O’xshashlik mezonlari


Download 0.52 Mb.
Sana09.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1343072
Bog'liq
Parsayeva2

O’xshashlik mezonlari

Oʻxshashlik nazariyasi 

Oʻxshashlik nazariyasi — fizik hodisalarning oʻxshash sharoitlarini miqdoriy jihatdan tadqiq qilish usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan taʼlimot. Fizik oʻxshashlik turdosh hodisalar orasidagi muvofiklikni, yaʼni bir fizik hodisaning barcha miqdoriy koʻsatkichlari mutanosib ravishda oʻzgartirilishi natijasida hosil boʻlishini bildiradi. Oʻxshashlik nazariyasi ning asosiy vazifasi turli fizik hodisalarning oʻxshashlik mezonlarini aniqlash va shu mezonlar yordamida hodisalarning oʻzini oʻrganishdir. Fizik hodisalar, jarayonlar va sistemalar oʻxshashligi bir sistema holatini ifodalovchi oʻzgaruvchi kattaliklarning vaqtning oʻxshash paytlarida fazoning oʻxshash nuqtalaridagi qiymatlari boshqa sistemaning xuddi shunday kattaliklariga mutanosib boʻlishiga asoslandi. Kattaliklarning har biriga tegishli mutanosiblik (proporsionallik) koeffitsiyenti oʻxshashlik koeffitsiyenti deyiladi.


C

Geometrik o‘xshashlik

Konvektiv issiqlik almashinuv jarayoni uchun jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ekt va uning modeli o‘lchamlari ( lva l 1 ) quyidagi tenglik bilan bog‘langan bo‘lishi kerak: l `=ml l ya’ni model aslidan ml marta kichik (katta)


C

Issiqlik o‘xshashligi

Bu o’xshashlik temperatura maydonlari va issiqlik oqimlarining o‘xshashligini bildiradi. O‘xshash hodisalar ta’rifiga asosan, konvektiv issiqlik berish differentsial tenglamasidagi fizik va geometrik kattaliklar (namuna va model uchun) quyidagi nisbat bilan bog‘liq bo‘lishi kerak:


C

Issiqlik o‘xshashligi

bu yerda ma, mx, mt , me – o‘xshashlik sonlari. Issiqlik berilishining differentsial tenglamasiga asosan

Kinetik o‘xshashlik

Konvektiv issiqlik almashinuvi suyuqlikning harakat tartibiga bog‘liq. Suyuqlikning gidrodinamik harakat tartibi Reynolds soni bilan tavsiflanadi. Reynolds soni inertsiya kuchlari bilan qovushoqlik kuchlari orasidagi nisbatni tavsiflaydi:

Kinetik o‘xshashlik

bu yerda v–suyuqlikning kinematik qovushoqligi, m 2 /s; w – suyuqlik oqimi tezligi, m/s. Namuna va model uchun Reynolds sonlari bir xil bo‘lsa, u holda ularda suyuqlikning oqimi o‘xshash bo‘ladi

Kinetik o‘xshashlik

Konvektiv issiqlik almashinuvi quyidagi beshta o‘xshash sonlar bilan tavsiflanadi: Nu, Eu, Pr, Gr va Pe. Nusselt soni tarkibida noma’lum bo‘lgan issiqlik berish koeffitsienti  turadi. Eyler sonida esa, gidravlik qarshilikni tavsiflovchi p qatnashadi. Shuning uchun Nu va Eu sonlari aniqlanadigan o‘xshash sonlar va Pr, Gr va Re sonlari aniqlovchi o‘xshash sonlar deyiladi.

Kinetik o‘xshashlik

Kriterial tenglamalarni hisoblashda suyuqlikning fizik parametrlari ma’lumot jadvallaridan aniqlovchi temperatura bo‘yicha olinadi. Odatda bu temperatura sifatida suyuqlikning o‘rtacha temperaturasi olinadi. Doirasimon quvurlar uchun aniqlovchi o‘lcham sifatida uning diametri, murakkab kesimli kanallar uchun ekvivalent diametr va plitani oqim yuvib o‘tayotganda uning uzunligi olinadi.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling