Ozarbayjon etnik guruhlari
Download 36.5 Kb.
|
Ozarbayjon etnik guruhlari
Ozarbayjon etnik guruhlari Mamlakat rezidentlarining katta qismini ozarbayjonlar tashkil qilib, lezginlar etnik ozchilikni tashkil qiladi1. Ozarbayjon Respublikasi Yevropaning janubi-sharqida va Osiyoning janubi-g’arbida joylashgan bo’lib Janubiy Kavkaz sifatida tanilgan. Ozarbayjon Armeniya, Rossiya, Eron, Gruziya va Kasbiy dengizi bilan chegaradosh. Aholisi 9 mlndan ortiq bo’lib, 52% i shaharlarda va qolgan 48 % i qishloq joylarda istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismi ozarbayjonlar, lezginlar etnik ozchilikni tashkil etadi. Mamlakatda boshqa etnos vakillari ham istiqomat qilishadi. Ozarbayjonlar Ozarbayjonlar, ozarbayjon turklari sifatida ham tanilgan, mustaqil Eron Respublikasi va Eron Ozarbayjonida paydo bo’lgan etnik guruh hisoblanadi. Ozarbayjonlar Anatolian turklaridan so’ng turkey tilde so’zlashuvchilar orasida ikkinchi kata etnik guruhdir. Ozarbayjonlar shuningdek “azeri” nomi bilan atalishadi, Ozarbayjonlar asosan shiya musulmonlari hisoblandi. Ular aralash madaniy merosga ega bo’lib, bu o’z ichiga rasmiy shevasi ozarbayjoncha bo’lgan eron, turk va kavkaz tillari elementlarini oladi. Ozarbayjonlar mamlakatdagi eng yirik etnik guruh hisoblanib, jami aholining 92 % ini tashkil qiladi. Lezginlar mamlakatda 2-o’rindagi katta etnik guruhdir. Ular asosan shimoliy-sharqiy Ozarbayjonda va janubiy Dog’istonda yashaydilar hamda asosiy tili lezgin tilidir. Hozirgi kunda bu til shimoli-sharqiy Kavkaz shevasi bilan uyg’unlashib ketgan. Lezginlar har ikkala lingvistik va madaniy jihatdan Agullar bilan bog’langan. Ular asosan sunniy musulmonlari bo’lib, shiyalar kam sonlikni tashkil etadi. Lezginlar o’larining folk raqs va kuylari bilan tanilgan bo’lib, Ozarbayjonlarning 2 % aholisini tashkil etadi. Ruslar.
Ruslar Ozarbayjonga birinchi marotaba XIX asrning birinchi yarmida Turmenchay kelishuvi tuzilgandan so’ng mamlaktda istiqomat qilish uchun kelishgan. XIX asrning ikkinchi yarmida esa, ortodiks ruslari Kavkazning janubiy hududida ruxsatsiz joylashishni boshlashdi. Lekin Ozarbayjon harbiylari bosimi ostida ko’plab ruslar Kavkaz shimoliga siljishga majbur bo’lishdi. Rus tili Ozarbayjon ruslari uchun asosiy sheva hisoblanadi va ular asosan Ortodoks xristianlaridir. Ozarbayjonda ruslar 1% ni tashkil qiladi. Armanlar. Sovet Ozarbayjoni davrida armanlar mamlakatda ko’pchilikni tashkil etishgan. Arman-ozarbayjon mojarosi tufayli ko’p sonli armanlar tashlab chiqib ketishga majbur bo’lishdi. Qolgan kam sonlilari esa Tog’li Qorabog’da istiqomat qilib kelmoqda. Ozarbayjondagi ko’pchilik armanlar yo ozarbayjonga yoki nasl nasabi ozarbayjon bo’lganga turmushga chiqishadi. Mamlakatdagi armanlar ozarbayjonlar hujumi yoki davom etayotgan Qorabog’ mojarosi xavfi ostida. Armanlar Ozarbayjon aholisining 1% ni tashkil etadi. Tolishlar (talishlar). Tolishlar Ozarbayjonning janubi-sharqida va Eronning shimolida yashovchi mahalliy xalq. Ular tolish shevasida so’zlashishadi. Ular aslida Kasbiy dengizining janubi-g’arbidan kelib otroqlashgan. Tolishalar antropologik jihatdan Eron indo-yevropa odamlariga aloqadorligi aytiladi. Ular Ozarbayjon aholisining 1% ni tashkil etadi. Tog’li Qorabog’ jangi va Sovet Ittifoqining qulashi mamlakatda etnik guruhlar soniga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Mamlakatda ozarbayjonliklar va yuqorida aytib o’tilgan etnik guruhlardan boshqa avarlar, yahudiylar, gruzinlar ham istiqomat qilishadi. Ular jami aholining 2% ni tashkil etadi. 2 Ozarbayjon aholisining ko’pchiligi turk va shiya musulmonlaridan tashkil topgan. 1918-1920-yillarda qisqa muddatga va rus Imperiyasi qulagandan so’ng esa butunlay mustaqillika erishdi. Ozarbayjon hali hamon Armeniya bilan tog’li Qorabog’ masalasida tinchlikka erishgani yo’q. Tog’li Qorabog’ 1923-yilda, ya’ni Ozarbayjon va Armeniya o’rtasida hudud belgilashda tortishuv yuzaga kelgan vaqtda, Moskva tomonidan Ozarbayjon Sovet Respublikasi hududida joylashgan arman xalqli region sifatida tan olingan. Ikki davlat bu tortishuvni 1988-yilda yana qaytadan alangalatishdi. Bu alanga har ikkala davlat 1991-yilda mustaqillikka erishgandan so’ng yanada avj oldi. 1994-yilda o’t ochish to’xtatilgan bir vaqtda etnik arman xarbiylari nafaqat Tog’li QOrabog’ni balki uni o’rab turuvchi 7 ta provinsiyani ham qo’lgan kiritishgan edi. AQSH, Fransiya va Rossiya tomonidan boshqariladigan “Yevropada tinchlik va koperatsiyani tashkil etish” Minsk Guruhi mojaroni tinch yo’l bilan hal qilish bo’yicha loyiha ishlab chiqishdi. Lekin hanuzgacha bu tortishuv bo’yicha tinchlikka erishilgani yo’q.3 Mamlakatda korrupsiya keng tarqalgan. 2009-yilgi referendumda president vakolatlari bo’yicha cheklovlarni olib tashlagan va 2016-yilda prezidentlik davrini 5 yildan 7 yilgacha uzytirgan hukumat avtoritarizmda ayblandi. Neft va gaz ishlab chiqarish daromadlari tufayli mamlakatda qashshoqlk darjasi kamaygan va investitsiya infrasturkturasi yaxshilangan bo’lishiga qaramasdan ko’plab davlat institutlaridagi, asosan, ta’lim va sog’liqni saqalsh sektorlarida va sud tizimidagi kamchiliklar talab doirasida qayta tiklangani yo’q. 1 www.worldatlas.com 2 www.worldatlas.com 3 www.cia.gov Download 36.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling