O'zbek adabiy tili meyorlari
Download 89.29 Kb.
|
O\'zbek meyorlari prezentatsiya2 ( Raximova Sh)
O'zbek adabiy tili meyorlari Taqdimot Adabiy til – muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlash-tirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. "Qayta ishlangan" tu-shunchasi nisbiy (tarixan turli davrlar-da, turli xalqlarda Adabiy til oʻzgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqqa ham Adabiy til turli davrda turlicha boʻlgan (mas, qadimgi tur-kiy adabiy til, hozirgi oʻzbek adabiy tili). Ba’zi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini oʻtagan. Mac, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; ba’zi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqa Adabiy til boʻlgan.Adabiy til ning ikki – ogʻzaki ham yozma koʻrinishi mavjud. Adabiy til ning ikki – ogʻzaki ham yozma koʻrinishi mavjud. Har qanday Adabiy til xalq ogʻzaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashti-radi va barcha sheva vakillari uchun tushu-narli shakl oladi. Rivojlangan Adabiy til siz boy madaniyatga ega xalq boʻlishi mumkin emas. Shu ma’noda Adabiy til jamiyatning dol-zarb muammolaridan hisoblanadi. Adabiy til deganda ba’zan uni turli koʻrinishlari bilan qorishtirib yuboradilar. Shu ma’noda Adabiy til jamiyatning dol-zarb muammolaridan hisoblanadi. Adabiy til deganda ba’zan uni turli koʻrinishlari bilan qorishtirib yuboradilar. Xususan, yozma Adabiy til va ogʻzaki Adabiy til hamda badiiy adabiyot tili bilan Adabiy til ni ayni bir deb boʻlmaydi.Adabiy til oʻz mezonlarini egallagan shu tilda soʻzlashuvchilar barchasi uchun bir-dekabr U ham yozma, ham ogʻzaki shakllarda amalda qoʻllanadi. Badiiy asar (yozuvchi) tili ham Adabiy til me’yorlariga boʻysunsada, 181koʻplab xususiylik hamda umum e’tirof etmagan jihatlarni oʻzida mujassam-lashtiradi. Turli xalqlarda hamma dav-rlarda ham Adabiy til bilan badiiy asar tili bir taxlitda boʻlmagan. O’zbek xalq adabiy tilining rivojida Boburning she’riyati va birinchi o`zbekcha nasriy asar “Boburnoma”ning yozilishi, XVIII-XIX asr o`zbek demokratik adabiyotining yirik vakillari Turdi Farog`iy, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Maxmur kabi shoirlarning ijodi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Xalq manfaatini himoya qilgan bu shoirlar, albatta, xalqning ahvolini, turmushi, dard va orzularini yaxshi bilganlar hamda o`z ijodlarida xalq ruhiga mos keluvchi, uning kechinmalarini ifodalovchi, xullas, unga yaqin, xalqona so`z va iboralarni ko`plab qo`llab, adabiy tilni boyitishga, uni xalqqa yaqinlashtirishga xizmat qilganlar. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O`rta Osiyo chor Rossiyasiga qo`shib olinishi bilan o`lkadagi ijtimoiy-siyosiy tuzum, umuman, turmush o`zgarib ketdi va o`zbeklar hayotiga ruslar hayoti va iqtisodiyotiga oid ko`plab yangi buyum, jihoz, iste`mol mollari kirib keldi, rasmiy idoralar ish yuritish tartibi o`zgardi, dunyoviy ilmlarni o`qitish dargohlari ochildi. Bularning hammasi o`zbek tilida ko`plab yangi so`zlar va iborlarning ham paydo bo`lishiga olib keldi. O`sha davr shoirlari va tarjimonlari ijodida manashu jarayon yaqqol o`z ifodasini topgan. Masalan, Furqatning “Vistavka xususinda”, “Gimnaziya”, “Royal xususinda” kabi masnaviylari, Muqimiyning “Hajvi Viktor boy”, “Veksil”, “Moskovchi boy ta’rifida”, “Ta’rifi pech”, Zavqiyning zamon o`zgarishlarini aks ettiruvchi turkum she’rlarida qo`llangan telegraf, telpon, pech, dabernas (доверенность), bo`lus (волость), kontur, chas (часть), samovar, suruk (срок), do`g`ma (дума), davay, kalish, gazetxona, fonus, purjina, uyoz, shapka, piyon, zovut, kupes so`zlari haqiqatan fikrimizning isbotidir. Til ijtimoiy ongning ko`rinishlaridan biri, jamiyat a’zolari orasida kommunikatsiyaning eng muhim omili bo`lgani uchun uning rivojlanishi ham o`z navbatida yana shu ijtimoiy hayot bilan, bu hayot egalarining aqliy, ilmiy, madaniy saviyalari, shu hayot asosidagi iqtisodiyotning ham rivoji bilan uzviy bog`liq. Shu jihatdan olganda Oktabr inqilobiy to`ntarishidan keyingi sovet tuzumi davrida sobiq SSSR tarkibida XX asrning 90-yillarigacha bo`lgan O`zbekistonda hayotning tubdan o`zgargani, hokimiyatning mehnatkash qo`liga o`tgani hamda xalqni savodli, ilmli, sog`lom bo`lishi, erkaklar va xotin-qizlarning teng huquqli bo`lishlariga ko`p ahamiyat qaratildi. Shu bilan birga, xalqning diniy e’tiqodlari, o`ziga xos milliy udumlariga, tiliga, aksincha, e’tibor kamaydi; chunki bu zamonda tabiat va jamiyat qonunlari materialistik falsafaga suyanib ish ko`rar edi. SSSRdagi barcha respublikalar, jumladan, O`zbekistonda ham “qardoshlik va birodarlik tili” bo`lgan rus tilining ta’siri kuchli edi. Eng avvalo, rus kirill grafikasi asosidagi alfavitga o`tildi, undan keyingi yillarda esa sanoat, qishloq xo`jaligi, tibbiyot, madaniyat va san’at, ilm-fanning tez sur’atlardagi taraqqiyoti bilan bog`liq holda rus tilidan bevosita va bilvosita Yevropa tillaridan ko`plab so`zlar, affikslar hamda qisqartmalar o`zlashtirila boshlandi. Ruscha va internatsional so`zlar hisobiga bu davrda o`zbek tili beqiyos darajada boyidi.1 Hatto rus tili O`zbekistonda aholining ikkinchi tiliga aylandi, bilingvizm yuzaga keldi. Bu o`zbek tilining tashqi omil hisobiga boyishi edi. Ichki omillar hisobiga tilimizning o`zgarib, boyib boorish jarayoni esa susayib ketdi. Ayniqsa, milliy turmush tarziga xos so`zlar, iboralar, murojaat so`zlari, qo`shimchalar qo`llanishdan chiqib bordi. Masalan: rag`at (muhit), imlama mehmondorchilik, iskart (o`lchov, me’yor, chegara), avsat (to`n) – o`rtahol (to`n), arrapusht (umurtqa suyagi), imoratsoz, sandiqzada, porom, po`kach, kursi, bozorchi, kosib, chilangar, qandolatpaz, g`oyibona, nuridiyda, toqati toq, doli guliga kelibdi kabi. Download 89.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling