Oxirgi bir yarim yil davomida farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning arzonligi va erkin muomalasini ta’minlashga qaratilgan o‘ndan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi


Download 360.54 Kb.
bet2/9
Sana22.06.2023
Hajmi360.54 Kb.
#1646284
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PQ-3532 14.02.2018

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish
mexanizmi


Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. ERKIN IQTISODIY ZONALAR VA DORIVOR O‘SIMLIKLAR PLANTATSIYALARI
FAOLIYATINI TAShKIL ETISh BO‘YIChA ChORA-TADBIRLAR


1.

Quyidagi masalalarni hal etgan holda “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” (keyingi o‘rinlarda — erkin iqtisodiy zonalar) Direksiyalari faoliyatini tashkil etish:
Direksiyalarni joylashtirish;
direktorlarni tayinlash va kadrlar bilan to‘ldirish;
saqlash va texnik jihozlashni moliyalashtirish;
muhandislik-qidiruv va loyihaoldi ishlarini amalga oshirish, shuningdek yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari obyektlari bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash uchun qo‘shimcha mablag‘larni qidirib topish.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi,
tashkiliy chora-tadbirlar

2018 yil
30-martgacha

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Bosh prokuratura (S. Samadov), Davlat investitsiya qo‘mitasi (A. Axmedxodjayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), Jizzax (E. Saliyev), Namangan(X. Bozorov), Sirdaryo (G‘. Mirzayev), Surxondaryo (E. Turdimov) va Toshkent (G‘. Ibragimov) viloyat hokimliklari

2.

Erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish uchun salohiyatli, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha quyidagilarni ko‘zda tutgan holda faol ish olib borish:
keng tushuntirish ishlarini, shu jumladan OAV va Internet tarmog‘idan foydalangan holda olib borish;
loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish uchun kelib tushgan arizalarni tanlab olish shaffofligini ta’minlash;
ruxsat beruvchi xususiyatga ega hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan hal qilish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Doimiy
ravishda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), Jizzax (E. Saliyev), Namangan (X. Bozorov), Sirdaryo (G‘. Mirzayev), S�rxondaryo (E. Turdimov) va Toshkent (G‘. Ibragimov) viloyat hokimliklari, Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, EIZ direksiyalari (lavozim bo‘yicha), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)

3.

Joyiga chiqqan holda erkin iqtisodiy zonalardagi real holatni, shu jumladan hududlarni o‘zgartirish va ularning bosh rejalariga tuzatishlar kiritish nuqtai nazaridan o‘rganish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2018-yil
15-aprelgacha

Bosh prokuratura (S. Samadov), “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (B. Zakirov), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), “O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafayev), “O‘ztransgaz” AJ (A. Mustafayev), “O‘zbektelekom” AK (Sh. Kadirov), “Davavtoyo‘l” qo‘mitasi (A. Abduvaliyev), Davlat geologiya qo‘mitasi(B. Islamov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), Jizzax (E. Saliyev), Namangan (X. Bozorov), Sirdaryo (G‘. Mirzayev), Surxondaryo (E. Turdimov) va Toshkent (G‘. Ibragimov) viloyat hokimliklari

4.

Erkin iqtisodiy zonalarning bosh rejalarini tasdiqlash.

Bosh rejalar

2018-yil
30-aprelgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), Jizzax (E. Saliyev), Namangan (X. Bozorov), Sirdaryo (G‘. Mirzayev), Surxondaryo (E. Turdimov) va Toshkent (G‘. Ibragimov) viloyat hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (B. Zakirov)

5.

Ma’lumotlarning maxfiyligini hisobga olgan holda erkin iqtisodiy zonalarning bosh rejalarini ochiq foydalanishga, shu jumladan Internet tarmog‘iga joylashtirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2018-yil
15-maygacha

EIZ direksiyalari (lavozim bo‘yicha), “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (B. Zakirov), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Investitsiya loyihalari tashabbuskorlarida yuzaga keladigan muammolardan kelib chiqqan holda erkin iqtisodiy zonalar hududlariga o‘zgartirishlar kiritish imkonini beradigan tez moslashuvchi mexanizmni joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasi
qarori

2018-yil
1-maygacha

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Erkin iqtisodiy zonalarning yo‘l-t�ansport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmas obyektlarini qurish uchun loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash, shuningdek, ularning qurilishini 2018-yil oxiriga qadar yakunlashni ta’minlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Bosh reja tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda

“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafayev), “O‘ztransgaz” AJ (A. Mustafayev), “O‘zbektelekom” AK (Sh. Kadirov), “Davavtoyo‘l” qo‘mitasi (A. Abduvaliyev), Respublika yo‘l jamg‘armasi (M. Allabergenov), manfaatdor vazirlik va idoralar, EIZ direksiyalari (lavozim bo‘yicha) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), Jizzax (E. Saliyev), Namangan (X. Bozorov), Sirdaryo (G‘. Mirzayev), Surxondaryo (E. Turdimov) va Toshkent (G‘. Ibragimov) viloyat hokimliklari

8.

Erkin iqtisodiy zonalarda yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ul shaxsni biriktirish va investorlarni jalb qilish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2018-yil
25 �evralgacha

Bosh prokuratura (S. Samadov)

9.

Dori vositalari uchun xomashyo yetishtirish maqsadida qulay sharoitga ega joylarning erkin foydalanish imkoniyatiga ega xaritalarini iqlim sharoiti, yer uchastkalari tarkibi va boshqalarni nazarda tutgan holda shakllantirish.
O‘zbekiston Respublikasi hududida hududlar kesimi bo‘yicha yetishtirish tavsiya etilayotgan dorivor o‘simliklar ro‘yxatini tasdiqlash.

Chora-tadbirlar
rejasi

2018-yil
1-martagcha

Davlat o‘rmon xo‘jaligi (N. Bakirov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (B. Yusupov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. IJTIMOIY DORIXONALAR JOYLAShIShI VA QURILIShINI TAKOMILLAShTIRISh, ShUNINGDEK,
DORIXONALAR VA DAVOLASh MUASSASALARINI DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASh BO‘YIChA ChORA-TADBIRLAR


10.

Ijtimoiy dorixonalarning joylashuvi va ularni aniqlash me’yorlari, nomzodlarni tanlash va ularning kelgusida faoliyat yuritishi tartibi, shuningdek, dori vositalarini arzon narxlarda xarid qilish va sotish masalalarini nazarda tutadigan Ijtimoiy dorixonalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi
qarori

2018-yil
15-martgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Davlat raqobat qo‘mitasi (R. Gulyamov)

11.

Ijtimoiy dorixonalar binolarining namunaviy loyihalarini tasdiqlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2018-yil
1-martgacha

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (B. Zakirov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Ijtimoiy dorixonalarni joylashtirish me’yorlarini aniqlash.

Metodik qo‘llanma

2018-yil
1-martgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Davlat raqobat qo‘mitasi (R. Gulyamov)

13.

Hududiy joylashuvidan kelib chiqqan holda dorixona binolarining maydoniga qo‘yiladigan minimal talablarni qayta ko‘rib chiqish.

Idoraviy hujjat

2018-yil
15-martgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Adliya vaziri (R. Davletov)

14.

Aholining ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga bo‘lgan ehtiyojini hududlar kesimida aniqlash va ularni har yili yangilab borish.

Idoraviy hujjat

2018-yil
15-martgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)

15.

Joylarga chiqqan holda quyidagilarda ijtimoiy dorixonalarni joylashtirish imkoniyatini o‘rganish:
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, ko‘p tarmoqli, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, shuningdek, qishloq vrachlik punktlarida;
ijtimoiy dorixonalar qurishga yaroqli bo‘sh bino va inshootlar, shuningdek, yer uchastkalarida.

Ijtimoiy dorixonalarni joylashtirish xaritasi

2018-yil
1-aprelgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi (B. Zakirov), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), Davlat raqobat qo‘mitasi (R. Gulyamov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Davlat tibbiyot birlashmalari hamda davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish majburiyatini oladigan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuziladigan namunaviy shartnomalarni tasdiqlash.

Namunaviy shartnomalar

2018-yil
15-martgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Davlat raqobat qo‘mitasi (R. Gulyamov)

17.

“O‘zmedimpeks” DUKga 2020-yil 1-yanvarga qadar Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari hamda tibbiyot buyumlarini tender savdolarini o‘tkazmasdan, istisno tariqasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan narxlar bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilish huquqi berilsin.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-martgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Davlat raqobat qo‘mitasi (R. Gulyamov)

18.

Davlat tibbiyot muassasalari ehtiyojlari uchun o‘z vaqtida va usluksiz yetkazib berish maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilishni moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining qo‘shma qarori

2018-yil
1-maygacha

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)

19.

Internet tarmog‘i va mobil ilovalarda quyidagilarga imkon beruvchi axborot portalini yaratish:
asosiy indikator sifatida ularda litsensiya mavjudligi haqidagi axborotni ko‘rsatgan holda dorixonalarning joylashgan manzilini aniqlash;
xarid qilingan dori vositalai va tibbiyot buyumlarini tegishli dorixonalar tomonidan yetkazib berilishini ta’minlash orqali dori vositalari va tibbiyot buyumlarini real vaqt rejimida xarid qilish.

Internet tarmog‘idagi axborot portali,
mobil ilovalar

2018-yil
1-dekabrgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlari haqida zarur ma’lumotlarni berish imkoniga ega hisob va hisobot jarayonini avtomatlashtirish, dori vositalari va tibbiyot buyumlarini identifikatsiyalashga imkon beruvchi maxsus markirovkalar tizimini O‘zbekiston Respublikasida joriy etish masalasini ko‘rib chiqish.

Tahliliy
ma’lumotnoma

2018-yil
1-maygacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishvazirligi (Sh. Shermatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Davlat tibbiyot muasasalari va ijtimoiy dorixonalarda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini hisobga olish, shu jumladan budjet mablag‘larini maqsadsiz sarflashni tezkor aniqlash va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish imkonini beruvchi avtomatlashgan tizimni yaratish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil
1-aprelgacha

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishvazirligi (Sh. Shermatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), manfaatdor vazirlik va idoralar


Download 360.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling