Ozaro birikish usullari
Download 16.11 Kb.
|
Matndan boshqaruv, moslashuv, bitishuv ga oid birikmalarni
MATNDAN BOSHQARUV, MOSLASHUV, BITISHUV GA OID BIRIKMALARNI SO‘Z BIRIKMASIDA SO'ZLARNING OZARO BIRIKISH USULLARI So‘z birikmasida so‘zlarning o ‘zaro 3 xil birikuv usullari bor: moslashuv; boshqaruv; bitishuv. Tobe so‘zning hokim so‘zga qaratqich kelishigi yordamida, hokim so‘zning esa tobe so‘zga egalik qo‘shimchasi orqali birikuvi moslashuv deyiladi: sizning ukangiz, xonaningyorug‘i. Ba’zan egalik yoki qaratqich kelishigi shakli belgisiz qo ‘llanilishi mumkin: yoz yom g'iri (yozning yom g'iri), c h o ‘l havosi, qor jilvasi; bizning uy, sizning о ‘g'il. Moslashuvda asosan otli birikmalar hosil bo‘ladi. Tobe so‘z hokim so‘zga tushum, jo ‘nalish, o ‘rin-payt, chiqish kelishiklari yoki ko'm akchilar bilan birikuvi boshqaruv deyiladi. Boshqaruvda otli va fe’lli birikmalar hosil bo ‘ladi: olma termoq, gul uzmoq, yoshlarga g 'a m x o ‘rlik, uydan chiqmoq, g ‘alaba uchun kurashmoq, maktab tomon ketmoq. Kelishikli va ko'm akchili boshqaruv farqlanadi. Kelishikli boshqaruvda tobe so‘z hokim so'zga tushum va o ‘rin kelishiklari vositasida birikadi: d o ‘stini uchratmoq, bog ‘dan chiqmoq, chelakka solmoq, qarmoqda tutish. Ko‘makchili boshqaruvda tobe so‘z hokim so‘zga ko‘makchilar vositasida birikadi: tinchlik uchun kurash, qarmoq bilan tutish, aybiga yarasha jazolanm oq, uy sari yurmoq. Tobe so‘z va hokim so‘z hech qanday vositalarsiz faqat tartib va ohang yordamida birikuv usuli bitishuv deyiladi: tez yurmoq, keng ko'cha, kelgan odam, chiroyli gapirmoq, mehribon enaga. Ravishlar tobe so‘z vazifasida kelganda bitishuv usli bilan hokim so‘zga birikadi, ulaming tarkibidagi egalik va kelishik qo‘shimchalari yaxlitlanib qoladi: Tezda qaytmoq, qo ‘qqisdan burilmoq, chindan (yolg‘ondan) gapirmoq, uzunasiga kesmoq, zimdan kuzatmoq. So'z birikmalarining tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab turlari mavjud. Sodda s o 'z b ir ik m a la r i - ikkita mustaqil so‘zdan iborat so‘zlarning birikuvidir. Quyida berilgan holatlar sodda so‘z birikmalari hisoblanadi. — M eh n atig a 1 yarasha" o lm o q 1, ham m aga1 qara gan da 0 chiroyli1 (bu yerda so'zlar soni uchta bo‘lsa ham mustaqil m a’no anglatuvchi so‘zlarning soni ikkita). — Q o ‘Ii ochiq' yigit1, tarvuzi q o ‘ltig‘idan tushgan 1 od am 1, qulog‘iga quyib' uqtirm oq1 Bu birikmalar ham sodda so‘z birikmalari bo ‘lib hisoblanadi, chunki bu yerda turg‘un birikma qatnashgan. Turg'un birikma xuddi so‘zlar kabi bitta so‘roqqa javob bo'ladi va bitta lug'aviy birlik hisoblanadi. — G ‘arbiy Yevropadu1 yasham oq7, Wazirlar Mahkamasida.1 k o 'rilm o q 7, kich ik ko rxonada1 ishlam oq7, 0 ‘rta C hirchiqda1 yasham oq7, besh qavatlV bino' — bir qismi qo'shm a so'z shaklida kelganligi sababli bular ham sodda so'z birikmalaridir. — Kitobni o'qib chiqmoq, m ehm onlarni1 ta k lif qilmoq'1 — birikm aning bir qismi qo 'sh m a yoki ko'm akchi fe’lli so'z qo'shilmasi bo'lganligi sababli bular ham sodda so'z birmasidir. — S h o d a -sh o d a 1 d u r-u g av h arlar1, u y u m -u y u m 1 arpa- bug'doylar1 — bir qismi juft so'zli birikmalar ham sodda so'z birikmalari bo'lib hisoblanadi. M u ra k ka b so 'z b irikm alarida — tobe so'z o'ziga qarashli bo'laklar bilan kengayib keladi va gapda so'z birikmalari zanjirini hosil qiladi. So'z birikmasidagi hokim so'z boshqa bir so'zga tobelangan, bir hokim so'z bir necha tobe so'zlarga aloqador bo'lganda yoki bitta tobe so'z bir necha hokim so'zlarga aloqador bo'lganda so'z birikmalari zanjiri hosil qilinadi. Ular bitta so'roqqa javob bo'ladi. Bunday birikmalar tarkibida mustaqil so'zlar soni uch yoki undan ortiq bo'ladi va ular o'zaro tobelanadi. Download 16.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling