Shaxsiy XML elementlarini yaratish
Oldingi mavzulardan ma’lumki XML hujjati atributi va elementlardan tashkil topadi va bu elementlarni biz o’zimizcha ko’rsatishimiz mumkin. XML hujjat yaxshi tuzilgan deyiladi, agar u XML sintaksisining barcha qoidalariga mos kelsa.
Quyidagi misolni kurib chiqamiz:
Bizga aniq ovqat resepti berilgan bo’lsin.
Maydalangan go’shtni quruq piyoz poroshogi bilan aralashtirish. Hosil bo’lgan massani 4 ta nonchaga bo’lish. Uni idishga solib, 2 minut pishirish va uning ustidan pishloq qo’yish va sous bilan bezash. Yana 3 minut pishirib olish.
Hujjat strukturasini tuzish uchun reseptni diqqat bilan o’rganib chiqamiz. Buning uchun oldin resep komponentalarini identifikasiyalab olamiz. Shundan so’ng resepda qanday elementlar bo’lishligini aniqlaymiz. Har bir komponenta uchun quyidagilar aniqlanadi:
element qanday nomlanadi?
element qayerdan boshlanadi (ya’ni ochish diskreptori qayerda bo’lishi kerak)?
element qayerda tugaydi (ya’ni yopish diskreptori qayerda bo’lishi kerak)?
element qanday ma’lumotlarni o’zida saqlashi kerak?
elementlar orasida qanday bog’lanishlar bor?
Agar o’zak elementni recipe deb nomlasak, u o’zida title, ingredients, preparation va serving elementlarni saqlashi lozim.
ingredients elementi o’z navbatida item va bunga mos quantity elementlarini o’zida saqlaydi.
Ma’lumki har bir element ochish va yopish diskreptorlari bilan belgilangan bo’ladi.
Diskreptor boshidagi < MDO (Markup Declaration Open) – belgilashni ochish deklarasiyasi, oxiridagi > MDC (Markup Declaration Close) – belgilashlarni yopish deklarasiyasi deyiladi.
Masalan, - quruq piyoz poroshogi
elementini olsak, bunda
< - MDO
item – element nomi
quruq piyoz poroshogi – element mazmuni
- element oxiri
item – yopish elementi nomi
> - MDC
ichma – ich joylashgan elementlarda kesishish bo’lmasligi lozim. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |