Nisbat shakllarining yasalishi. Yasalish xususiyatiga ko‘ra sodda va mustasnosiz shakl birgalik nisbat shaklidir. U qat’iy ravishda unli bilan tugagan o‘zak-negizlarga -sh, undosh bilan tugagan o‘zak-negizlarga -ish qo‘shimchasini yasash bilan hosil bo‘ladi: o‘qishmoq, to‘qishmoq, boqishmoq, gapirishmoq, tunashmoq, turishmoq va boshqalar.
Majhul nisbat va o‘zlik nisbat. Ushbu nisbat qo‘shimchalari bir xil
shaklga ega ekanligi hammaga ma’lum. Majhul nisbat qo‘shimchasi ko‘pincha –-l, -il, o‘zlik nisbat qo‘shimchasi esa -n, -in bilan ifodalanadi. Lekin -l, -il, -n, -in oppozitiv shakllarga o‘zbek tilida sanoqli fe’llargina ega:
O‘zlik nisbat
|
Majhul nisbat
|
Yuvindi
Ko‘rindi
Yechindi
Kiyindi
Bezandi
Surindi
Tarandi
Yasandi
Maqtandi
Yopindi
Artindi
Bo‘yandi
|
Yuvildi
Ko‘rildi
Yechildi
Kiyildi
Bezaldi
Surildi
Taraldi
Yasaldi
Maqtaldi
Yopildi
Artildi
Bo‘yaldi
|
Ba’zi holatlarda o‘zlik nisbat shakli ham, majhul nisbat shakli ham -n,
-in qo‘shimchasi bilan yasaladi. Chunonchi,
1.Botir yovga arslondek tashlandi.
2.Yog‘och- taxtalar aravaga tashlandi.
1-holatda o‘zlik ma’nosi, 2-holatda esa majhullik ma’nosi voqelangan.
Orttirma nisbat. Bu nisbat shaklining unumli qo‘shimchalari –t, -it; -tir, -dir sanaladi va bunda atigi bitta qat’iy qonuniyat mavjud: -t, -it qo‘shimchasi unli bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shiladi (o‘qit, uxlat, qurit, so‘rat, ishlat, cho‘qit, jo‘nat…), –tir, -dir qo‘shimchasi ko‘pgina hollarda bir bo‘g‘inli tub fe’llarga qo‘shiladi (yedir, yozdir, keltir, suzdir, chizdir, oldir, choptir, kuldir…). Lekin bu qat’iy qoida emas. Chunki juda ko‘p bir bo‘g‘inli so‘zlarning orttirma nisbat shakli
-r, -ir: uchmoq-uchir, bitmoq-bitir, pishmoq-pishir, qochmoq-qochir;
-az, -iz: emmoq-emiz, tommoq-tomiz, oqmoq-oqiz;
-sat: ko‘rsat; (atigi bitta)
-giz, –kiz, –qiz, –g‘iz, –gaz, –kaz, –qaz, –g‘az:yurgizmoq, ketkizmoq, yutqizmoq, yurg‘izmoq, ko‘rgazmoq, bitkazmoq, yutqazmoq, turg‘azmoq;
-gar, –kar, –qar, –g‘ar: boshqarmoq, bitkarmoq, o‘ng‘armoq kabi qo‘shimchalar bilan ham hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |