E’tiborga molik jihati:vitamin turlari va ularning inson organizmi uchun ahamiyati.
Qurish, konstruksiyalash va matematika
Mavzu: Fitobar
Maqsad: bolalar katta hajmdagi kubiklardan foydalanib fitobar yasaydilar.
Kerakli jihozlar: AKT,katta hajmdagi kubiklar, katta va kichik g‘ishtchalar, geometrik shakllar.
Faoliyatning borishi:
1. AKT orqalifitobar va uningjavonlarida joylashgan anjomlarni tomosha qilish.
2. Qurilish materiallarini о‘rganish, tanlash va fitobar qurilishini rejalashtirish.
3. Qurish jarayoni.
4. Bajarilgan ishning muhokamasi.
5. Rag‘batlantirish.
Qо‘shimcha: moychechak va na’matak damlamasini ichish.
Alohida e’tibor qaratiladi: bajarilgan ishning mustahkamligi.
Syujetli-rolli о‘yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: Poliz ekinlari dо‘koni
Maqsad: bolalar sotuvchilarning mehnatini ijodiy tasvirlay oladilar.
Kerakli jihozlar: poliz ekinlari dо‘koni rasmi, poliz ekinlari mulyajlari, о‘yin uchun atributlar:
peshlavha, rasta,
kassa apparati,
xarid uchun savatcha, qog‘oz pullar,
terminal,
kartochkalar,
AKT.
Faoliyatning borishi:
1. Poliz ekinlari dо‘koni rasmi va AKT namoyishi bilan tanishish.
2. Rollarni taqsimlash.
3. О‘yin uchun kerakli atributlarni tanlash.
4. Syujetni ijro etish.
5. Ijro etilgan lavhani tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: