Oybek (1905-1968) Oybek


Download 16.77 Kb.
Sana30.10.2023
Hajmi16.77 Kb.
#1733976
Bog'liq
Документ


Oybek
(1905-1968)


Oybek (taxallusi; asl ism-sharifi Musa Toshmuhammad oʻgʻli; 1905.10.01 — Toshkent — 1968.1.07) — shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1965), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943). Oybek hunarmand-boʻzchi oilasida tugʻilgan. Dastlab Oqmasjidmahallasidagi eski maktabda (1911-1917), soʻng Munavvarqori Abdurashidxonov tashkil etgan „Namuna“ maktabida (1918-1921) boshlangʻich maʼlumot oladi. Shundan keyin Navoiy nomidagi taʼlim va tarbiya texnikum-internatida tahsil olgach (1921-1925), Toshkent unversitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925-1927), Leningrad xalq xoʻjaligi institutida (1927-1929) oʻqiydi va ogʻir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent unversitetida oʻqishni tugatadi (1930).
Oybek adabiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. „Cholgʻu tovushi“ degan birinchi sheʼri 1922-yil „Armugʻon“ jurnalida bosilgan. Bu vaqtda u Choʻlpon, shuningdek, „yosh usmonlilar“ sheʼriyati taʼsirida boʻlib, ular ruhidagi sheʼrlaridan iborat „Tuygʻular“ (1926) va „Koʻngil naylari“ (1929) toʻplamlarini eʼlon qilgan. Oybek dastlabki ijodida davrning oʻtkinchi mavzulariga bagʻishlangan sarbast sheʼrlar yaratgan, ularning aksariyati „Mashʼala“ (1932) toʻplamidan oʻrin olgan. Keyinchalik shoir lirik tuygʻu va kechinmalar tasviriga katta eʼtibor berib, „koʻngil lirikasi“ namunalarini yaratishga intildi. Uning bu boradagi izlanishlari, ayniqsa, „Yevgeniy Onegin“ sheʼriy romanini tarjima qilishi (1936) jarayonida orttirgan tajribasi tufayli va Aleksandr Pushkin asarlaridagi lirizm taʼsirida yaxshi samaralar berdi. Oybekning „Chimyon daftari“turkumiga kirgan, oʻzbek tabiatining fusunkor tarovati va betakror ranglarini oʻziga simirgan sheʼrlari nafaqat shoir sheʼriy ijodining, balki umuman oʻzbek lirikasining shoh namunalaridan biri boʻldi. Shoir bu sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatiga oybekona nafis lirizmni olib kirdi, nozik tuygʻu va kechinmalarni tasvirlash madaniyatini yanada mukammallashtirdi, lirik sheʼriyat tilini nafosat yogʻdulari bilan jilolantirib yubordi. Oybek 1968-yil1-iyul (68-yoshda) vafot etgan.
Download 16.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling