Ovqatlanish gigienasi reja


Sanitariya shifokori assistenti quyidagi huquqlarga ega


Download 32.36 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi32.36 Kb.
#1619543
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4mavzu

Sanitariya shifokori assistenti quyidagi huquqlarga ega:
1. o’z hududidagi tekshiriladigan obyektlarga belgilangan qoi-dalarga rioya qilgan holda borish.
2. Tekshirish jarayonida aniqlangan sanitariya buzilishlarini bar-taraf etishga ko’rsatma berish.
3. Obyektlarning sanitariya va epidemiologiya holatini aniqlash maqsadida tegishli ma'lumot va hujjatlar talab qilish.
4. Oziq-ovqatlar va boshqa narsalardan tekshirish uchun labora-toriyaga namunalar olish.
5. Sanitariya qoidalari buzilgan joyda dalolatnoma va bayonno-malar tuzish.
6. Majburiy dezinfeksiya o’tkazishni talab qilish.
DSENM oldiga qo’yilgan vazifalarni muvafaqqiyatli bajarish uchun ishni rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu rejani ba-jarishda DSENMning barcha bo’limlari hududdagi mutasaddi tash-kilotlar, davlat profilaktika muassasalari ishtirok etadilar. DSENM-ning ovqatlanish gigiyenasi bo’limi umumiy ovqatlanish korxonala-rida, do’kon, bozorlarda sanitariya nazorati va sanitariya maorifi ishlarini rejalashtiradi. Sanitariya shifokori va uning assistenti DSENM rejasi asosida o’zlariga reja tuzib, kundalik ishni to’g’ri tash-kil qihsh maqsadida bir oylik ish grafigi tuzadilar. Bu grafik jadvalda tegishli obyektlarni qachon tekshirish, kimlarni laboratoriya tekshiru-vidan o’tkazish yoki boshqa tekshiruvlar ro’yxati yozib ko’rsatilgan bo’ladi. Sanitariya shifokori va uning assistenti o’tgan kungi ish nati-jalarini muhokama qilib keyingi kun ;sh rejasini tuzadilar. Sanitariya shifokori assistentining obyektiv tekshiruv usullarini biiishi, yog’ o’lchagich (xnpoMep), laktodensimetr, vibrograf, lyuksmetr, shov-qin o’lchagich (iuyMOMeTp), gaz analizatorlari, anemometr kabi o’lchov asboblari bilan ishlashni yaxshi bilishi tekshirilayotgan obyektning sanitariya holati to’g’risida obyektiv malumot to’plashga imkon beradi.
DSENM ish rejasida har bir ishni bajarish muddati nazoratga olinib, tegishli belgi qo’yiladi va tegishli hokirniyat organlari to-monidan tasdiqlanadi.
DSENMning ovqatlanish gigiyenasi bo’yicha faoliyat ko’rsat-kichlari DSENM hisobotida ushbu ko’rsatkichlar bilan baholanadi.

Download 32.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling