O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
Oshpazlik taomlarini tayyorlash o‘quv amaliyoti
|
Ajratilgan soat
|
90
|
Mavzular soni
|
15
|
Dasturning maqsadi .
|
“ Oshpazlik taomlarini tayyorlash” o‘quv amaliyoti «O‘zbek va xorijiy oshxona oshpazi» kasbi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan. Bu fanning asosiy maqsadi o‘zbek va xorijiy mamlakatlar pazandachiligi texnologiyasi asosida pazandachilik mahsulotlari tayyorlash texnologik jarayonlarini o‘rgatish. Shuningdek dastur turli mamlakatlar pazandachiligi mahsulotlarini tayyorlashda texnologik jihozlar va asbob uskunalarni hozirlash. Texnologik jarayoniga ish o‘rnini tayyorlash; xorijiy mamlakatlar pazandachiligida xom-ashyo mahsulotlariga dastlabki ishlov berish.Sardak va qaynatmalarni tayyorlay olish. Turli mamlakatlari oshxonasi suyuq taom turlarini, sabzavot,baliq,go‘sht,parranda go‘shtlaridan quyuq taomlarni tayyorlash;turli sovuq taomlarini , tuxum,tvorog va un mahsulotlaridan turli taomlarini, turli issiq va sovuq shirin taomlarini
,issiq va sovuq ichimliklarni tayyorlashda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish. Taom tayyorlashda texnologik yo‘riqnomalar va ma’lumotnoma hujjatlardan to‘g‘ri foydalana olish. Turli mamlakatlar pazandachiligi texnologiyasi taomlarini tayyorlash ,tarqatish va xizmat ko‘rsatish haqidagi amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |