Oylikni namunali o’tkazaylik


Download 6.05 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi6.05 Kb.
#1471484
Bog'liq
Газета ЁХО лотин



Olov - tilsiz yov.
Oylikni namunali o’tkazaylik.

Hurmatli tumanimiz fuqarolari! Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha Hukumat komissiyasi yig’ilishining 2022 yil 10-noyabrdagi 49-son bayoni, uning ijrosi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2022 yil 10-noyabrdagi 527-sonli buyrug’i hamda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha viloyat hududiy komissiyasi yig’ilishining 2022 yil 14-noyabrdagi 397/01-09-sonli bayoni, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2022 yil 14-noyabrdagi 429-sonli buyrug’i hamda bu boradagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha tuman hududiy komissiyasi yig’ilishining 2022 yil 14-noyabrdagi 214-01-08-sonli bayoniga asosan Respublikamiz, viloyatimiz, shu jumladan tumanimizda ham 2022 yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong’in xavfsizligi oyligi” o’tkazilmoqda. Ushbu qarorning shu kunlarda chiqarilishi va yong’in xavfsizligi oyligining shu kunlarda o’tkazilishi bejiz emas. Chunki kunlar sovib issiqlikka bo’lgan talabning kuchayishi nafaqat Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari zimmasidagi vazifalarning ortishi, balki yong’inlarning ko’payishiga olib kelishi ham hech kimga sir emas. Afsuski, ko’pincha arzimasdek bo’lib ko’ringan ehtiyojlarimizdan beparvolik bilan foydalanishning oqibati voy bo’lishini unutib qo’yamiz. Tabiiyki, keyingi pushaymon...


Kuzgi-qishki isitish mavsumi boshlanishi, haroratning keskin pasayishi, tabiiy gaz bosimining bir maromda bo’lmasligi va isitish pechlaridan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida yong’inlar sodir bo’lishi kupaymoqda. Joriy yilning o’tgan davrida fuqarolarning gaz va elektrdan ehtiyotsizlik va beparvolik bilan foydalanishlari oqibatida tumanimizda 48 ta yong’in hodisasi sodir bo’lib, ushbu yong’inlar natijasida fuqarolarning peshona teri evaziga to’plagan mol-mulklarining kuyib, katta miqdorda moddiy zarar ko’rishlari juda achinarli holdir.
Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong’in xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari oylik davomida karxona, tashkilotlarda, maktab va maktabgacha ta’lim, shuningdek, sog’liqni saqlash muassasalarida yig’ilishlar o’tkazib borilmoqda.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari! “Yong’in xavfsizligi oyligi”ni namunali o’tkazish, oylik davomida ko’ngilsiz voqealar sodir bo’lmasligi uchun hushyorligimiz, har qanday sharoitda ham mas’uliyatni chuqur his etishimiz, birinchi galda o’zimizni oilamizning tinchligi-xotirjamligi kafolati ekanligini unutmasligimiz lozim. SHunday ekan, butun Respublikamiz bo’ylab o’tkazilayotgan “Yong’in xavfsizligi oyligi”da faol qatnashishingizni so’raymiz va oylikni namunali o’tkazishga chaqiramiz.

Beshariq tumani FVB


boshlig’i podpolkovnik: O.Yuldashev.
Download 6.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling