O’zbek adabiyot ijodkorlari hayoti va ijodi Rauf Parfi (1943-2005)


Jadid adabiyoti davri (1905—1930 yillar)


Download 31.62 Kb.
bet17/17
Sana09.01.2022
Hajmi31.62 Kb.
#268249
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
O'zbek ijodkorlari

Jadid adabiyoti davri (1905—1930 yillar)


Siddiqiy Ajziy

Siddiqiy Ajziy 1864 yilda Samarqandda tugʻilgan. Madrasa taʼlimini olgan.



Karimbek Kamiy

Karimbek Sharifbek oʻgʻli Kamiy — Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti birinchi davriga mansub shoirlardan biri.



Mahmudhoʻja Behbudiy

Behbudiy Turkistonda jadidchilik harakatining rahnamosi. Yoshligida togʻasi Muhammad Siddiq huzurida taʼlim olgan. Keyinchalik mirzalik vazifasida ishlab, soʻngra muftiylik lavozimiga oʻtadi.



Rahmonberdi Madazimov

Rahmonberdi Madazimov (1875-1933) Oʻzgan shahrida tugʻilgan. Yozgan kitoblari: „Oʻshning tavsifi“, 1914 yil, Toshkent shahri, Turkiston oʻlkasi general-gubernatori kanselyariyasi qoshidagi nashriyoti, "Ismlar imlosi", 1915 yil, Toshkent shahri, Turkiston oʻlkasi general-gubernatori devoni qoshidagi nashriyoti.



Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli

Munavvarqori 1878 yili Toshkentda tugʻilgan. 1931 yil 23 mayida Moskvaning mashhur Butirkasida otilib, Vagankovo qabristoniga pinhona koʻmildi.



Abdulla Avloniy

Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulida Toshkentda Mergancha mahallasida tugʻildi. Madrasa taʼlimini oldi.



Soʻfizoda, Muhammadsharif

Muhammadsharif Soʻfizoda 1880 yilda Chustda hunarmand oilasida tugʻildi.



Tavallo

Toʻlagan Xoʻjamyorov Tavallo 1883 yili Koʻkcha dahasida dunyoga keldi. „Beklarbegi“ madrasasida, rus-tuzem maktabida oʻqidi. 1910-yillardan vaqtli matbuotda sheʼr va maqolalari bosila boshlagan. 1914 yili Toshkentda „Nashriyot“ shirkatini tuzishda ishtirok etadi. 1915 yilda esa „Turon“ jamiyatida faoliyat koʻrsatadi.



Hoji Muin

Hoji Muin milliy uygʻonish davri Samarqand adabiy muhitining samarali ijod etgan isteʼdodli vakili, jurnalist, shoir, dramaturg va tarjimon.



Sidqiy Hondayliqiy

Sidqiy Xondayliqiy 1884 yilda tugʻildi. 1903 yilda oʻqishni davom ettirish niyatida Toshkentga keladi. Ayni paytda sheʼr mashq qila boshlaydi. Tarjima bilan shugʻullanadi.



Abdurauf Fitrat

Fitrat Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi oʻzbek adabiyotining asoschilaridan, usuli jadid maktablarining nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, nosir, shoir va olim.



Hamza Hakimzoda Niyoziy

Hamza jadid adabiyoti namoyandasi, shoir, dramaturg, adib va muallim.



Abdulla Qodiriy

Abdulla Qodiriy oʻzbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon.



Saidahmad Vasliy Samarqandiy

Saidahmad Vasliy Samarqandiy 19 asrning ikkinchi yarmi va 20 asrning boshlari Samarqand adabiy muhitiga mansub ijodkor. Muallimlik qilgan.



Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon

Oʻzbek yangi sheʼriyatining asoschilaridan biri, dramaturg, nosir, publitsist va tarjimon.



Telegram: https://t.me/Mirzaobod_akm

Tayyorladi: MrIbrohimbek
Download 31.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling