Oyoq venalarining varikoz kasalligi


Download 346.74 Kb.
bet1/32
Sana28.10.2023
Hajmi346.74 Kb.
#1730398
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash


Mavzu: Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash


OYOQ VENALARINING VARIKOZ KASALLIGI
Oyoq venalarining varikoz kasalligi (varicus venus cruris) deganda ular bo‘shlig‘ining qopsimon kengayishi teri osti venalari uzunligining oshishi va ilonsimon egri-bugri bo‘lib qolishi tushuniladi.
Oyoq venalarining varikoz kengayishi (VVK) aholining 17-37% da kuzatiladi. Shifoxonalarda u xirurgik bemorlarning umumiy sonini 2,0-3,3% ni tashkil etadi. Ayollar erkaklarga qaraganda 3 marta ko‘proq kasallanadi. V.S.Savelev va E.P.Dumpe (1970) aholining 15-20% vena kasalliklari bo‘yicha operativ davolashga muhtoj deb hisoblaydilar.
ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZI
Oyoq venalari varikoz kengayishining birlamchi va ikkilamchi turlari tafovut qilinadi. Agar birlamchi kasalilk klapan yetishmovchiligi va venalar tonusi pasayishidan rivojlansa va kasallikning eng ko‘p uchraydigan formasi hisoblansa, venalarning ikkilamchi varikoz kengayishi chuqur venalarning tug‘ma va orttirilgan zararlanishidan keyin kompensator rivojlanadi. Bunga (Klippel-Tranonne, Parks-Veber-Rubashov sindromlari, PTFS ning varikoz formasi) misol bo‘lishi mumkin.
Teri osti venalarining varikoz kengayishini rivojlanishini tushuntiruvchi bir necha nazariyalari mavjud.
Mexanik ortostatik nazariya tarafdorlari ushbu kasallikning rivojla-nishini venalar bosilishi yoki uzoq vaqt davomida tik turish oqibatida oyoqlarda qon oqimining qiyinlashuvi, venoz bosimining oshishi, tomir devorlari mushagining zaiflashuvi bilan bog‘laydilar va isbot tariqasida ba’zi bir kasbdagi kishilarda teri osti venalarining kengayishi (xirurglar, sotuvchilar, yuk tashuvchilar va b.) va qabziyat, yo‘talga mubtalo bo‘lgan bemorlarda, homilador ayollarda ko‘proq uchrashini statistik ma’lumotlar bilan asoslaydilar. Ammo bu nazariya ushbu bemorlarda bir xil sharoitda bo‘lishiga qaramasdan nega bir tomonlama zararlanish borligini tushuntirib bera olmaydi.

Download 346.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling