O‘z-o‘zidan uyg‘otishili generatorlarning ishlash prinsipini tushuntirish uchun 11. 1-rasmdagi soddalashtirilgan sxemani ko‘rib chiqamiz


Download 105.7 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi105.7 Kb.
#1172313
Bog'liq
Презентация1


O‘z-o‘zidan uyg‘otishili generatorlarning ishlash prinsipini tushuntirish uchun 11.1-rasmdagi soddalashtirilgan sxemani ko‘rib chiqamiz. Bu sxema oddiy kuchaytirgich sxemasidan asosan musbat teskari bog‘lanishi bilan farq qilishini ko‘rish qiyin emas. Bu bog‘lanish koeffitsientining qiymati kritik qiymatidan kattaligi bilan xarakterlidir. Bu yerda tebranish konturi anod zanjiriga ulangan, teskari bog‘lanish signali esa Lt g‘altakdan to‘rga o‘tadi.
11.1- rasm. Avtogeneratoring soddalashtirilgan sxemasi
Ta’minlash manbaini 11. 1-rasmda ko‘rsatilganidek parallel ulash ham mumkin. Bu yerda anod tokining o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tashkil etuvchilari bo‘linadi va tebranish konturining elementlari yuqori kuchlanish ta’sirida bo‘lmaydi.
Avtogenerator uyg‘otilishi uchun Lc g‘altakni to‘g‘ri, ya’ni ma’lum tartibda ulash zarurligi yuqorida eslab o‘tilgan edi (11.1-rasmga qarang). Anodda kuchlanish kamaygan paytda to‘rda kuchlanish ortsa, Lt g‘altak to‘g‘ri ulangan deb tushuniladi. Bu shart fazalar balansi sharti deb yuritiladi. Bu shartga rioya qilinganda anod tokining pulsatsiyasi konturdagi tebranishlar taktiga mos keladi va energiya isrofi vaqtning kerakli paytlarida to‘ldiriladi. 11.2-rasmda keltirilgan sxemalarda bu shart teskari bog‘lanish elementining to‘r qismlariga—lampaning katodga to‘g‘ri qutblilikda ulanishi orqali amalga oshiriladi.
Download 105.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling