Ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish kasbi


Download 1.06 Mb.
bet1/184
Sana07.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1753973
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
Bog'liq
41010501- Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish







Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish kasbi
O‘QUV DASTURLARI TO‘PLАMI


Toshkent – 2023

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


PROFESSIONAL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH INSTITUTI
O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING
41010501- Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish


Kasbiy faoliyatda chet tili


O‘QUV DASTURI

Kvalifikatsiya nomi:

  1. Keytering va servisni tashkil etish

menejeri.

  1. Restoran administratori (xostess,metrdotel).

  2. O‘zbek va xorijiy oshxona oshpazi . 4.Bolalar va parhez taomlari oshpazi. 5.Sharq shirinliklari va un mahsulotlarini tayyorlash va pishirish qandolatchisi.



O‘quv rejadagi tartib raqami:



2.01.

Ajratilgan soat:

40



Toshkent 2023


O‘quv dasturi Professional ta’limni rivojlantirish instituti Xizmatlar sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-metodik birlashmasining 2023-yil 9- avgustdagi 8 - sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2023-yil 25-avgustdagi 5-son yig‘ilishida ma’qullangan va Vazirlikning 2023-yil 29 -avgustdagi 438-son buyrug‘i bilan TASDIQLANDI VA JORIY ETILDI.


Tuzuvchi: Z.Subxonova

Buxoro Turizm Texnikumi o‘qituvchisi

Taqrizchilar:

N.Z. Nasrullayyeva

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori




L.X. Abdullayyeva

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti

  1. O`quv dasturi umumiy talablari

Dastur nomi

Kasbiy faoliyatda chet tili til.

Ajratilgan soat

80

Mavzular soni

30

Dasturning maqsadi

O‘quvchilarni ingliz tilida egallangan bilim va ko‘nikmalarini turizm va servis sohasida qo‘llash va yangi so‘z, iboralarni og‘zaki nutqda ishlata olish imkoniyatlariga ega bo‘lish. Ingliz tilini kasbiy muloqotda qo‘llash.Dialogik va monologik nutq, og‘zaki va yozma tarjima ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

O`zlashtirish (o`qitish)
natijalari

- Zamonaviy turizm va turizm biznesining tarixiy rivojlanish jarayonini ahamiyatini anglash uchun zarur bo‘lgan bilimlarni ingliz tilida o‘zlashtiriladi;

Bilimlar

  • chet tilida professional og‘zaki va yozma muloqot uchun zarur bo‘lgan leksik (3500-4500 leksik birlik) va grammatik minimum;

  • ishbilarmonlik aloqalari uchun chet tili: ish yozishmalarini yuritish qoidalari, ishbilarmonlik xatlari uslubi va tili, telefon orqali so‘zlashish madaniyati, yozishmalarni yuritish qoidalari va reklama xizmati (mahsuloti)ning taqdimoti;

  • maxsus terminologik lug‘atlardan foydalanish qoidalari.

-o‘rganilayotgan xorijiy tillarning grammatikasi, shu xorijiy mamlakat
madaniyati va an’analari, nutq odob-ahloq qoidalari;
-umumiy va terminologik xarakterdagi 3500-4500 o‘quv leksik birliklari miqdoridagi leksik minimum

Ko`nikmalar

  • professional yo‘nalishda chet tilida suhbat (suhbat, muzoqaralar) o‘tkazish;

  • professional mavzular bo‘yicha monologik ma’ruzalar tuzish va bajarish (taqdimotlar, ma’ruzalar, ko‘rsatmalar);

  • chet el tilida ish yozishmalarini olib borish;

  • turizm sohasiga tegishli bo‘lgan ishchi hujjatlarni chet tilida tuzish va rasmiylshatirish;

  • reklama e’lonlari uchun chet tilida matnlar tuzish;

  • lug‘atlar, ma’lumotnomalar va boshqa axborot manbalaridan professional foydalanish;

  • kompyuterda zamonaviy tarjima dasturlaridan foydalana olish;

  • xorijiy tilidan o‘zbek / rus va o‘zbek / rus tilidan xorijiy tilga kasbiy xususiyatga ega ma’lumotlarni tarjima qilish professional va kundalik mavzularda xorijiy tilda (og‘zaki va yozma) muloqot qilish;

  • kasbga yo‘naltirilgan xorijiy matnlarni tarjima qilish;

Og‘zaki va yozma nutqni mustaqil ravishda takomillashtirish, so‘z boyligini to‘ldirish


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling