Oʻz-oʻzini senzuralash holatlari ham mavjud. Senzura
Sudya va advokatlarga jurnalistikaning ahamiyati, ish uslubi va asosiy tamoyillarini o‘rgatish taklif qilindi
Download 161.61 Kb.
|
axborot
- Bu sahifa navigatsiya:
- О`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QONUN CHIQARISH HOKIMIYATINING AMALGA OSHIRILISHI VA KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI.
- Tayanch iboralar
Sudya va advokatlarga jurnalistikaning ahamiyati, ish uslubi va asosiy tamoyillarini o‘rgatish taklif qilindi
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari Xushnudbek Xudoyberdiyev ham konferensiyada so‘z olib, jurnalistlar faoliyatida yuzaga keladigan nizolar va ularning yechimlari haqida gapirdi. «O‘zbekistonda 2016 yildan keyin so‘z erkinligi tomon qanday qadamlar tashlangani hech kimga sir emas. Shaxsan biz buni o‘z tanamizda his qilib turibmiz, ko‘ryapmiz», dedi u. Xushnudbek Xudoyberdiyev konferensiyada jurnalistlarning huquqini himoya qilishni jurnalistni ayblaydigan insonlarga jurnalistikani tushuntirishdan boshlash to‘g‘ri bo‘lishi taklifini berib, sudyalar va advokatlarni soha bo‘yicha o‘qitish fikrini ilgari surdi. «Agar jurnalist biror muammoga duch keladigan bo‘lsa, uning masalasini ko‘radigan sudya qay darajada bu sohani yaxshi tushunadi? Jurnalistni himoya qilmoqchi bo‘layotgan advokat buni qay darajada yaxshi tushunadi? Bo‘shliqni yechish uchun taklif qilardimki, biz seminar, treninglarda faqat jurnalist va blogerlarni asosiy planga chiqarmasdan, balki tanganing narigi tomonidagilarni ham o‘qitsak, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ya'ni mana shunday keyslarda adolatli, sohani tushungan holda qonuniy qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirib olishimiz kerak», – dedi u. О`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QONUN CHIQARISH HOKIMIYATINING AMALGA OSHIRILISHI VA KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI. Reja: 1. Qonun chiqaruvchi hokimiyat tushunchasi. 2. О`zbekiston Respublikasida saylov huquqi va saylov tizimi. 3. Oliy Majlis – О`zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi Oliy hokimiyat organi. 4. О`zbekistonda parlament islohoti. Tayanch iboralar: Qonun chiqaruvchi hokimiyat, saylov, saylov huquqi, saylov tizimi referendum, Oliy Majlis, Oliy Majlis qо`mitalari, Qonunchilik palatasi, Senati. Qonun chiqaruvchi hokimiyat tushunchasi. О`zbekiston mustaqil taraqqiyot mobaynida umuminsoniy qadriyatlar va boy milliy an`analar bilan yо`g`rilgan о`ziga hos rivojlanish yо`lini aniqlab oldi. Shu asosda siyosiy-huquqiy amaliyotda jahon parlamentarizmining boy tajribasidan unumli foydalanilib, respublika Konstitutsiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bо`linishi prinsiplariga mos davlat organlari tizimini shakllantiriladi. Insoniyat taraqqiyot tafakkurining mahsuli hisoblangan hamda jamiyatning umummilliy vakillik muassasasi sifatida dunyoga kelgan parlament uzoq yillar davomida tarixga ega va uning ildizlari ingliz parlamenti va ispan korteslariga borib taqaladi. Parlament sо`zining lug`aviy ma`nosi fransuz tilidan olingan bо`lib, "gapirmoq" ma`nosini anglatadi. Parlamentarizm katta taraqqiyot bosqichini bosib о`tdi va uning chinakam tarihi burjua inqiloblari davridan boshlanadi. Endilikda aksariyat mamlakatlarning parlament institutiga ega ekanligini ta`kidlab о`tmoq joiz. Hozir yer kurrasidagi 200ga yaqin davlatning qariyb 177 tasida oliy qonun chiqaruvchi vakillik organi — parlamentlar bor. Konstitutsiyaning 10-moddasida, “davlat hokimiyatining birdan-bir manbai — xalq nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishligi qayd etilgan. Oliy Majlis О`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy qonun chiqaruvchi vakillik organidir. Oliy Majlis bevosita xalq tomonidan saylanadigan va qonun chiqarish faoliyatini amalga oshiradigan birdan-bir umummilliy vakillik organi hisoblanadi. "О`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tо`g`risida"gi 1994 yil 22- sentyabrdagi Konstitutsiyaviy qonun О`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasi mazmunini yanada rivojlantirib, Oliy Majlis о`z vakolatiga berilgan har qanday masalani о`z muhokamasiga qabul qilish huquqiga ega ekanligini qayd etadi. О`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida aytilganidek, davlat hokimiyatining tizimi — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bо`linish prinsipiga asoslanadi. Unga kо`ra, davlat funksiyalari qonun chiqaruvchi organ — Oliy Majlis, davlat va ijroiya hokimiyati rahbari — О`zbekiston Respublikasining Prezidenti va sud hokimiyati о`rtasida taqsimlanadi. О`zbekiston Oliy Majlisi esa davlatning boshqa idoralari bilan hamkorlik qilish bilan birga, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oliy Majlisning qonun chiqarish faoliyati о`z ahamiyatiga kо`ra u amalga oshiradigan boshqa vakolatlar orasida ustuvor hisoblanadi. Konstitutsiyaning 7b-moddasida Oliy Majlisning boshqa biron vazifasi kо`rsatilmagan. Lekin shuni ta`kidlash joizki, Oliy Majlisga uning Konstitutsiyaviy maqomi doirasida shunday vakolatlar berilganki, ulardan kelib chiqib, parlament ba`zi bir nazorat funksiyalarini ham bajara oladi. Download 161.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling