O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


Download 0.78 Mb.
bet87/118
Sana09.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1469389
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118
Bog'liq
ишланилаётган

Men yozdim. Biz yozdik.


Shaxs va son ma`nosini ifodalash imkoniyatiga ega birliklar o‘zbek tilida bir qanchadir: shaxs olmoshlari, ayrim mayl ko‘rsatkichlari, kesimlik shakllari. Shaxs-son kategoriyasi shakllari quyidagicha ziddiyatlar tizimini hosil qiladi: shaxs ma`nosini ifodalashga ko‘ra kategoriya shakllari uch guruhga birlashib, o‘zaro ekvipolent ziddiyatga kirishadi:
-man, -miz, -m, -k,  I shaxsni ifodalaydi.
-san, -siz, -ng, -ngiz,  II shaxsni ifodalaydi.
O – III shaxsni ifodalaydi.
Son ifodalashda ham ekvipolent ziddiyat yuzaga keladi. Ammo bu ziddiyatga shakllar ikki guruhga bo‘linib kirishadi:
-man, -san, -, -m, -ng – birlik ifodalaydi. [O] birlik ham, ko‘plik ham ifodalovchi shakl sifatida faqat birlik ifodalovchilar bilan birlik ifodalash, faqat ko‘plik ifodalovchilar bilan ko‘plik ifodalash belgisiga ko‘ra qisman privativ ziddiyat hosil qiladi. Bunda  har ikki ziddiyatning ham kuchsiz a`zosi bo‘ladi.
Tasdiq-inkor ma`nosini ifodalashda morfologik ko‘rsatgichlardan tashqari na, emas yordamchi so‘zlarini, yo‘q so‘zini ko‘rsatish mumkin. [O] bo‘lishlilikni, [-ma] bo‘lishsizlikni ifodalash bo‘yicha ekvipolent ziddiyatga kirishadilar:
1.Majlis yarim kechagacha cho‘zild. (O.M.).
2.Uzoqdan Navoiyning qorasi ko‘ringuniga dovur u amirning kelishiga ishonmagan edi (O.M.).
Tasdiq-inkor shakllari mohiyatining semantik tomonini bo‘lishli – bo‘lishsizlik ifodalash, sintaktik tomonini gap kesimini shakllantirishda qatnashish tashkil etadi.
Kesimlilik kategoriyasi ko‘rsatkichlariga shaxs – son, tasdiq – inkor, mayl – modallik mansub ekan, bu ma`nolar ifodalanishiga ko‘ra uch turga bo‘linadi:

    1. Kesimlik ma`nolarining yig`iq ifodalanishi:

a) fe`l – kesimlarda: Yoz! Yozgin!; Boray.
b) ot – kesimlarda: O‘qituvchiman; Shifokorsiz.

    1. Kesimlik ma`nolarining yoyiq ifodalanishi:

a) fe`l – kesimlarda: Yozmasaydingiz.
b) ot – kesimlarda: O‘qituvchidirman.

    1. Kesimlik ma`nolarining tafsiliy usul bilan ifodalanishi:

a) fe`l – kesimlarda: Olgan bo‘lsangiz; O‘qisa bo‘ladi.
b) ot – kesimlarda: O‘qituvchi edim; Bahor bo‘ldi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling