OYBEK ADABIY MEROSI
R eja:
Oybek lirik shoir.
Oybek ijodi Homil Yoqubov talqinida.
Oybekning “Nur qidirib” va “Bolalik” qissalari.
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
Mirzayev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. –T.: Yangi asr avlodi, 2004.
N.Karimov. XX asr manzaralari. – T.: 2008.
Seminar mashg‘ulotlari amaliy mashg‘ulotlardan tubdan farq qiladi. Bunda talabaning mavzuni mustaqil o‘zlashtirganligi kuzatiladi. Albatta, talabaga bir qancha mas’uliyat yuklanadi. Shunga qaramay, o‘qituvchi tomonidan unga muayyan yo‘nalish berib boriladi. Ikki tomonning hamkorligi natijasida talabaning mustaqil ilmiy tadqiqot olib borishiga ko‘maklashiladi.
1. Oybek lirik shoir.
Oybekning lirik shoir, benazir nosir, atoqli olim sifatidagi faoliyatini quyidagi jadvalda aks ettiring.
№
|
Oybek lirik asarlari
|
Oybek epik asarlari
|
Oybek ilmiy faoliyati
|
1.
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
Topshiriqni bajarishda Oybekning ilmiy biografiyasi, badiiy ijodi kuzatiladi. Adib qalamiga mansub asarlar ro‘yxati tuziladi. Ijodkor adabiy, ilmiy merosiga jiddiy e’tibor qaratiladi.
2. Oybek ijodi Homil Yoqubov talqinida. Mazkur topshiriqni bajarishda o‘zbek adabiyotshunosligida Oybek ilmiy, adabiy faoliyati xususida olib borilgan tadqiqotlar o‘rganiladi. Xususan, olim Homil Yoqubovning oybekshunoslikda olib borgan izlanishlari yuzasidan mulohazalar bildiriladi.
3. Oybekning “Nur qidirib” va “Bolalik” qissalariga xos jihatlarni belgilang.
Topshiriq davomida Oybek qissalari, ularning mavzu mundarijasi, obrazlar tizimi o‘zaro qiyoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |