O‘zbe A. Avloniy nomidag


Download 5.01 Kb.

bet1/28
Sana23.02.2018
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28

O‘zbe
A.Avloniy nomidag
m
Mas
Umumiy o‘
o‘qituvchilarining
fanlari “Mehna
bekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaz
 
 
agi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayy
malakasini oshirish markaziy institut
 
asofadan o‘qitishni rivojlantirish mark
 
 
 
 
 
 
 
o‘rta ta’lim maktablari mehnat ta
ng masofadan malaka oshirish ku
nat ta’limi va uni o‘qitish metodik
o‘quv qo‘llanma 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2016 
 
azirligi
 
yyorlash va ularning 
uti 
rkazi 
ta’limi fani 
kursi mutaxassislik 
dikasi” blokidan 

 
 
Tuzuvchilar: 
 
A. Ibragimov 

O‘zPFITI katta ilmiy xodim-izlanuvchisi 
 
Z. Pardayev  

Samarqand  viloyati  XTXQTMOI  “Amaliy  fanlar  va 
maktabdan tashqari ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi 
 
 
 
Taqrizchilar: 
 
 
M. Xalimov 

Samarqand  viloyati  XTXQTMOI  “Amaliy  fanlar  va 
maktabdan tashqari ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi 
 
O. Eshniyozov 

Samarqand  davlat  universiteti  kasbiy  ta’lim  fakulteti  dekani, 
f.m.f.n., dotsent 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Mundarija 
 
Kirish…………………………………………………………………………  3 
1-MODUL.  Davlat  ta’lim  standartlari  va  DTS  talablari  asosida  mehnat 
ta’limi fanini o‘qitish………………………………………………………... 
 

1.1-mavzu.  Umumta’lim  maktablarida  mehnat  ta’limi  islohotining  dolzarb 
masalalari (UO‘TM Nizomi asosida)……………………………………….. 
 

1.2-mavzu.  Mehnat  ta’limi  o‘qituvchisining  kasbiy  mahoratini  oshirishga 
qo‘yiladigan davlat va kasbiy talablar………………………………………. 
 
17 
1.3-mavzu.  Mehnat  ta’limi  mashg‘ulotlarining  o‘quv  metodik  ta’minoti 
(Konsepsiya asosida)………………………………………………………… 
 
25 
1.4-mavzu.  1-9  sinflarda  mehnat  ta’limi  fanining  DTS  va  o‘quv  dasturlari, 
mazmuni, tuzilishi va qiyosiy tahlili…………………………………………. 
 
32 
2-MODUL. Mehnat ta’limi fanini o‘qitish nazariyasi…………………….  50 
2.1-mavzu. Mehnat va kasb-hunar ta’limining uzviyligi va uzluksizligi….. 
52 
2.2-mavzu.  Sharq  mutafakkirlari  yoshlarning  mehnat  ta’limi  va  tarbiyasi 
to‘g‘risida…………………………………………………………… 
 
56 
2.3-mavzu. O‘quvchilarning o‘quv, mehnat faoliyatini tashkil etishda maktab, 
oila,  jamoatchilik  va  korxonalar  hamkorligi  bo‘yicha  trening  mashg‘uloti 
o‘tkazish………………………………………………………… 
 
 
63 
2.4-mavzu.  Mehnat  va  kasbga  yo‘naltirish  ta’limi  o‘qituvchisini  tayyorlash, 
qayta tayyorlash, kasbiy malakasini oshirish va attestasiyadan o‘tkazish.. 
 
70 
3-MODUL. Mehnat ta’limi fanini o‘qitish metodikasi……………………  82 
3.1-mavzu.  Materialshunoslik  asoslari  mashg‘ulotlarida  materiallarning 
turlari, xossalari va xususiyatlarini o‘rganish metodikasi…………………. 
 
84 
3.2-mavzu.  Gazlamalarga  ishlov  berish  turlari  va  buyumlar  tayyorlash 
texnologiyasini o‘rgatish metodikasi………………………………………… 
 
90 
3.3-mavzu.  Mehnat  ta’limida  qishloq  xo‘jalik  sohalarini  o‘rgatishning 
xususiyatlari metodikasi……………………………………………………… 
 
95 
3.4-mavzu. Ishlab chiqarish asoslari mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi.. 
104 
3.5-mavzu. 
Mehnat 
ta’limidan 
o‘quvchilar 
ijodiy 
ko‘rgazmalarini, 
tanlovlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi………………………….. 
 
113 
3.6-mavzu.  Uy-ro‘zg‘or  madaniyati,  mehnati  mazmuni  va  uslublarini 
o‘rgatish metodikasi………………………………………………………….. 
 
121 
4-MODUL. Mehnat ta’limi fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish.  132 
4.1-mavzu.  Xalq  hunarmandchiligi  turlarini  o‘rgatish  usullari  (yog‘och 
o‘ymakorligi, ganchkorlik va boshqalar to‘g‘risida)………………………… 
 
134 
4.2-mavzu.  Mintaqaviy  xalq  hunarmandchiligi  turlarini  (pichoqchilik, 
misgarlik va boshqalarni) o‘rgatish usullari………………………………… 
 
141 
4.3-mavzu.  O‘quvchilarni  kasblarga  yo‘naltirish  mashg‘ulotlarini  tashkil 
etish…………………………………………………………………………… 
 
150 
4.4-mavzu. Mehnat ta’limi mashg‘ulotlarida xavfsizlik qoidalarini o‘rgatish..  157 
5- MODUL. Mehnat ta’limi fanini o‘qitishda pedagogik texnologiyalar...  166 
5.1-mavzu.  Mehnat  ta’limi  jarayonida  zamonaviy  ta’lim  texnologiyalarini 
qo‘llash. YaPT va metodika to‘g‘risida tushunchalar………………………. 
 
170 


 
5.2-mavzu.  Yog‘ochlarga  ishlov  berish  texnologiyasi  bo‘yicha  trening 
mashg‘uloti o‘tkazish.......................................................................................... 
 
181 
5.3-mavzu.  Badiiy  mehnat  ta’limida  turli  materiallar  bilan  ishlash  bo‘yicha 
interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazish........................................................................ 
 
189 
5.4-mavzu. Pazandachilikda taomlar tayyorlash bo‘yicha trening mashg‘uloti 
o‘tkazish.............................................................................................................. 
 
200 
5.5-mavzu.  Metallarga  ishlov  berish  usullari  yuzasidan  trening  mashg‘uloti 
o‘tkazish……………………………………………………………………… 
 
209 
6-MODUL. Mehnat ta’limi fanini o‘qitishda axborot texnologiyalari……  225 
6.1-mavzu.  Axborot  texnologiyalari  (AT)  haqida  tushunchalar.  AT  larning 
axborot, texnologik va dasturiy ta’minoti. An’anaviy va AT lardan foydalanib 
o‘qitishning qiyosiy tahlili………………………………………………….. 
 
 
228 
6.2-mavzu.  Mehnat  ta’limi  darslarida  Microsoft  Offise  Word,  Power  Point, 
Excel  dasturlaridan  foydalanish.  Mehnat  ta’limida  elektron  uslubiy 
majmualar yaratish, suratlar, chizmalar tayyorlash………………………… 
 
 
237 
6.3-mavzu.  Mehnat  ta’limida  multimediya  texnologiyalari,  uning  asosiy 
vositalari, tushunchalari, animasiyalari, AKT yordamida multimediali o‘quv, 
namoyish dasturlaridan foydalanish………………………………………… 
 
 
247 
6.4-mavzu. Mehnat ta’limida internet texnologiyalaridan foydalanish. Zaruriy 
axborotlarni,  ma’lumotlarni  Internet  tarmog‘idan  izlash,  topish  va  ulardan 
foydalanish yo‘llari………………………………………………………….. 
 
 
251 
6.5-mavzu.  Masofadan  o‘qitish  texnologiyalari.  Ularning  texnik,  uslubiy  va 
dasturiy  ta’minoti,  masofadan  o‘qitish  dasturlaridan  foydalanish  qoidalari, 
uslublari............................................................................................................... 
 
 
260 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar, elektron ta’lim ashyolari va didaktik vositalar.. 274 
 
 
 
 
 


 
Kirish 
 
Hozirgi 
kunda 
Respublikamizda 
umumiy 
o‘rta 
ta’lim 
maktablari 
o‘qituvchilarining  malakasini  oshirish  tizimi  joriy  etilgan.  Malaka  oshirish 
an’anaviy  shaklda  ishdan  ajralgan  holda  va  ishdan  ajralmagan  holda  masofaviy 
malaka oshirish shaklida amalga oshiriladi. Mazkur malaka oshirish kurslari o‘quv 
jarayoni 144 soatlik o‘quv rejasi asosida 3 ta (ijtimoiy, umumkasbiy, mutaxassislik 
fanlari) blokda tashkil etiladi. 
O‘quv  qo‘llanma  mutaxassislik  fanlari  ya’ni  “Mehnat  ta’limi  fani 
nazariyasi  va  uni  o‘qitish  metodikasi”  bloki  doirasida  tayyorlangan  bo‘lib 
umumta’lim  maktablari  mehnat  ta’limi  fani  o‘qituvchilarining  malakasini 
masofaviy oshirish kurslarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. 
Mazkur  qo‘llanma  xalq  ta’limi  xodimlari  malakasini  oshirish  tartibini 
belgilovchi  O‘zbekiston  Respublikasi  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonuni,  Davlat  ta’lim 
standartlari  va  normativlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 
2006  yil  16  fevraldagi  25-sonli  “Pedagog  kadrlarni  qayta  tayyorlash  va  ularning 
malakasini  oshirish  tizimini  yanada  takomillashtirish  to‘g‘risida”gi,  2014  yil  15 
avgustdagi  “Xalq  ta’limi  xodimlarini  qayta  tayyorlash  va  ularning  malakasini 
oshirish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  234-sonli 
qarorlarida  belgilangan  vazifalar  hamda  mehnat  ta’limi  fani  o‘qituvchilarining 
malakasini masofaviy oshirishga qo‘yilgan davlat talablari asosida ishlab chiqildi. 
Mazkur blok o‘quv rejasi 82 soatdan iborat bo‘lib, 44 soati mehnat ta’limi fani 
nazariyasi  va  o‘qitish  metodikasi,  18  soati  mehnat  ta’limi  fanini  o‘qitishda 
pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish,  12  soati  mehnat  ta’limi  fanini  o‘qitishda 
axborot  texnologiyalaridan  foydalanish  modullaridan  iborat.  Tinglovchilar  o‘quv 
jarayonida  tegishli  bo‘limlarda  didaktik  materiallar  to‘plami  bilan  ishlaydilar  va 
tarmoq  orqali  tashkil  etiladigan  forumlarda  ishtirok  etadilar.  Blokning  har  bir 
bo‘limida  topshiriqlar  va  testlar  bo‘lib,  ular  orqali  tinglovchilar  mazkur  bo‘limga 
taalluqli bilim, ko‘nikma va malakalarni qay darajada o‘zlashtirganini aniqlab oladi 
va bir vaqtning o‘zida kompyuter va AKT vositalaridan foydalanish tajribasiga ega 
bo‘ladi. 
 
 


 
1-MODUL. Davlat ta’lim standartlari va DTS talablari asosida mehnat 
ta’limi fanini o‘qitish. 
 
Kirish. 
Bu  modulda  malaka  oshirishga  jalb  qilingan  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktabi 
mehnat  ta’limi  fani  o‘qituvchisining  malaka  oshirishiga  qo‘yilgan  Davlat  talablari 
mazmuni  va  o‘qituvchilarni  malakasini  oshirish  bilan  bog‘liq  muammolari  hamda 
umumiy  o‘rta  ta’limda  mehnat  ta’limidan  dastlabki  DT  va  o‘quv  dasturlarining 
tuzilishi  va  tarkibi,  so‘ngra  ularni  takomillashtirilishi,  modernizasiya  qilinishi  va 
nihoyat ularning uzviylashtirilishi to‘g‘risida, shuningdek, mehnat ta’limi sohasidagi 
olib borilgan va olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida bilim va ma’lumotlar beriladi. 
Moduldan maqsad. Mehnat ta’limi fani o‘qituvchilarining malaka oshirishiga 
quyilgan  Davlat  talablari,  muammolari,  mehnat  ta’limi  islohotining  dolzarb 
masalalari,  o‘qituvchining kasbiy  mahoratiga  qo‘yiladigan  DT  lari,  kasbiy  talablar, 
shuningdek,  mehnat  ta’limi  sohasidagi  olib  borilgan  va  borilayotgan  ishlar  haqida 
ma’lumotlar berish. 
Modul quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi. 
1.1-mavzu.
 
Umumta’lim  maktablarida  mehnat  ta’limi  islohotining  dolzarb 
masalalari (UO‘TM Nizomi asosida) 
1.2-mavzu.  Mehnat  ta’limi  o‘qituvchisining  kasbiy  mahoratini  oshirishga 
qo‘yiladigan davlat va kasbiy talablar. 
1.3-mavzu.  Mehnat  ta’limi  mashg‘ulotlarining  o‘quv  metodik  ta’minoti 
(Konsepsiya asosida). 
1.4-mavzu.  1-9  sinflarda  mehnat  ta’limi  fanining  DTS  va  o‘quv  dasturlari, 
mazmuni, tuzilishi va qiyosiy tahlili. 
 
 
Kutilayotgan 
natijalar 
 
Mehnat ta’limi fanini o‘qitishning o‘quv-me’yoriy va nazariy 
asoslari modulidan kutilayotgan natijalar 
 
Ushbu modul yakunida siz: 
mehnat ta’limi o‘qituvchilari malakasini oshirishiga qo‘yilgan Davlat talablari 
va malakasini oshirishdagi muammolar; 
mehnat  ta’limidan  umumiy  o‘rta  ta’limning  optimallashtirilgan  va 
uzviylashtirilgan DT va o‘quv dasturi; 
mehnat  ta’limi  islohotining  dolzarb  masalalari,  o‘qituvchining  kasbiy 
mahoratiga qo‘yiladigan DT lari, kasbiy talablar; 
1-9  sinflarda  mehnat  ta’limi  fanining  DTS  va  o‘quv  dasturlari,  mazmuni, 
tuzilishi va qiyosiy tahlili haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz. 
 


 
 
Terminlar 
Mehnat ta’limi fanini o‘qitishning o‘quv-me’yoriy va nazariy 
asoslari modulida foydalaniladigan murakkab so‘zlar va 
ularga ta’riflar ( glossariy ) 
 
Ko‘nikma  –  topshiriqning  u  yoki  bu  turini  bajarish  malakasining 
avtomatlashuvi. 
Malaka  –  ma’lum  mehnat  faoliyatida tayyorgarlik darajasi.  Kasbiy  mehnatga 
o‘qitish vaqti hamda mazkur sohadagi ish staji bilan baholanadi. 
Metodologiya  –  ilmiy  metod  haqidagi,  xususan  ayrim  fanlarning  metodlari 
haqidagi ta’limot. 
Mehnat  ta’limi    o‘quvchi-yoshlarga  umum  mehnat  jarayonlari,  kishilari, 
buyumlari,  (operasiyalari,  obyektlari)  vositalari  to‘g‘risida  avlodlar  tomonidan 
to‘plangan tajribalar to‘g‘risida tushuncha va tasavvurlar, ma’lumotlar, axborotlarni 
o‘zlashtirishdir. 
Mehnat  tarbiyasi    shaxsda  mehnatsevarlik  xislat  va  fazilatlarining 
shakllantirilishi va rivojlantirilishi. 
Mehnat  tayyorgarligi    o‘quvchi-yoshlarning  umum  mehnat  faoliyatida, 
jarayonida faol ishtirok etishiga tayyorgarligi. 
Nomutaxassislar  –  pedagogik  oliy  ma’lumotga  ega,  ammo,  tegishli  fan 
bo‘yicha mutaxassis bo‘lmagan kadrlar. 
Nopedagoglar  –  pedagogik  ma’lumotga  ega  bo‘lmagan,  ammo,  pedagogik 
tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ma’lumotli kadrlar. 
Davlat  talablari  –  pedagog  kadrlarni  qayta  tayyorlash  va  malakasini 
oshirishda zarur bo‘ladigan BKM lar, tushuncha va tasavvurlar, mazmuni, miqdori. 
Tayanch ma’lumot oliy (o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich) – ma’lum ta’lim 
bosqichini  tugallagach,  bitiruvchida  mavjud  bo‘ladigan  tegishli  BKMlar  hajmini 
(kasbiy  tayyorgarlik  darajasini  ko‘rsatuvchi)  ta’lim  bosqichini  bitirgandan, 
egallangandan keyingi daraja. 
Konsepsiya – yetakchi g‘oyalar majmuasi. 
 
 


 
1.1-mavzu. Umumta’lim maktablarida mehnat ta’limi islohotining dolzarb 
masalalari (UO‘TM Nizomi asosida). 
 
Bu mavzuda O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy 
va  ishlab  chiqarish  hamda  xo‘jalik  yuritish  tizimidagi  islohotlarning  inson 
mehnatining maqsadi va mazmunining o‘zgarishiga olib kelishi, yoshlarning mehnat 
tarbiyasi,  ta’limi  va  tayyorgarligiga  qo‘yilgan  zamonaviy  talablar,  «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi  Qonun,  «Kadrlar  tayyorlash  Milliy  Dasturi»,  Umumiy  o‘rta  ta’lim 
to‘g‘risida Nizom hamda mehnat ta’limi fanidan mashg‘ulotlarni tashkil etishga doir 
ma’lumotlar beriladi. 
Mavzu yakunida siz umumta’lim maktablarida mehnat ta’limining mazmuni, 
dolzarb  masalalari,  mehnat  ta’limi  va  tarbiyasiga  qo‘yiladigan  zamonaviy  talablar, 
umumiy  o‘rta  ta’lim  to‘g‘risidagi  Nizom,  mashg‘ulotlarni  samarali  tashkil  etishga 
doir ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. 
 
 
Mavzuni o‘qib chiqishdan oldin quyidagi savol haqida o‘ylab 
ko‘ring. 
Umumta’lim maktablarida mehnat ta’limining dolzarb masalalari 
haqida tasavvurga egamisiz? 
Quyidagi  “Umumta’lim  maktablarida  mehnat  ta’limi 
islohotining  dolzarb  masalalari  (UO‘TM  nizomi  asosida)” 
mavzusini o‘qib o‘rganib chiqing. 
 
Umumta’lim maktablarida mehnat ta’limi islohotining dolzarb masalalari 
(UO‘TM nizomi asosida). 
O‘qish  muddati  9  yil  bo‘lgan  umumiy  o‘rta  talim 
(maktabning  I-IX  sinflari)  majburiy  hisoblanadi.  U 
boshlang‘ich ta’limni (I-IV sinflar) qamrab oladi, hamda 
uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi hisoblanadi. 
Umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalarida  Kadrlar 
tayyorlash  Milliy  dasturiga  muvofiq  ta’limning  ushbu 
turi  maqsadlari  va  vazifalarini  amalga  oshirish  uchun 
zarur  tashkiliy  psixologik-pedagogik,  uslubiy,  moddiy-
texnikaviy 
va 
sanitariya-maishiy 
shart-sharoitlar 
yaratiladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (maktab) yuridik shaxs hisoblanadi va qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi. 
Umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  1998  yil  5-yanvardagi  5-son  qaroriga,  mazkur  Nizomga  muvofiq 
ishlab  chiqiladi,  umumiy  o‘rta  ta’limni  boshqarish  vakolatiga  ega  bo‘lgan  ijro 
etuvchi hokimiyat mahalliy organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 
Davlat  ta’lim  standartlariga  muvofiq  o‘quvchilarni  o‘qitish  va  tarbiyalash 
hamda shaxsning ta’lim olish huquqini ro‘yobga chiqarish umumiy o‘rta ta’limning 


 
maqsadi hisoblanadi. 
Umumiy  o‘rta  ta’lim  bilimlar  zarur  hajmiga  asos  soladi,  o‘quvchilarda 
tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki 
kasb yo‘nalishini va ta’limning keyingi bosqichini tanlashga ko‘maklashadi. 
Umumiy o‘rta ta’limning vazifalari: o‘quvchilar tomonidan muntazam bilimlar 
olinishini ta’minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy o‘quv ilmiy 
va  umummadaniy  bilimlarni  shakllantirish;  o‘quvchilarda  mehnat  ko‘nikmalarini, 
ijodiy  mustaqil  fikrlashni,  kasb  tanlashga  va  atrof-olamga  ongli  munosabatni  hosil 
qilish;  milliy  hamda  umumbashariy  qadriyatlarni  uzviy  birlashtirish  asosida 
o‘quvchilarda  yuksak  ma’naviy-axloqiy  fazilatlarni  tarbiyalash,  o‘z  Vataniga  va 
xalqiga  sodiq  fuqaroni  shakllantirish;  ta’limning  uzluksizligini  va  izchilligini, 
maktab  o‘quv  dasturlarining  akademik  liseylar  va  kasb-hunar  kollejlaridagi  o‘quv 
dasturlari bilan uzviy o‘zaro bog‘lanishini ta’minlash. 
Umumiy o‘rta ta’lim quyidagi bosqichlardan iborat: 
boshlang‘ich  ta’lim  (I-IV  sinflar),  umumiy  o‘rta  ta’lim  (I-IX  sinflar). 
Boshlang‘ich ta’lim o‘qish, yozish, sanashni ta’minlashga da’vat etilgan. 
Boshlang‘ich  maktabda  o‘quv-tarbiyaviy  faoliyatni  bolalarning  qobiliyatiga 
bog‘liq ravishda tabaqalashtirish davlat ta’lim standarti doirasidagi o‘qitish jarayoni 
mazmuni  va  usullarining  xilma-xilligi,  o‘quv  jarayonlarini  bolalalar  individual 
imkoniyatlariga  moslashtirish,  tenglashtirish,  sinflar  va  guruhlar  tashkil  etish 
hisobiga erishiladi. 
Boshlang‘ich  maktab  o‘quv  fanlari  mazmuni  maktablarning  turli  xillariga  va 
o‘qitish shart-sharoitlariga nisbatan moslashuvchan bo‘ladi.  
Umumiy  o‘rta  ta’lim  muntazam  bilimlar  olinishini,  keng  dunyoqarash  hamda 
ijodiy  mustaqil  fikrlash  shakllantirilishini,  o‘quvchi  shaxsi  qaror  topishini,  uning 
qiziqishlari  va  ijtimoiy  o‘zini-o‘zi  aniqlab  olish  qobiliyatlari  rivojlantirilishini 
ta’minlaydi. 
Umumiy  o‘rta  ta’lim  mazmuni  majburiy  va  qo‘shimcha  komponentlardan 
iborat  bo‘ladi.  Majburiy  komponent  davlat  ta’lim  standarti  bilan  belgilanadi  va 
o‘quvchilarni  tayyorlashning  o‘rta  maxsus  va  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida 
bilimlar  asoslarini  yanada  puxta  o‘rganish  va  kasb  egallash  uchun  yetarli  bo‘lgan 
zarur darajasini belgilaydi. 
Qo‘shimcha  komponent  o‘quvchilarining  ehtiyojlari  va  qobiliyatlaridan, 
maktabning  moddiy-texnika  va  kadrlar  bilan  ta’minlanganligidan  kelib  chiqib 
belgilanadi.  Qo‘shimcha  o‘quv  yuklamalari  hajmi  O‘zbekiston  Respublikasi  xalq 
ta’limi  vazirligining  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  bilan  kelishilgan  me’yorlariga 
muvofiq belgilanadi. 
O‘quv  fanlari  va  umumiy  ta’lim  dasturlari  ro‘yxati  umumiy  o‘rta  ta’limning 
davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi. 
Maktabning  o‘quv  tarbiyaviy  ishi  O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi 
vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  bazaviy  o‘quv  rejasi  va  umumiy  o‘rta  ta’lim 
dasturlari  asosida  amalga  oshiriladi.  Ular:  davlat  ta’lim  standarti  doirasida 
o‘qitiladigan  fanlar  bo‘yicha  zamonaviy  bilimlir  olinishi  va  o‘zlashtirilishi: 
integrasiya qilingan o‘quv kurslari ishlab chiqilishi va joriy etilishini; davlat tili va 
chet tillarni, gumanitar-ijtimoiy va estetik turkumdagi fanlarni o‘rganishning roli va 


 
ahamiyatini kuchaytirishni; o‘quvchilarning iqtisodiy, huquqiy, ekologik, sanitariya-
gigiyena 
ma’lumotini 
takomillashtirishni; 
yangi 
axborot 
va 
pedagogik 
texnologiyalar  yaratilishini  va  ulardan  foydalanishni;  o‘quvchilarni  kasbga 
yo‘llashni va ularni kasb-hunar o‘rgangungacha tayyorlashni nazarda tutadi. 
Bolalarni  umumta’lim  maktabiga  qabul  qilish  tibbiy-psixologiya-pedagogika 
komissiyasining  tavsiyanomalari  bo‘yicha  6-7  yoshdan  amalga  oshiriladi. 
Maktablarda  har  yili  mutaxassislar  jalb  qilingan  holda  o‘quvchilarni  tibbiy 
ko‘rikdan o‘tkazish ta’minlanadi. 
Jismoniy va psixologik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni 
o‘qitish maxsus (yordamchi) maktablarda, shuningdek, “sanatoriy-internat” turidagi 
maktablarda amalga oshiriladi. 
Umumiy  o‘rta  ta’lim  kunduzgi  o‘qish  shaklida  amalga  oshiriladi.  Darsninig 
o‘quv  choragi  va  o‘quv  yilining  davom  etish  muddati  kunlar  va  haftalar  bo‘yicha 
darslar jadvali, o‘quvchilarning sinflarda o‘quv yuklamasi va sinfdan tashqari ishlar 
amalga  oshiriladi.  Ular  uchun  maxsus  (shu  jumladan,  mualliflik)  o‘quv  dasturlari 
ishlab  chiqilishi  hamda  ularga  qo‘shimcha  ilmiy-uslubiy  adabiyotlar  beriladi. 
Iqtidorli va iste’dodli bolalar ta’lim dasturlarini o‘zlashtirilishning yakka tartibdagi 
jadvaliga ega bo‘lishi mumkin. 
Bolalarning  qobiliyatlari  va  iste’dodlarini  rivojlantirish  uchun  fanlarni  chuqur 
o‘rganish  yo‘nalishlari  bo‘yicha  ixtisoslashtirilgan  sinf  hamda  maktablar  tashkil 
etilishi mumkin. Shuningdek bu modul yana bir qancha qismlardan iborat.  
Tegishli  ma’lumotga,  kasb-kor  tayyorgarligiga  hamda  yuksak  axloqiy 
fazilatlarga  ega  bo‘lgan  shaxslar  pedagogik  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  huquqiga 
egadirlar.  Sud  hukmi  bilan  pedagogik  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  ta’qiqlangan 
shaxslar  bu  ishga  qo‘yilmaydi.  Vakolatli  organlar  tomonidan  pedagog  kadrlarni 
tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish,  kasb-kor  sifatini 
raqobatbardoshli darajada saqlab turish ta’minlanadi. 
Pedagoglar  tarkibi  o‘qitish  yo‘nalishlari  (tabiiy-matematika,  gumanitar, 
ijtimoiy va boshqa fanlar) bo‘yicha uslubiy seksiyalarga birlashadilar. 
Umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalari  o‘qituvchilarining  o‘quv-pedagogik 
yuklamasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Maktab  ma’muriyati  o‘qituvchilar,  murabbiylarning  obro‘-e’tiborini  va 
ijtimoiy  maqomini,  ularning  mas’uliyati  va  kasb  mahoratini  oshirish  bo‘yicha  aniq 
yo‘nalishli  ishlarni  amalga  oshiradi.  Ilg‘or  pedagogik  va  axborot texnologiyalarini, 
yangi  (shu  jumladan,  mualliflik)  o‘quv  dasturlari,  darsliklar,  didaktik  materiallarni 
joriy etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi. 
Pedagoglar  va  o‘quvchilarning  munosabatlari  hamkorlik,  demokratiya,  o‘zaro 
hurmat,  shaxsning  o‘z  qadr-qimmatini  bilishini  e’tirof  etish  pedagogikasi  asosida 
quriladi. 
Maktab o‘quvchilari va ota-onalarga psixologik-pedagogik maslahatlar berish, 
ularda  bundan  buyongi  ta’lim  va  kasbga  yo‘nalishni  anglagan  holda  tanlashini 
shakllantirish  maqsadida  shahar  va  tuman  xalq  ta’limi  bo‘limlari  huzurida 
o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari tashkil 
etiladi.  Markazlarning  faoliyati  O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. 
 


 
Markaz  maktab  pedagogika  kengashi  bilan  birgalikda  attestasiya  yakunlariga 
ko‘ra  9-sinflarning  bitiruvchilariga  o‘qishni  akademik  litseyda  yoki  kasb-hunar 
kollejida davom ettirish to‘g‘risida asosli tavsiyanomalar beradi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Xalq 
ta’limi 
vazirligi, 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi,  xalq  ta’limi  viloyat  boshqarmalari,  shahar  va 
tuman  bo‘limlari  umumiy  o‘rta  ta’limni  boshqarishning  vakolatli  organlari 
hisoblanadilar;  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi,  xalq  ta’limi 
viloyat  boshqarmalari,  shahar  va  tuman  bo‘limlari  ikki  tomonlama  O‘zbekiston 
Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligiga  va  tegishli  ravishda  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyat,  shahar  va  tuman  hokimliklari  tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Umumiy  o‘rta  ta’lim  qatnashchilarining  lavozim  huquqlari  va  majburiyatlari, 
ularning boshqaruv vakolatlari va funksiyalari O‘zbekiston Respublikasining qonun 
hujjatlari, tegishli me’yoriy hujjatlar, ta’lim muassasasi Ustavi bilan belgilanadi. 
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va 
maktab  Ustaviga  muvofiq  ish  olib  boruvchi  vasiylar,  ijro  etuvchi  hokimiyat 
mahalliy  organlari,  ishbilarmon  doiralar,  jamoat  tashkilotlari,  jamg‘armalarning 
vakillari  va  homiylarni  o‘z  ichiga  oluvchi  jamoatchilik  boshqaruvi  organlari 
(vasiylik kengashlari) tuzishi mumkin. 
Maktabda  pedagogik  kengashi  pedagog  xodimlar,  ota-onalar,  vasiylar, 
homiylarni  birlashtiruvchi  hamda  o‘quv-tarbiya  jarayoni  tashkil  etilishi  va  uni 
takomillashuviga ko‘maklashuvchi kollegial organ hisoblanadi. Pedagogik kengashi 
vazifasi maktab Ustavi bilan belgilanadi. 
Mulkchilik  shakllaridan  va  bo‘ysunishidan  qat’iy  nazar,  umumiy  o‘rta  ta’lim 
muasasalarini  attestasiyadan  o‘tkazish  va  akkreditasiya  qilish  Davlat  test  markazi 
huzuridagi  Kadrlar  tayyorlash  sifatini  nazorat  qilish,  pedagog  kadrlar  va  ta’lim 
muassasalari attestasiyasi boshqarmasi tomonidan o‘tkaziladi. 


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling