O’z. D. J. T. U sharq filologiyasi F. Xit. 20-05 guruh talabasi


Download 15.02 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi15.02 Kb.
#1179903
Bog'liq
Jahon adabiyoti ON Xayitboyev


O’z.D.J.T.U Sharq filologiyasi
F.Xit.20-05 guruh talabasi
Xayitboyev Shahboz
Jahon adabiyoti
Oraliq nazorati
Muhammad Yusuf
Tilak
Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qollariga aso — bir tayoq tushsin.
Iymoni sof, yuzga kirib yorug yuz,
Toylar korib yelkasidan tog tushsin.
Jismiga songgi safar oldidan
Oz bolasin qo`lidan tuproq tushsin…
O’zbekistondagi eng sodda, yosh xalq shoirlaridan biri bo’lgan Muhammad Yusuf she’rlaridan birini tahlil qilishga harakat qilaman.
So’zimning avvalida shuni aytishim joyizki ushbu shoir xalqimizning eng suyukli, eng soddadil va albatta xalqchan shoirdir.
She’rning nima maqsadda va qachon yozilganligi to’g’risada ma’lumotga egaemasman. Internet saytlaridan ma’lumotlar qidirib ko’rdim va ma’lumot topa olmadim.
Shuning uchun tahlilini o’z bilimlarimga tayangan holda olib boraman.
She’r Tortlik janiriga hos xususiyatlar bilan barmoq vaznida yozilgan.
Ushbu she’rning mavzusiga keladigan bo’lsak: Bir insonga emas balki butun bir xalq uchun tilanayotgan tilak, yaxshi niyat deb bilsak noto’g’ri bo’mas. Ya’ni she’r shoir tanlagan nom Tilak mavzusida bitilgan.
G’oyasi: g’oya deganda nima tushunililadi.
G’oya bu negiz, bildirayotgan yoki anglanayotgan ma’no va mazmundir.
Demak shoir ushbu she’rida bizga nima ma’noni bildiryapti: Har bir inson qarish baxtiga erishsin, ulug’ yoshga kirib farzandlarini rohat-farog’atini ko’rsin degan ma’nolarni ifodalab bermoqchi.
So’z isboti ila birinchi tortlikka yuzlansak;
Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qollariga aso — bir tayoq tushsin.
To’g’ri fikr yuritilmasa she’r mazmunan negative ya’ni yomon tilak ma’nosini chiqarilishi mumkin bunday fikr albatta uquvsiz, badiiyatni tushnmaslik orqali bildiriladi.Lekin shoir sodda qilib har bir inson yosh ketmasin qarilikni his qilib uzoq umr ko’rsin degan fikrni ilgari surmoqda.
O’z fikrimni izohlarda keltirib o’tganimday xulosalasam:
Shoirning fikrlari sodda, xalqchin, samimiy tilak ma’nosidagi bir she’r bitgan.
Yuqoridagi fikrlarga qo’shimcha sifatida she’rning ohirgi ikki misrasini misol qilib olsak:
Jismiga songgi safar oldidan
Oz bolasin qo`lidan tuproq tushsin…
Ushbu misralar men shunday fikr yurtdim:Har bir inson farzandli bo’sin, farzandlarini rohatini ko’rib farzand dog’ini kormasin yanikim yakka, soqqabosh bo’lmasin toy qisin o’zidan bir iz qoldirsin degan fikrlar ilgari surilgan.
Fikrlar ravon va tushunarli bo’lishiga harakat qildim.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Download 15.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling