Oz komplektlangan maktablarda Geografiya darslarini loyihalash usullarini oʻrganish. Reja
Download 14.46 Kb.
|
Oz komplektlangan maktablarda Geografiya darslarini loyihalash u-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid masalalarni oydinlshtirishda guruhlar blan ishlash uslubidagi
Oz komplektlangan maktablarda Geografiya darslarini loyihalash usullarini oʻrganish. Reja Oz komplektlangan maktablarda Geografiya darslarini loyihalash usullarini oʻrganish. Reja: Oz komplektlangan maktablarda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkillashtirish hususiyatlari, dars o‘tish tamoyillari va usullari. Tabiatshunoslikni o‘qitishning sinflar bo‘yicha tabaqalashtirilgan variantlari. Oz komplektlangan maktablarda mustaqil mashg‘ulotlarning o‘rni, turlari va ularni tashkil etish qoidalari. Har xil sinf o‘quvchilarni ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarda birlashtirish tamoillari (printsiplari) Oz komplektlangan maktablarda ekskursiyalar o‘tkazish tartibi va qoidalari. Darslarni integratsiyalash – oz komplektlangan maktablarning asosiy tamoyillaridan biri. Kuzatish va ijodiy daftarlarni yuritishning xususiyatlari. Mavzuga oid masalalarni oydinlshtirishda guruhlar blan ishlash uslubidagi“Charxpalak” usulini qo’llash, talabalarning muammolarga o’z fikrlari va bilimlariga suyanib fikrlarini asoslash, masalani guruhlarda muhokama qilish malakasi va boshqalar fikrini tinglay olish ko’nikmasini shakllantirishga yordam beradi. “Charxpalak” usulining qoidasi: bu usulda talabalar bir necha guruhlarga bo’linadilar. Guruhlarni nomlash yoki raqamlash mumkin. Har bir guruhga mavzuda ko’riladigan masalalar boyicha savol beriladi. Guruh savolni alohida qog’ozga, boshqa guruhlarnikidan farq qiluvchi rangli flomaster bilan yozadi. Shundan so’ng o’qituvchi savolga javob berish vaqtini talabalara ma’lum qiladi. Savolga javobyozish vaqti 1 minutdan oshmaydi. Maktab geografiya darslarida, dastur va darsliklarida joy nomlari salmoqli o'rinni egallaydi. Geografik xaritalarni esa joy nomlarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shuning uchun maktab geografiya darslarida toponimlarga alohida e'tibor berish kerak. Quyi sinflarda o'quvchilar 50-100 tagacha, yuqori sinflarda esa bir necha yuzlab nomlarga duch keladi. Bularni o'rganish uchun faqat nomini aytib o'tish bilan chegaralanib qolmaslik kerak. Ushbu geografik ob'yekt haqida o'quvchilarda tasavvur hosil bo'lishi uchun, nomning qisqacha izohi, kelib chiqish tarixi aytib o'tilsa, ayni muddao bo'lar edi. Bu narsa o'quvchilar qiziqishi, ob'yekt haqidagi bilimlarni "muhrlanib” qolishiga ko'mak beradi. Bundan tashqari, o'quvchilar qiziqishiga o'qituvchilar hozirjavob bo'lib turishlari shart. Shuning uchun o'qituvchilar tilga olinajak toponimlar haqida qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo'lishlari lozim. Toponimikaga oid ma'lumotlar geografiya fanini yanada qiziqroq qiladi, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlari yanada ortadi va bilimlarini mustahkamlaydi. Lekin shuni nazarda tutish kerakki geografiya darslari nuqul nomshunoslikdan iborat bo'lib qolmasligi kerak. H.Hasanov aytganlaridek "...toponimika juda qiziqarli ekan deb hamma darslarda joy nomlarini o'rganaverib, o'quvchilarning joniga tegmaslik kerak...”. Nomlarni o'rganishga darsning ma'lum qismigina ajratilsa bo'ladi, hamma nomlarni bilish shart emas. Bunda o'quvchilarning yosh xususiyatlari, dasturdagi va darslikdagi eng asosiy nomlarga e'tibor berilishi kerak. Geografik joy nomlarini maktabda o'rganishda o'quvchilarning nomlarni to'g'ri yozishlari va to'g'ri talaffuz qilishlariga erishish lozim. Chunki geografik nomlarni to'g'ri yozish o'quvchilar savodxonligining muhim qismi hisoblanadi, nomlarni to'g'ri talaffuz qilish orqali nutq madaniyati o'stiriladi. Joy nomlarini darsdan tashqari fakultativ mashg'ulotlar, geografik kechalar, o'yinlar, viktorinalar, krossvordlar, rebuslar, qiziqarli savol-javoblar tariqasida o'rganish mumkin. Bularga mislolar keltiramiz:
4) Osiyoning eng chekka shimoliy va sharqiy nuqtalari kimlarning nomlari bilan ataladi? (Javob: S. Chelyuskin va S. Dejnyov). 5) O'lik dengiz, O'lim (Ajal) vodiysi qayerda va nima uchun shunday atalgan? (Javob: O'lik dengiz quruqlikdagi eng chuqur botiq (-402 m), Isroilda joylashgan, eng sho'r dengiz, shuning uchun deyarli tirik organizmlar yashamaydi; O'lim (Ajal) vodiysi Shimoliy Amerikada, bu vodiy ham botiqda joylashgan (-86 m), oltin izlovchilarning bir guruhi qaytib kelishmagan, shuning uchun shu nom bilan ataladi). 6) Nima uchun Shimoliy va Janubiy Amerika oralig'idagi orollar Vest-Indiya deb ataladi? (Javob: Xristofor Kolumb Yevropadan Hindistonga boriladigan dengiz yo'lini ochish maqsadida adashib shu orolga kelib qolgan va bu yerlarni Hindiston deb o'ylab, "Vest Indiya”–G'arbiy Hindiston deb atagan.). 7) Ayting-chi, dunyo xaritasidagi eng xato nom qaysi? (Javob: Amerika; ushbu nom Amerigo Vespuchchi sharafiga qo'yilgan. Amerika qit'asini dastlab vatandoshimiz Beruniy tahmin qilib o'tgan. 1000 yilda hozirgi Skandinaviya yarim orolida yashagan shimolliklar–normannlar ("viking”lar–qirg'oq bo'ylab suzuvchilar) birinchi bo'lib, Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqi va Grenlandiyaga suzib borishgan. Lekin bu yangi yerlarni o'zlariga qaraganda kuchliroq xalqlar bosib olmasliklari uchun sir tutishgan. Keyinchalik Xristofor Kolumb 1492-yili Hindistonga boriladigan dengiz yo'lini kashf etish maqsadida adashib, hozirgi Markaziy Amerikaga borib qoladi va bu yerlarni Vest Indiya deb ataydi. Lekin bu yerlar Hindiston emas, tomomila yangi materik ekanligini bilmaydi. XVI asr boshlarida hozirgi Janubiy Amerikaning shimoliy qismiga bir necha bor sayohat qilib o'rgangan Amerigo Vespuchchi bu yerlar X. Kolumb aytganidek Hindiston emas, yangi materik ekanligini aytadi. 1507-yili nemis kartografi Valdzemyuller o'z xaritasiga "Amerigo yerlari” (ya'ni Amerigo Vespuchi o'rgangan yerlar) deb yozib qo'yadi, shu-shu butun qit'a nomi Amerika deb ataladigan bo'ldi. Bu qit'ani kashf etgan X. Kolumb deyilsa, unda qit'a nomi uning nomi bilan atalishi kerak edi, lekin Janubiy Amerikadagi bir davlat uning nomi bilan Kolumbiya deyilgan. Qolaversa, Amerigo Vespuchchi bu qit'ani kashf etmagan, faqat sayohat uyushtirib o'rgangan, hamda 32 betli xat yozgan). 8) "Uch ming orol mamlakati” qaysi? (Javob: Indoneziya; aslida orollari soni 13,5 mingga yetadi, shulardan 6 mingtasining nomi bor, 992 tasida odam yashaydi, xolos). 9) Bosh kiyim nomi bilan atalgan davlat qaysi? (Javob: Panama). 10) Yarim orollar nomi bilan ataladigan dengizlarni toping? (Javob: Arabiston dengizi, Chukotka dengizi). 11) Orol nomi bilan ataladigan dengizlarni ayting? (Javob: Grenlandiya dengizi, Fiji dengizi, Filippin dengizi, Tasmaniya dengizi, Ionika dengizi, Yava dengizi, Sulavesi dengizi, Yapon dengizi, Timor dengizi va h.k.). 12) Janubiy Amerikaning eng sovuq oroli nega Olovli Yer deb atalgan? (Javob: Fernan Magellan ekspedisiyasi 1520-yilda hozir uning nomi bilan ataladigan bo'g'ozdan suzib o'tayotgan paytda, shu orolda kechasi har yer-har yerda gulxan yoqib isinayotgan mahalliy aholini ko'rishgan. Shuning uchun orolni "Olivli Yer” deb atashgan). 13) Antarktida va Antarktika nomlarining farqi bormi? (Antarktida–janubiy qutb atrofida joylashgan yaxlit materik. "Arktika” so'zi shimol ma'nosini beradi, Antarktika–shimolga qarama-qarshi degan ma'noda. Antarktikaga Antarktida materigi, uning atrofidagi mayda orollar va dengizlar kiradi). 14) Jasur sayyohlar, dengizchilar, kashfiyotchilar nomi bilan atalgan qanday dengizlarni bilasiz? (Javob: Bering, Tasman, Filippin (aslida Filipp), Barens, Baffin, Bofort, Laptevlar, Bellinsgauzen, Lazerev, Uedell va h.k.). 15) Kishilarning ismi-familiyalari bilan bog'liq orollarni bilasizmi? (Javob: Frans-Iosif Yeri, Vrangel, Baffin Yeri, Tasmaniya, Kuk, Avliyo Yelena va h.k.). 16) Ufq (gorizont) tomonlarini ko'rsatuvchi toponimlarni bilasizmi? (Javob: Shimoliy va Janubiy orollar–Yangi Zelandiyada, Severnaya Zemlya–Shimoliy Muz okeanida, Shimoliy dengiz–Yevropada, Janubiy Xitoy, Sharqiy Xitoy dengizlari, Sharqiy Sibir dengizi–Shimoliy Muz okeanida, G'arbiy Sibir tekisligi va O'rta Sibir yassi tog'ligi–Rossiyada, Xokkaydo ("shimoliy orol”)–Yaponiyada, O'rta dengiz (O'rta Yer dengizi emas, bu noto'g'ri tarjima!)–qit'alar o'rtasidagi dengiz va h.k.) 17) Davlatlar nomi bilan atalgan dengizlarni bilasizmi? (Javob: Norvegiya dengizi, Yapon dengizi, Janubiy va Sharqiy Xitoy dengizlari, Arabiston dengizi). 18) Ko'l nomi bilan atalgan mamlakat qaysi? (Javob: Chad). 19) Daryo nomlari bilan atalgan mamlakatlarni ayting? (Javob: Niger, Senegal, Kongo, Gambiya, Paragvay, Urugvay). 20) Qaysi shaharlar kishi ismlari bilan bog'liq? (Javob: Vashington, Xoshimin, Brazzavil, Pretoriya, Yekaterinburg, Suxe-Bator, Xabarovsk, Yaroslavl, Navoiy, Beruniy va h.k.). 21) Qaysi yarim orol o'zining katta-kichigligidan "so'zlaydi”? (Javob: Yamal yarim oroli, Rossiyada, "YA-mal” ya'ni to'g'ridan to'g'ri tarjima qilinganda "men kichkinaman” degan ma'noni beradi). 22) Qaysi orol o'zining "sport kiyimi” ekanligidan "so'zlaydi”? (Javob: Yamayka, tarjima qilib ko'ring: YA-mayka). 23) O'simliklar bilan bog'liq nomlarni bilasizmi? (Javob: Qarag'anda–"qarag'an” tikanli buta, Bukovina–buk daraxti, G'arbiy Yevropadagi Shvarsvald–"qora o'rmon”, Drakon (Ajdaho) tog'lari–drakon (ajdaho), o'simlik, Florida–"ko'klamzor” va h.k.). 24) Qaysi nomlar foydali qazilmalar bilan bog'liq? (Javob: Argentina–"argentum”, "kumush” degani, And tog'lari–"mis”, Marmara dengizi, Qirg'izistondagi Toshko'mir va Moylisuv, Qozog'istonda Jezqazg'an, Turkmanistondagi Nebitdog' (neft koni) va h.k.). 25) Xalq, urug'-qabilalar nomlari bilan bog'liq qanday joylarni bilasiz? (Javob: Appalachi, Eri, Guron, Ayova, Karib dengizi, Shvesiya, Daniya, Ispaniya, O'zbekiston, Qozog'iston, Baliqchi, Mang'it, Sergeli, Chimboy, Qurama va h.k.). 26) Quyidagi geografik nomlarning qaysilari noto'g'ri: Amu–Amur, Neva–Niva, Nepal–Neapol, Gana–Tana, Gvineya–Gviana–Gayana, Riga–Risa, Elbrus–Elburs–Erebus, Shvesiya–Shveysariya, Avstriya–Avstraliya, Eyr–Eri. (Javob: Bu yerda noto'g'ri yozilgan joy nomlari yo'q, hamma nomlar boshqa-boshqa ob'yektlarning nomlaridir). 27) Suomi, Esterreyh, Ingland, Deu'tchland, Bharat, Nippon, Choson, Mag'rib kabi joylar qayerda? (Suomi–Finlyandiya, Osterreyeyh–Avstriya, Ingland–Angliya, Deutchland–Germaniya, Bharat–Hindiston, Nippon–Yaponiya, Choson–Koreya, Mag'rib–Marokash, ular o'z mamlakatlarini shunday atashadi). 28) Nomi boru, o'zi yo'q joylarni bilasizmi? (Javob: Ko'hi Qof, Sannikov Yeri, Atlantida va boshqalar). 29) Amaldor shaxslar nomiga qo'yilgan joylarni bilasizmi? (Javob: Luiziana, Korolina–AQShdagi shtatlar, Viktoriya, Albert, Eduard–Afrikadagi ko'llar nomlari qirol va qirolichalar nomiga, Seyshel orollari–XVIII asr fransuz moliya vaziri Seyshel sharafiga, Sidney–Angliya vaziri, Melburn–Angliya bosh vaziri, Adelaida–Angliya qiroli rafiqasi, Vellington–Angliya davlat arbobi, Afrikadagi Oranjevaya daryosi gersog Oranskiy nomiga qo'yilgan). 30) Dunyodagi qaysi cho'qqilar mashhur shaxslar nomiga qo'yilgan? (Javob: Everest (Jomolungma)–dunyodagi eng baland cho'qqi, ingliz geodezisti polkovnik J.Everest nomiga qo'yilgan; Mak-Kinli cho'qqisi–Shimoliy Amerikaning eng baland cho'qqisi (6194 m), AQSH prezidenti Mak-Kinli sharafiga qo'yilgan; Ismoil Somoniy cho'qqisi (Pomirda, 7495 m)–Somoniylar davlatining asoschisi nomiga shunday atalgan). 31) Gavana shahri nomidan qaysi davlat nomini keltirib chiqarsa bo'ladi? (Javob: Gavana nomidan uchinchi va to'rtinchi harflar olib tashlansa Afrikadagi Gana davlati nomi paydo bo’ladi). Yuqoridagi savol-javoblardan tashqari shaharlarning nomlarini o'rganish uchun "shaharlar zanjiri” o'yinini o'tkazish mumkin. Bu o'yin muayyan sinfga yoki ma'lum bir hududdagi (davlatdagi) shaharlarga va nihoyat, dunyo shaharlariga bag'ishlangan bo'lishi mumkin. Bu o'yinni o'tkazish tartibi quyidagicha: birinchi partada o'tirgan o'quvchi bir shahar nomini aytadi, ikkinchi o'quvchi birinchi o'quvchi aytgan shaharning oxirgi harfidan boshlanadigan shahar nomini aytadi, so'ngra uchinchi o'quvchi ... va hokazo shu tartibda davom etadi. Masalan: Toshkent–Tbilisi–Irkutsk–Kishinyov–Vilnyus–Santyago–Oslo–Ottava–Andijon... . Bundan tashqari, geografik nomlarga bag'ishlab maxsus geografik kechalar, viktorinalar uyushtirish mumkin. Krossvordlar, rebuslar tayyorlab maktab yoki sinf devoriy gazetalarida e'lon qilinishi ham mumkin. Umuman olganda, maktab geografiya darslarida va darsdan tashqari joy nomlarini o'rganishning turli usullaridan foydalanish mumkin. Asosiy maqsad, geografiya fanini puxta o'zlashtirish va fanga bo'lgan qiziqishni yanada orttirishdir. http://fayllar.org Download 14.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling