O`yin faoliyatining namoyon bo`lishi Tayyorladi: Davronbekov Ibrahimbek


Download 0.64 Mb.
Sana02.05.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1422081
Bog'liq
darsim

O`yin faoliyatining namoyon bo`lishi

Tayyorladi: Davronbekov Ibrahimbek

Reja:

1 Pedagogik jarayonda o`yinning tutgan o`rni

2 Bolalar o`yinining o`ziga xosligi

3 Bola ruhiy rivojlanishida o’yinning ahamiyati

Pedagogik jarayonda o`yinning tutgan o`rni.

  • O`yin - inson faoliyatining ko`rinishlaridan biridir. Murakkab va qiziqarli hodisa sifatida u turli kasbdagi kishilar diqqatini jalb etadi.
  • O`yin - inson o`zligining namoyon bo`lishi, uning takomillashuv usulidir.

Pedagogik jarayonda o`yinning tutgan o`rni.

  • Bola shug`ullanadigan ko`pchilik jiddiy ishlar o`yin shaklida bo`ladi. O`yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi, o`ylaydi; o`yin jarayonida bolani xayoloti, xotirasi faol ishlaydi, ta'sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo`ladi. O`yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo`ladi.

Bolalar o`yinining o`ziga xosligi.

  • O`yinning bola tarbiyasidagi ahamiyati o`tmish va hozirgi zamonning ko`plab pedagogik sistemalarida tadqiq etilgan. Ko`pchilik pedagoglar o`yinni bola uchun juda jiddiy va muim faoliyat sifatida baholaydilar.
  • Bola tarbiyasida o`yinning ikki yo`nalishi tarkib topgan:
  • 1) o`yindan bolani har tomonlama uyg`un rivojlantirish maqsadida foydalanish;
  • 2) o`yindan tor didaktik maqsadlarda foydalanish.

Pedagogik jarayonda o`yinning tutgan o`rni.

  • Psixologik-pedagogik tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, o`yinlar bola shaxsining yuzaga kelishisabablarining shakllanishiga katta ta'sir ko`rsatar ekan.
  • “Ijodiy o`yin” tushunchasi syujetli-roli o`yinlarni, dramalashtirilgan o`yinlar qarish-konstruktsiyalash o`yinlarni o`z ichiga oladi.
  • Ijodiy o`yinlarda bolalarning atrof-muhitdagi hayot haqidagi ta'surtlari u yoki bu hayotiy hodisalarni tushunish darajalari aks etadi. Ijodiy o`yinlarning mazmuni bolalarning o`zlari o`ylab topadilar. Bu guruh o`yinlarida bolalarning erkinligi, mustaqilligi o`z-o`zini uyushtirish va ijodiyligi namoyon bo`ladi. Rang-barang hayotiy ta'surotlar aynan takrorlanmaydi , ular bolalar tomonidan qayta ishlanadi, ularning biri ikkinchisi bilan almashinib turadi va hokazo.

Bola ruhiy rivojlanishida o’yinning ahamiyati

  • O’yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay balki bolaning xulq-atvoriga ham ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Bog’cha yoshidagi bolalarda o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini tarkib toptirishga bog’lik psixologik muammoni o’rgangan Z.V.Manuylеkoning fikricha, biror maqsadra yu-naltirilgan mashg’ulotga nisbatan yyinda xulk kuknikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin.

Bola ruhiy rivojlanishida o’yinning ahamiyati

  • Bolaning aqliy o`sishi haqida fikr yuritilganda, shuni ham aytib o`tish kеrakki narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash holatidan kеlib chiqib, sub'еkt o’yin paytida faol hapakat qilishga urinadi. Chunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rеjasidan tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jismlar mohiyatini aks ettiruvchi harakat rеjasiga o`tadi.

Bola ruhiy rivojlanishida o’yinning ahamiyati

  • Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga hayoliy ko`rinishga o`tishida unga tayanch nuqtasi bo’lishi kеrak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o`tovchi narsalarning aksariyatidan o`yinda bеvosita, ob'еkt sifatida foydalaniladi. O’yin faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to’g’risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdеk, tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog`liq jihatini aks ettiradi.

Bola ruhiy rivojlanishida o’yinning ahamiyati

  • Darhaqiqat, o’yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi ko`rinishi, ya'ni uning fikriy, aqliy jihati namoyon bo’ladi va shuning uchun o`yin harakatlarini shakllantirish jarayonida bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko`rinishi vujudga kеladi. Bolaning aqliy kamol topishida yoki uning umumiy kamolotida o`yinning muhum ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali o`z ifodasini topadi. Bola o`yin faoliyatida maktab ta'limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi.

Bolada shaxs xususiyat va fazilatlarini shakl­lantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning hissiy-tuygularini qo`zg`atuvchilar bilan uzviy bog`lik holda namoyon bo’ladi. Chunki o`yin davomida bolada har xil hohish va istaklar tug`ila boradi, bular boshqa narsalarning tashki alomatlari o’ziga rom etishi sababli hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tеngdoshlarining ta'siri ostida tugiladi.

  • Bolada shaxs xususiyat va fazilatlarini shakl­lantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning hissiy-tuygularini qo`zg`atuvchilar bilan uzviy bog`lik holda namoyon bo’ladi. Chunki o`yin davomida bolada har xil hohish va istaklar tug`ila boradi, bular boshqa narsalarning tashki alomatlari o’ziga rom etishi sababli hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tеngdoshlarining ta'siri ostida tugiladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling