomida hazm  tizimining ta’sirchanligini  aniqlash;
-  Hazm  a ’zolarining  boshqa  funksional  tizimlar  bilan  aloqa- 
larini  aniqlash,  amaliy  diyetologiya  va  gastroenterologiya  uchun 
tavsiyalar ishlab chiqish;
6
www.ziyouz.com kutubxonasi

- Hazm  jarayonining  biokimyoviy,  biofizikaviy,  molekular 
va genetik asoslarini yoritish;
-  Hazm  jarayonining  tarixiy  va  individual  evolutsiyasini 
oiganish,  uning  yanada  rivojlanishi  haqida  aniq  fikrlar  ishlab 
chiqish.
Ovqatlanish 
haqidagi 
fan 
dunyo 
miqyosida 
“nutritsiologiya”  nomi  bilan  (nutritio  -   ovqatlanish,  logos  -  
ta’limot)  yuritiladi.  Bu  multidissiplinar  fan  o ‘z  ichiga  fiziologiya, 
biokimyo,  ovqatlanish  gigiyenasi  va  boshqa  biologik  va  tibbiy 
yo‘nalishlar  bo‘yicha  tegishli  masalalarni  oladi.  Ovqatlanish 
fiziologiyasi  esa  odam  va  hayvonlar  fiziologiyasining  maxsus 
b oiim i  b o iib ,  uning  predmeti  vujuddagi  barcha  hayotiy 
jarayonlarni  (aqliy  va  jismoniy  faoliyat,  hamma  a’zolar  va 
tizimlaming  ishlashi,  to‘qima  va  hujayralarda  to'xtovsiz  davom 
etadigan  yangilanish,  o ‘sish,  rivojlanish  va  boshqalar)  tegishli 
quw at  (energiya)  uchun  zarur  materiallar  bilan  ta ’minlaydigan 
oziq-ovqat  mahsulotlariga  boigan  ehtiyojni  aniqlash  b o iib  
hisoblanadi.  Ovqatlanish  fiziologiyasining  asosiy  vazifalari  qilib 
quyidagilami koisatish mumkin.
-  Har bir  organizmda uning yoshi, jinsi,  qiladigan  mehnatiga 
qarab  asosiy  va  qo^shimcha  oziq  moddalarni  o'zlashtirib  olish 
xususiyatlarini 
o‘rganish  va  shularga  asosan  ularda 
oziq 
moddalarga b o ig an  talabni aniqlash;
-  Oziq-ovqat  mahsulotlariga  boig an   ehtiyojning  ekologik 
vaziyatga  (harorat,  bosim,  namlik  va  boshqalar)  qarab  o ‘zgarishini 
hisobga  olish  va  har  xil  muhit  sharoitida  istiqomat  qiluvchilar 
uchun ovqatlanish tamoyillarini belgilash;
-  Iste’mol  taomlarini tayyorlashda qoilaniladigan zamonaviy 
texnologik  jarayonlaming  oziq  moddalar  tarkibi  hamda  sifatiga 
ta’sirini  aniqlash  va  shunga  k o ia   ovqatlanish  m e’yorlarga  tegishli 
tuzatishlar kiritishni  fiziologik asoslash;
7
www.ziyouz.com kutubxonasi

-  Keng xalq  ornmasi  orasida ratsional  ovqatlanishning asosiy 
tamoyillari  haqida  tushuntirish  ishlari  olib  borish  uchun  ilmiy 
asoslangan  m a’lumotnomalar  tayyorlash  va  shu  asosda  yuqori 
ovqatlanish madaniyatiga erishish;
-  Iste’mol  taomlarinmg  kishining  yoshi,  jinsi,  jismoniy 
faolligi  hamda  mavjud  ekologik  vaziyatga  ko'ra  kam  qabul 
qilinishi  har  ikkala holatda  ham  surunkali  yoki  yuqumli  kasalliklar 
chaqirishini  va  bunday  jarayonlaming  fiziologik  mexanizmlarini 
aniqlash;
-  Ovqatlanish fiziologiyasi  bilan biologik,  tibbiy,  iqtisodiy va 
ekologik masalalaming  uzviy bogiiqligini ilmiy asoslash.
8
www.ziyouz.com kutubxonasi

“HAZM VA OVQATLANISH  FIZIOLOGIYASI” 
FANINING RIVOJLANISH TARIXI
Ovqatlanish haqidagi  dastlabki tushunchalaming shakllanishi 
qadim  zamonlarga  borib  taqaladi.  Bu  borada  kishilami  dastlab 
oziq-ovqat  mahsulotlarining  ta’mi,  yedirimliligi,  manbalari  kabi 
tomonlari  qiziqtirib  kelgan  b o isa,  olov  ixtiro  qilinib,  unda  har  xil 
yeguliklaming  qayta  ishlanishi  bilan  iste’mol  taomlarining  maza- 
siga  e ’tibor kuchaygan.  Bir  vaqtning  o ‘zida  termik  ishlov  berilgan 
oziq-ovqatlaming  yaxshi  hazm  b o iish i  ovqatlanish  va  u  bilan 
bogiiq masalalaming keng koiam da rivojlanishi ga olib kelgan.
To‘g‘ri  ovqatlanish  haqidagi  ilk  ma’lumotlar  qadimgi 
Xitoy,  Hindiston,  Rim,  yunon,  arab  olimlarining  ishlarida mavjud. 
Masalan,  Hindistondagi  Ayuverda  ta’limoti  bo‘yicha,  turli 
kasalliklaming  oldini  olish  va  davolashda  mijozga  muvofiq 
ovqatlanish  zarur.  Vavilon  va  Assuriyada  yozilgan  tibbiyotga  oid 
asarlarda  qorindagi  og‘riq,  qayt  qilish,  gepatit,  meteorizm,  ich 
ketishi,  ishtahaning  o‘zgarishi  va  boshqa 
hazm  organlarining 
kasalliklari haqida m aium otlar berilgan.
Eramizdan  aw algi  III  asrda  Erazistrat  hayvonlarda  hazm 
a ’zolarining 
funksiyalarini 
o ‘rganib, 
m e’da 
peristaltikasini 
kuzatgan.  Uning  fikricha,  hazm  jarayoni  me’dada  ovqatning 
mexanik 
m aydalanishi 
tufayli  ro'y beradi.  U  murdalaming jigar va 
o ‘t  yoilarini  tekshirib,  kasalliklar  kelib  chiqishining  asosiy  sababi 
ovqatni  me'yoridan  ko‘p  iste'moi  qilish,  deb  ko‘rsatgan.  Erazistrat 
ovqat  ko‘p  iste'moi  qilinganda hazm boim ay,  m e’da  va tomirlami 
ifloslantiradi  hamda  qator  kasalliklami  keltirib  chiqaradi,  degan 
fikmi  ilgari  surgan.  Eramizning  I  asrida  Klavdiy  Galen  o‘z 
ishlarida  m e’da  yarasini  umumiy  tasvirlab,  uni  parhez  bilan 
davolash kerakligini aytib  o‘tgan.
Oziq  moddalaming  inson  organizmi  uchun  foydaliligi 
nuqtayi  nazaridan  ulaming  bir-biridan  farq  qilishi,  turli  xil
www.ziyouz.com kutubxonasi

xastaliklarga chalinganida nima yeb, nima ichish lozimligi haqidagi 
dastlabki  fikrlar  Arastu  (Aristotel),  Suqrot  (Gippokrat),  Jolinus 
(Galen), Abu Ali ibn Sino (Avitsenna), A.Navegiy va boshqalar-
ning bizgacha yetib kelgan asarlarida uchraydi.
Chunonchi,  Abu  Ali  ibn  Sinoning  jahonga  mashhur  “Tib 
qonun!ari”da  ovqatlanish  fiziologiyasining  ilmiy  asoslari  ilk  bor 
bayon  etilgan,  deyish  mumkin.  Asarda  ovqatlanish  m e’yori  haqida 
ovqatni  ishtaha  bilan  yemoq  va  ishtahani  qaytarmaslik  lozim,  deb 
qayd  qilinadi.  Ibn  Sinoning  fikriga  k o ia ,  ovqatlanish  organizm­
ning  mijoziga,  yoshiga,  iqlimga  va  boshqa  sharoitlarga  bogiiq. 
Me’yoriy  ovqatlanish  uning  salomatlik  falsafasida  asosiy  o iin n i 
egallaydi.  Buyuk mutafakkir:  “Yana shunisi  ham borki, juda to ‘yib 
va  to iib   ovqat  yeyish  va  ichish  hamma  holda  ham  oidiruvchidir. 
Ovqatlanganda  ortiq  yeyishga  o iin   qolmaydigan  darajada  to ‘yib 
yemaslik,  balki  ovqatga yana  ishtaha b o isa,  turib  undan  tortinmoq 
lozim”  -   deb  ta’kidlavdi.  Asarda  qachon  ovqatlanish  kerakligi 
borasida  shunday  deyiladi:  “Gavdaga  eng  zararli  narsa  me'dada 
ovqat  yetilmasdan  va  hazm  boim asdan  turib  yana  ovqat 
kiritishdir”.  Ovqat yeb  turganda suyuqliklar aralashtirmaslik haqida 
esa:  “Ovqat  ustiga  sharob  ichish  eng zararli  narsalardandir.  Chunki 
sharob  tez hazm boiuvchi  va  tez  oiuvchidir.  U  ovqatni  ham  hazm 
boim agan holda  oikazib  yuboradi”  -   deb  aytilgan  o 4gitlar hozirgi 
kunda  ham  ratsional  ovqatlanishning  asosiy  tamoyillariga  kiradi. 
Olimning 
asarlarida 
homilador 
va 
emizikli 
ayollarning 
ovqatlanishiga  ham  alohida  e’tibor  berilgan.  Yuqorida  nomlari 
tilga  olingan  o^tmishdagi  buyuk  mutafakkirlarring  ovqatlanish 
haqidagi  dono  flkrlarini  vengriyalik  olim  Kun  quyidagicha 
haqqoniy  ta ’riflagan:  “Suqrot,  Galen  va  Ibn  Sinolaming  keyingi 
avlodlarga  qoldirgan  buyuk  merosiga  muvofiq,  sihat-salomatlikni 
saqlash  va  muhofaza  qilishda  eng  afzal  usul  to4g ‘ri  ovqatlanish  va 
jismoniy  mashqlar  bilan  shugiillanishdir”.  Tirik  organizmdagi
10
www.ziyouz.com kutubxonasi

jam!  jarayonlaming  ilohiy  kuchlar  tomonidan  boshqarilishini 
hayotiy asos  qilib  olgan vitalistik dunyoqarash jonli  tabiatning,  shu 
jumladan, 
ovqatlanish 
borasidagi 
t o ^ r i  
tushunchalaming 
shakllanishiga uzoq vaqt g ‘ov b o iib  keldi.
Faqat  XVII-XVIII  asrlarda  ixtiro  qilingan  ilmiy  yangiliklar 
bunday  vitalistik  tushunchaga  chek  qo'ydi.  Buyuk  ms  olimi 
М.У.Lomonosov  tomonidan  moddalar  va  energiya  saqlanish 
qonunining  kashf  qilinishi  organizm  iste'moi  qilgan  va  unda 
o'zgarib  sarflangan  moddalar  orasidagi  miqdoriy  bogianishni 
ilmiy  asoslab  berdi.  M.V.Lomonosov  Kamehatkaga  qilingan 
ekspeditsiyada  shaxsan  qatnashib,  safar  qatnashchilari  ovqatida 
singaga  qarshi  tabiiy  oziqaning  boiishi  shartligi  haqida  taklif 
kiritgan.
Organizmda  oziqa  moddalar  almashinuvining  kimyoviy 
asoslarini  oiganishda 
R.Reomur  va  A.Spallansamning  olib 
borgan  tadqiqotlari  muhim  ahamiyatga  ega  b o id i.  Shuningdek, 
A.Lavuazening  nafas  olish  bo6yicha  oikazilgan  tadqiqotlari  ham 
bu borada  asqotdi.  Ushbu  olimlaming  tadqiqotlariga tayanib,  inson 
organizmi  tomonidan  turli  xil  sharoitlarda  sarflangan  energiyani 
miqdor jihatdan hisoblay  oladigan asbob yaratildi  va  organizmning 
ovqatga boig an  talabini aniqlash uchun imkoniyat yaratildi.
Hazm  jarayoniga  tegishli  boigan  klinik  kuzatishlar  va 
uslublar  XYII-XIX  asrlarda  shiddat  bilan  rivojlana  boshladi.  Bu 
davr ichida qator muhim ishlar va kuzatuviar amalga oshirildi.
Ya.Baptista  van  Gelmont  o‘zining  “Ortus  Medicinae” 
kitobida  ovqat  hazm  qilish  jarayoni  kimyoviy  jarayon  boiib, 
“ferment”  deb nom  olgan moddalar tomonidan  amalga  oshirilishini 
koisatib  oid i.  M.  Stoll  o i   pufagining  rak  (saraton)  kasalligini 
tasvirlab  berdi.  L.  Spallantsani  oziq  mahsulotlarining  me’da 
shirasi  bilan  hazm  boiishini  koisatdi.  F.  Botssini  birinchi  b o iib  
to4g‘ri  ichakni  tekshirish  usullarini  tavsiya  etdi.  F.  Uden  me’da
11
www.ziyouz.com kutubxonasi

yaralarini  davolashning  samarali  yo‘llarini  aniqladi.  U.  Praut 
m e’dada  xlorid  kislota  borligini  isbotladi.  A.  Kussmaul  amaliy 
tibbiyotga 
gastroskopiya 
usulini 
kiritib, 
me’da 
ichidagi 
moddalaming  holatini  tekshirish  uchun  zond  usulini  tavsiya  qildi. 
K.  Shtyork  ikkita  metall  nayli  endoskopni  yaratdi.  К.  I.  Vilgelm 
fon  Kupfer  jigardagi  maxsus  hujayralarning  xossalarini  tasvirlab 
berdi.  S.  Meltser  odam  qizilo'ngachini  monometrik  yo'l  bilan 
tekshirish usulini kiritdi.
Yu.  Libix  birinchi  bo‘lib  oziq  moddalaming  kimyoviy 
tarkibini  aniqlagan  bo‘lsa,  N.Lunin  vitaminlar  haqidagi  ta ’limotga 
asos soldi.
XIX  asrga  kelib  har  xil  mehnat  turiga  k o ‘ra  kishilarda  oziq 
moddalarga  nisbatan  talab  turlicha  bo‘lishi  aniqlandi  va  bu  sohada 
K.Foyt,  M.Rubner,  A.Danilevskiy  ishlari  alohida  o'rin  egalladi. 
Aholi 
turli 
qatlamlarida 
ovqatlanishning 
o‘ziga 
xosligini 
A.Dobroslavin,  F.Erisman  va  G.Xlopinlar  o'rgandi.  Nobel 
mukofotining  laureati,  immunitet  nazariyasiga  asos  solgan  buyuk 
fiziolog  I.M.Mechnikov  (1845-1916)  hujayra  ichidagi  hazm 
jarayonlarini yoritdi.
XIX 
asming  ikkinchi  yarmida  hazm  a’zolarini  o ‘rganishda 
eksperimental-jarrohlik  yoii  bilan  yondashishlar  keng  tarqala 
boshladi. 
Bu 
usulda 
yondashishlarga, 
aw alo, 
yirik 
ms 
gastroenterologi  V.A.  Basov  asos  solgan.  U  birinchi  bo‘lib 
m e’daga  fistula  o‘matdi  va  m e’da  shirasini  surunkali  tajribalarda 
o‘rganishga  muvaffaq  bo'ldi.  Uning  ishlarini  L.  Tiri,  L.  Vela 
(fistulalami 
ichakning  bitta  yoki 
ikkala  uchiga 
qo‘yish), 
R.Gaydengayn  (alohida kichik m e’dachani yaratish va unga fistula 
qo‘yish),  I.P.  Pavlov  (barcha  hazm  a’zolariga  fistula  qo‘yish 
uslubini mukammallashtirish) va  boshqalar davom ettirdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

XIX 
asming  ikkinchi  yarmi  va  XX  asming  boshida  hazm 
jarayonini  o‘rganishda  yangi  uslublarni  ishlab  chiqish  bilan  birga 
eksperimental (tajriba)  usullar ham keng qo'llanildi.

Каталог: books -> kollej va otm darsliklari -> biologiya
biologiya -> R. O. Oripov, n X. Xalilov
kollej va otm darsliklari -> O liy V a 0 ‘rta m a X su s ta’l im va z ir L ig I j  r a y e V Z. M. Zam o nav iy d a V la t is h y u r it is h n a z a r iy a si
biologiya -> Odam fiziologiyasi
kollej va otm darsliklari -> 0 ‘zbekist0n respublikas1 oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
kollej va otm darsliklari -> F. I. Xaydarov, N. I. Xalilova
biologiya -> 0 ‘z b e k ist 0n respublikasi oliy va o rta mahsus ta’lim vazirligi c. M. Mustafayev, 0 ‘. A. Ahmedov
biologiya -> N. X. Shomirzayev tibbiyot fanlari doktori, professor
biologiya -> 0 ‘z b e k ist 0n respublikasl oliy va 0 ‘rta m ax sus ta’lim vazirligi a. T. G‘ofurov, S. S. Fayzullayev


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling