Ovqat resepti
-mavzu. XML texnologiyalari asoslari. XML tili. XML tili va uning tarkibiy qismlari
Download 0.95 Mb.
|
f17c5dc6cfc54c35d02030b2b706cfef «DASTURIY INJENERING” FANINING O’QUV – USLUBIY MAJMUA (Moddle tizimi asosida)
13-mavzu. XML texnologiyalari asoslari. XML tili. XML tili va uning tarkibiy qismlari.
Web sahifa asoschisi Tim Berners – Li kompyuterlar o’rtasida aloqalarni amalga oshirishda quyidagilarni taklif qilgan edi: URL (Uniform Resource Locator) – Internet hujjatlarini yangi universal usulda adreslash; HTTP (Hyper Text Markup Language) – matnlarni tavsiflashning yangi tili. Web texnologiyasini keng rivojlanishiga sababchi bo’lgan HTML tili kamchiliklardan ham xoli emas edi, xususan: prezentasiyalarni yaratishda sahifalarni joylashtirish qiyin; belgilar orasidagi masofani o’rnatish murakkab; matnlarni tekislash ko’ngildagidek emas; ma’lumotlarni gazetalardagidek kolonkalarga joylashtirib bo’lmaydi; chegaralangan deskriptorlar aniqlangan bo’lib, ularni kengaytirishning iloji yo’q. Bularning barchasi yangi belgilashlar tilining yaratilishiga sabab bo’ldi va bu til XML tilidir. XML tili 1998 yilda W3C konsorsiumi tomonidan qabul qilingan va u quyidagi yetti xususiyati bilan ajralib turadi: XML – fayl ma’lumotlari strukturasini tavsiflashning matn ko’rinishni taklif qiladi. XML – HTML ga o’xshash. XML – kompyuterga ham, insonga ham tushunarli. XML – ko’pgina texnologiyalarni o’zida mujassamlashtirilgan. XML – yetarlicha moslanuvchan. XML – nisbatan yangi til. XML – keng foydalanish imkoniyatlariga ega. XML tili SGML (Standard Generalized Markup Language) – belgilashlarning umumiy standartlashtirilgan tili asosida yaratilgan bo’lib, quyidagi muhim texnologik komponentalardan tashkil topgan: XML version 1.0 – XML ni ishlatish haqida texnik yo’riqnoma. DTD – hujjat turini aniqlash. XDR – XML ning Microsoft sxemasidagi formati. XSD – XML ning W3C konsorsiumidagi sxemasini aniqlash. Nomlar makoni – element va atributlar nomini aniqlash usuli. XPath – XML yo’llarini aniqlash tili. XLink – XML murojaatlarini aniqlash tili. XPointer – XML ko’rsatmalarini aniqlash tili. DOM – hujjat obyekt modellari uchun dasturiy interfeys API. SAX – XML uchun oddiy dasturiy interfeys API. XSL – jadvallarning kengaytirilgan stil tili. XSL-FO – XML obyektlarini formatlash. XSLT – XSL ni qayta ishlash tili. XInclude – XML Include sintaksisi. XBase – XML Base URL sintaksisi. Ko’rsatib o’tilgan XML komponentalarining hammasi bugungi kunda to’liq standartlashgan emas. Ayrim komponentalar ustida ish olib borilmoqda va o’zgarishlar kiritilishi mumkin. XML (eXtensible Markup Language) ma’lumotlarni tavsiflovchi belgilashlarni (tuzilmalarni) yaratishga imkon beruvchi til qoidalaridir. Kompyuter taraqqiyoti natijasida yangi tushuncha, “elektron biznes” tushunchasi paydo bo’ldi. Elektron biznes deganda ko’pchilik elektron savdoni tushunishadi va aslida ham shunday. Ma’lumki, savdo-sotiq inson munosabatlari orqali amalga oshadi. Ular o’zaro kelishuvlarida turli vositalardan foydalanishadi. Kompyuter tarmoqlari paydo bo’lishi bilan aloqalarning zamonaviy turlari paydo bo’ldi. Bular internet aloqalardir. Bugungi kunda www.1800flowers.com (gullar) saytiga kirib, turli xil tovarlarni sotib olish mumkin. O’zaro aloqalar ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish orqali amalga oshiriladi, masalan, Web-sahifalar ko’rinishida. XML ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishning qulay usullarini taqdim etadi. Bu til ma’lumotlar bilan ishlashda, shu ma’lumotlar bilan amallar bajarish jarayonlarida alohida ishlashga imkoniyat yaratadi. Masalan, kitob sarlavhasini katta harflarda, qalin qilib, ma’lum shriftlarda yozish mumkin. Ammo shu kitobning elektron variantidagi shu yozuvni topish uchun ma’lum ishlarni bajarish kerak. XML tili ana shunday obyektlarni aniqlash qoidalarini (sintaksisini) taklif qiladi. Web-saytlarni yaratishda XML turli xil maqsadlarda ishlatiladi. XML yordamida bitta Web-saytga qayta murojaat qilinganda, undagi ma’lumotlarni har safar o’zgaruvchan qilib yaratish mumkin. Buning uchun Microsoft kompaniyasi uch-bosqichli ketma-ketlikdan foydalanadi. Ma’lumotlar bosqichi. Kerakli ma’lumotlar alohida kompyuterda, kompyuter tarmog’ida yoki virtual qurilmada saqlanadi va unga murojaat etish imkoniyati mavjud. Mijoz bosqichi. Ma’lumotlarning ko’p qismining qayta ishlanishi serverlarda bajariladi. Mijozga esa faqat ma’lumotlar qayta ishlanish natijasi uzatiladi. XML bilan ishlaganda ana shu natijalarni uzatish jarayoni qaraladi. Oraliq bosqich. Bu bosqich ma’lumotlar bosqichi va mijoz bosqichi orasida joylashadi. Ana shu bosqichda biznes-prosedura ma’lumotlar bosqichidan olingan ma’lumotlarga qo’llanilib, natija mijoz bosqichiga uzatiladi. Oraliq bosqich elementi sifatida dasturiy ta’minot qaraladi, bu dasturiy ta’minot Web-serverlarga mijoz so’rovlarini tashkillashtiradi va bu so’rovlarga javob beradi. Web-server mijoz so’rovidan boshqa hyech qanday vazifa bajarmaydi. So’rovlar turli dasturlash tillarida yozilishi mumkin. BizTalk – elektron kommersiya bo’yicha hujjat almashinish muammolarini hal qilish uchun ishlab chiqilgan loyiha nomi. BizTalk – teglar majmuasidan iborat bo’lib, xabar manzillarini tavsiflash va ularni qayta ishlash imkoniyatini beradi. BizTalk kompyuter ma’lumotlarini Internet orqali virtual konvertlarda odatdagi xatlarday uzatish imkoniyatini yaratadi. BizTalk loyihasi 3 ta xususiyatga ega: Birinchidan – hujjatlarning mustaqil infrastrukturaga egaligi. Ikkinchidan – XML saytlarining mavjudligi, BizTalk.org orqali XML tilini va elektron kommersiyani o’rganish mumkin. Uchinchidan – BizTalk hujjatlari bilan ishlash uchun BizTalk bilan mos tushuvchi server kerak (BFC - server). BFC – server BizTalk hujjatlarini o’qiy oladigan dasturdir. Bunday dasturga Microsoft BizTalk Server 2000 dasturini aytish mumkin va bu dastur Microsoft Windows 2000 da ishlay oladi. Bu dastur yordamida Java tilida yozilgan BizTalk hujjatlarni uzatish mumkin. XML asosidagi hujjatlarga ruxsat SOAP bayonnomalari orqali amalga oshiriladi. SOAP (Simple Object Access Protocol) – obyektlarga ruxsat beruvchi ixchamlashgan bayonnomadir. SOAP – HTTP va XML standartlari asosida yaratilgan. SOAP qoidalari asosida ma’lumotlarni joylashtirish “konverti” aniqlanadi. Boshqacha aytganda, SOAP shunday konvertki, bu konvert ichida SOAP – serverga uzatiladigan so’rovlar joylashgan bo’ladi. SQL (Structured Query Language) relyasion MBdan axborotlarni olishga mo’ljallangan til. SQL tili relyasion MB uchun universal til bo’lsa ham, har xil MBBT uchun ikkilik ko’rinishida turli xildir. XML formatdagi hujjatlar esa barcha dasturlar uchun bir xildir. HTML saytdagi ma’lumotlar murojaatlarda o’zgarmas hisoblanadi. XML yordamida oxirgi murojaatni aniqlab, keyingi murojaatda saytga aloqador yangi ma’lumotlarni qo’shib ko’rsatish mumkin. XML hujjatlarini yaratish standartlarga asoslanadi. Standartlar axborot almashinish jarayon asosidir. Xalqaro standartlar tashkiloti ISO (International Organization Standardization) Jenevada joylashgan bo’lib, barcha standartlarni moslovchidir. Amerika milliy standartlar instituti ANSI (American National Standards Institute) amerika bozorlari uchun standartlar o’rnatadi. Informasiyalar bo’yicha standartlarni o’rnatuvchi tashkilot OASIS (Organization for the Advancement of Structured Information Standards) 1993 yilda tashkilot etilgan. Bu tashkilot 2ta maqsadga xizmat qiladi: Birinchisi – butun dunyo bo’yicha ma’lumotlarni tavsiflashning mustaqil rivojlanishiga ta’sir ko’rsatish. Ikkinchisi – axborotlarni almashuvchi komponiyalar takliflariga asosan zaruriy standartlarni yaratish. OASIS tomonidan yaratilgan barcha standartlarga kirish ochiq. Internetdagi http://www.oasis-open.org Web –saytidan ko’rish mumkin. Internetga aloqador standartlarni Massachusete shtatida joylashgan Kembridj shahridagi W3C (Word Wide Web Cousortium) konsorsiumi boshqarib boradi. Aynan ana shu W3C konsorsiumi 1998 yilda XML standartiga asos soldi va u XML1.0 versiyasi deb qabul qilindi. XML ma’lumotlar tuzilishini iyerarxik aloqalar bog’liqligida tavsiflaydi. Har qanday elementning avlodlari bo’lishi mumkin, bu avlodlarning yana avlodlari bo’lishi mumkin. Quyidagi HTML ning tegini qaraylik: Brion Travis Bu teg turli xil 2 ta elementdan tashkil topgan. HTML – analizator elementini uchratgach, HREF atributidagi qatorni ajratadi. Atribut HREF obyektning joyini (joylashgan manzilini) aniqlaydi. Bizning holatimizda HREF atributi http://architag.com saytidagi solutions papkasidagi senior.html faylini ochish kerakligini aniqlayapti. Faylni ochish HTTP get usuli yordamida brian Travis sarlavhasi (zakladka) bilan amalga oshadi. Agarda faylni ochishda shu ruyxatdagi boshqa faylni ham ochish lozim bo’lsa, ya’ni fayllar ro’yxatidagi fayllardan birortasini ochmoqchi bo’lsak, XLink atributini ishlatamiz. Agarda faylni ochishda butun sahifani emas, kerakli abzasdan ochish talab qilinsa, XPointer atributdan foydalanamiz. XML hujjat ikki xil bo’ladi: To’g’ri (Well - formed) hujjat; Haqiqiy (valid) hujjat. To’g’ri hujjat haqiqiy bo’lishi uchun hujjat turi aniqlangan va shu turga mos bo’lishi kerak. XML hujjat to’g’ri bo’lishi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak: Har bir hujjat elementi ochadigan va yopadigan teglarga ega bo’lishi lozim. har bir hujjatda aniq bitta o’zak (kornevoy) element bo’lishi kerak. Element va atribut nomlari regestrlarga ta’sirchanligi e’tiborga olinishi lozim. Elementlar bir – birining ichiga joylashishi mumkin, ammo ularning kesishishi mumkin emas. Atribut qiymatlari qo’shtirnoq ichiga olinishi lozim. Ayrim belgilar boshqaruvchi belgilar bo’lishi lozim (Hujjatda boshqaruvchi belgilar mavjud bo’lishi kerak). Bo’sh elementlar – maxsus formatda yoziladi. To’g’ri XML hujjat albatta uni e’lon qilishdan boshlanadi, bu e’lon sintaktik analizatorga aloqadordir. XML hujjat e’lonida hujjat turi va qo’shimcha ma’lumotlar keltiriladi. XML e’loni kuyidagicha: XML versiyasini ko’rsatish albatta zarur. Hujjat kodirovkasi versiyadan so’ng ko’rsatiladi: Encoding = “SHIFT_JIS” Kodirovka hujjat belgilari qaysi kodda yozilganligini bildiradi. Jimlik qoidasiga asosan UTE-16 (16-razryadli Unicode) kodi tushuniladi. Kodirovkadan so’ng Standalone = “yes” Bu atribut 2ta qiymat qabul qiladi:yes yoki no. Agar yes qiymati yozilgan bo’lsa, hujjatga kerakli barcha zaruriy vositalar hujjat ichida mavjud (hujjatni qayta ishlash ma’nosida). Boshqacha aytganda hujjat tashqi elementlarga murojaat etmaydi. Jimlik qoidasida qiymat yes deb hisoblanadi. No qiymati hujjatni qayta ishlashda tashqi manbalarga murojaat etish mumkinligi eslatadi. Encoding va standalone atributlari XML e’lonining ichida joylashishi lozim, ya’ni XML hujjat matn va belgilashlardan tashkil topadi. Belgilash qayta ishlanadigan hujjatning tuzilishi va ilovalarini ko’rsatadi. Belgilash hujjatning ma’lumotlarini tavsiflovchi teglardan tashkil topadi. Teg instruksiyalardan (yo’riqnomalardan) tashkil topib, < > qavslar ichiga olinadi. Bir juft teg – ochiq va yopiq, ma’lumot elementlarini chegaralaydi. Element – ma’lumot obyekti bo’lib, hujjat tuzilmasining tashkil etuvchidir. Elementning asosiy xususiyati, uning nomga egaligidir. Teglar elementning bosh va oxirini bildiradi. Har bir element ochish tegidan boshlanib, yopish tegi bilan tugaydi. Odatda oxirgi teg ochish tegi bilan mos tushadi, ammo u “/” bilan boshlanadi. Ochish va yopish teglari orasidagi ma’lumotlar element mazmuni deyiladi. Mazmun matnlardan va ichma – ich joylashgan teglardan iborat bo’lishi mumkin. Masalan, Odamlarmiz Bu misolda ochish tegi –
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling