O'zaro bog'liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik


Download 9.55 Kb.
Sana27.02.2023
Hajmi9.55 Kb.
#1235356
Bog'liq
Maqola bo\'yicha


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Samarqand sammiti arafasida "O'zaro bog'liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik" sarlavhali maqolasining e'lon qilinishi davlatimiz rahbari fikrlarida xalqaro hamjamiyat diqqat markazida turgan ushbu anjumanning ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham siyosiy-mafkuraviy jihatdan qanchalik ahamiyatli ekanligiga alohida urg'u berilgan.
E'tibor qilinishi kerak bo'lgan muhim holat bu sammitga mezbonlik qiluvchi davlat rahbarining anjuman oldidan ana shunday maqola bilan chiqishi kamdan-kam uchraydigan holatdir. Qolaversa, Prezidentimizning maqoladi bildirilgan fikr-mulohazalari va tashabbuslari mamlakatimizning ushbu anjumanga qanchalik e'tiborli va undan kutilayotgan natijalarga jiddiy munosabatda ekanligining yaqqol ifodasidir.
Sammitning o'tkazilish manzili biz uchun quvonarlidir. Prezidentimiz o'zining maqolasida "Samarqand ruhi" iborasini ishlatib, azaldan tinchlik, totuvlik va hamkorlik maskanlaridan hisoblangan Samarqand bugun xalqaro ahamiyatga ega ushbu anjumanga mezbonlik qilar ekan, hech shubhasiz, an'anaga mos holda ushbu sammitda ham mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy tusdagi muammolar echimiga doir gumanistik va demokratik g'oyalar bilan boyitilgan taklif va xulosalar asosida kelishuvlarga erishishga ishonch bildirib o'tgan.
Sammitning ahamiyati haqida to'xtalar ekan, Prezidentimiz o'z maqolasida shu narsaga alohda e'tibor qaratdiki, dunyoning bugungi global manzarasida davlatlar o'rtasida hamkorlik, do'stona muloqat va o'zaro kelishuv insoniyat istiqbolini belgilab beruvchi va hal qiluvchi omildir. O'zbekistonning ShHTga a'zoligi esa ushbu tashkilotning hech bir harbiy yoki siyosiy maqsadlardan, u yoki bu harbiy bloklar tuzilishidan holi bo'lgan, aksincha xalqaro miqyosda barqaror taraqqiyot yo'lida o'zaro do'stona munosabat, tenglik asosidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlashga yo’naltirilganligi bilan belgilanadi. Butun dunyo taraqqiyparvar kuchlari, O'zbekiston xalqi qatorida SamDAQI jamoasi ham sammit ishiga muvoffaqiyatlar tilaydi.
Download 9.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling