O`zbek adabiyoti tarixi 2-mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Download 28.09 Kb.
|
OZBEK ADABIYOTI.2 ae84a2e95ef6af3e735e3e68f57ca7df
- Bu sahifa navigatsiya:
- GASPRINSKIY
- 3 . Mahmudxoʻja Behbudiy ibn Behbudxoʻja
- 4. Abdulla Avloniy
O`ZBEK ADABIYOTI TARIXI 2-mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 1. Furqatning g‘azallari motivi nimalardan iborat? 2. Ismoilbek Gasprinskiyning Turkiston o‘lkasiga ta’siri haqida nimalar bilasiz? 3. “Padarkush” dramasi o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni nimalarda ko‘rinadi? 4. Abdulla Avloniy faoliyat qirralari haqida so‘z yuriting.
Furqat (taxallusi; asl ismsharifi Zokirjon Mullo Holmuhammad oʻgʻli) (1859, Qoʻqon —1909, Yorkend) — milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotiningzabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida oʻzidan boy maʼnaviy meros qoldirgan. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan biri boʻlgan. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlar muhitida qizgʻin ijodiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan. Mahallasidagi maktabda savod chiqargan, mudarris va kotiblardan xattotlik, arab tilini oʻrgangan. 8 yoshida Fariduddin Attorning „Mantiq ut-tayr“ asarini yod oladi. 14 yoshida madrasa talabasi bo'ladi. Furqat 1873–1876- yillarda madrasada oʻqigan. Alisher Navoiy ijodini, fors adabiyoti namoyandalari merosini chuqur oʻrgangan, fors tilini mukammal oʻzlashtirgan. 1876-yilda Yangi Margʻilon (hozirgi Fargʻona) shahridagi savdogar togʻasining iltimosiga koʻra u yerga borib, savdo ishlarida unga yordamlashgan, keyinchalik oʻzi ham kichik doʻkon ochgan. Ayni paytda bilimdon ziyoli sifatida kishilarning arz va iltimoslarini rasmiy mahkamalarga arizalar shaklida bitib, mirzalik ham qilgan. Furqat Yangi Margʻilonda ijodkor sifatida toʻla shakllandi, oʻz gʻazallariga "Furqat" taxallusini qoʻyib, shuhrat qozona boshladi. Bu yerda oʻtkazilgan yillar Furqatning xalqchil dunyoqarashi, ilgʻor adabiy-estetik tushunchalarining shakllanishida ham muhim bir bosqich boʻldi. 80-yillarning boshlarida Furqat Qoʻqonga qaytib, oila quradi va, asosan, ijodiy ish bilan shugʻullanadi. Muqimiy va Muhyi yetakchi boʻlgan Zavqiy, Nodim, Nisbat, Muhayyir kabi ijodkorlar guruhi bilan bevosita muloqotda boʻladi, ular uyushtirib turadigan adabiy majlislar, sheʼriyat kechalarining faol ishtirokchisiga aylanadi. Furqatning Qoʻqondagi bu davr ijodi tur va mavzu, mazmun va shakl rang-barangligi jihatidan ham, sermahsulligi jihatidan ham diqqatga sazovor. U mumtoz sheʼriyat anʼanalari ruhida koʻplab ishqiy gʻazallar, muxammaslar yaratgan. Alisher Navoiy asarlariga goʻzal nazira va taxmislar bogʻlagan, uning sheʼrlarida ijtimoiy ruh va zamonaviylik tobora keng oʻrin egallay boshlagan („Boʻldi“ radifli muxammasi va boshqa sheʼrlarida). Furqat xalqning siyosiy huquqsizligi va iqtisodiy nochor ahvolidan qaygʻirgan („Ne jurm oʻttiki bizdin, bunchalik Fargʻona tang boʻldi?...“). Qoʻqon xonligining uzilkesil tugatilib, batamom mustamlakaga aylantirilishi voqeasiga bogʻliq holda yaratilgan: „Demish xon bir kunikim, davru davronlar qayon qoldi?“ misrasi bilan boshlanuvchi muxammasi ham Furqatning shu davrdagi ijodi mahsulidir. Toju taxtdan, shaʼnu shavkat va aʼyonlardan maxrum boʻlgan Xudoyorxon nomidan bitilgan bu asar ham shoir ijodida zamonaviy ijtimoiy mavzu keng oʻrin egallaganini isbotidir. Furqatning ijodiy merosida anʼanaviy sheʼriy turlar, oʻzbek mumtoz adabiyotidagi asosiy mavzular yetakchi oʻrin egallaydi. Uning gʻazal va muxammaslari, bogʻlagan taxmislari oʻzining hayotiyligi, musiqiyligi, nihoyatda samimiyligi bilan oʻquvchini maftun etadi. Furqat sheʼrlarida ona yurt tabiati va bahor goʻzalligi, joʻshqin sevgi-muhabbat va chin insoniy fazilatlar, hayot shodliklaridan quvonish va turmush tashvishlaridan shikoyat qilish, umuman, odam va olam, kishilarning maʼnaviy dunyosi, mehri va qahri yaqqol tasvirlangan. Masalan, „Bahor ayyomida gulgasht etarga bir chaman boʻlsa“, „Umr xush oʻtmas bahor ayyomi sahro boʻlmasa“, „Surmadin koʻzlar qaro, qoʻllar xinodin lolarang“, „Jannatning gullaridan gulzoringiz chiroylik“, „Koʻngul dardigʻa topmay boraman hargiz davo istab“, „Fasli navbahor oʻldi ketubon zimistonlar“ kabi misralar bilan boshlanuvchi gʻazallari, „Etti falak“, „Biri“, „Istar koʻngul“, „Doʻst“, „Kokulung“ radifli muxammaslari, Navoiy gʻazallariga taxmislari davr sheʼriyatining ham gʻoyaviy, ham badiiy jihatdan yetuk namunalari hisoblanadi. Furqat sheʼriyatida mustamlaka tuzumining illatlarini qoralash, joriy adolatsizlik va zoʻravonlikdan, huquqsizlik va nochor hayotdan, nodonlarning zamonada eʼtibor topib, donolarning xorzor etilishidan norozilik esda qolarli badiiy boʻyoqlarda tasvirlangan. „Charx kajraftorning bir shevasidan dogʻmen:Ayshni nodon surub, kulfatni dono tortadur“ kabi barkamol misralar shoir ijodidagi ijtimoiy yoʻnalishni aks ettiradi. „Bormasmiz“ radifli sheʼrida esa oʻzbek milliy ruhiyati badiiy ifodalangan. Mashhur „Sayding qoʻyaber, sayyod...“ musaddasida esa shoir shaxsning erkin yashash huquqini himoya qiladi, zulm va istibdodni qatʼiy qoralaydi. Furqat xuddi shu yillarda „Xammomi xayol“ risolasini yozadi. „Chor darvesh“ hikoyatini forschadan tarjima qiladi. „Nuh manzar“ nomli sheʼriy kitob yaratadi. „Bulardin boʻlak har xil gʻazaliyotim Fargʻona muzofotigʻa (yaʼni, yon atrof qishloq-shaharlariga) va digar mamlakatlarga muntashir (mashhur) boʻldi“, deb yozadi shoir. Xuddi shu yillarda Furqat ilk bor sheʼrlarini toʻplab, majmua holiga ham keltirgan. Afsuski, shoirning oʻzi qayd etgan risola, manzuma va tarjimalari kabi bu majmua ham shu kunga qadar topilgan emas. Furqat taxminan 1886–1887-yillarda Margʻilonga borib, u yerdagi Masjidi jome hujrasida istiqomat qilgan, yoru birodarlari koʻmagida kichik doʻkon ochgan boʻlsada, asosan, sheʼriyat bilan shugʻullangan, shaharning ziyolilari, jumladan, Xoʻjajon Rojiy, Muhammad Umar Ulshdmy Havoiy, Mulla Toshboltu Royiq kabi ijodkorlar bilan tanishib, adabiy suhbatlar qurgan. Furqat ilk bor gazeta bilan tanishib, uning „Toshkent shahrida bosma boʻlgʻon“ ligini shu yerda biladi. Yangilikka chanqoq, taraqqiyparvar shoirda ijtimoiy hayotda yuz bergan oʻzgarishlarga, sekin-asta yoyila borayotgan fan va texnika namunalariga qiziqish uygʻonadi, yangiliklar bilan bevosita tanishish, oʻz koʻzi bilan koʻrish ishtiyoqi zoʻrayadi. 1889-yil boshlarida Toshkent safariga chiqadi, Xoʻjandda toʻxtab, Toshxoʻja Asiriy boshliq shoirlar, adabiyot muxlislari bilan uchrashadi, adabiy kechalarda ishtirok etadi. Nihoyat, 1889-yilning iyunida Toshkentga keladi. Toshkentdagi Koʻkaldosh madrasasi hujralaridan birida yashaydi. Koʻzga koʻringan olim, fozillar bilan tanishadi. Sharifxoʻja eshon tavsiyasi bilan maʼlum muddat „Farhat“ (shodlik, xursandlik) taxallusida sheʼrlar yozadi, lekin koʻp oʻtmay, eski taxallusiga qaytadi. Furqat Toshkentda rus ziyolilari, yevropacha hayot tarzi bilan tanishdi. Chor maʼmurlari shoirning teatr, gimnaziyaga, turli konsertlarga kiritishni uyushtirdilar, koʻrgazmalarga olib bordilar. Yangi tarixiy sharoit tufayli yuz bergan oʻzgarishlarni mushohada etish natijasida Furqat dunyoqarashida jiddiy oʻzgarish boʻladi va bu hol uning ijodida oʻz badiiy ifodasini topadi — maʼrifatparvarlik, yevropacha ilmmadaniyat, fan-texnikaga xayrixohlik shoir sheʼrlarining yetakchi gʻoyasiga aylana boradi. Bu esa Furqatning koʻp asrli oʻzbek adabiyotiga yangi mavzular, yangi gʻoyalar olib kirishiga zamin boʻldi. Toshkentda ochilgan erlar gimnaziyasi, maorif muassasalari, madaniyat va sanʼat oʻchoqlarini, tobora koʻproq kirib kelayotgan fan-texnika yangiliklarini kuzatish oqibatida uning „Ilm xosiyati“, „Gimnaziya“, „Vistavka xususida“, „Akt majlisi xususida“, „Toshkent shaxrida boʻlgʻon nagʻma bazmi xususida“, „Suvorov“ va boshqa asarlari maydonga keldi va ularning barchasi 1890-yillarda Turkiston viloyatining gazetasida chop qilindi. Bu turkum asarlarida Furqat yangilik va taraqqiyotning, ilm-fan va yevropacha maorif-madaniyatning targʻibotchisi sifatida namoyon boʻladi; oʻz vatandoshlarini zamonaviy bilimlarni puxta egallashga va ilgʻor xalqlar qatoridan oʻrin olishga daʼvat etadi. Biroq Furqat ayrim zamondoshlari singari rus istilochilik siyosatining asl mohiyatini birdaniga anglay olmadi. Rus, Yevropa madaniyatparvarligi orqasida mahalliy ruslashtirish siyosati pinhon ekanligini soʻngroq tushunib yetdi. Xuddi shu yillarda yaratilgan „Shoir ahvoli va sheʼr mubolagʻasi xususida“ asarida Furqat ijodkor va badiiy adabiyot xususida ran ochib, sheʼriyatda realistik tasvir masalasini koʻtardi. Furqat haqli ravishda oʻzbek publitsistikasining asoschilaridan biri hisoblanadi. Furqatning publitsist sifatidagi faoliyati 1890-yildan boshlandi. „Turkiston viloyatining gazeti“ ga rasman ishga kirdi, gazetani tayyorlashda bevosita qatnashdi. Bir yildan koʻproq vaqt mobaynida Sattorxon kabi ilgʻor maʼrifatparvarlar bilan hamkorlikda ishlab, gazeta sahifalarida oʻz maqolalarini eʼlon qildi. Masalan, 1891-yil 1-yarmida „Xoʻqandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. Oʻzi yozgoni“ publitsistik asarini yozib, shu gazetada eʼlon qildi. 1891-yil mayda Samarqandga bordi, osoriatiqalar bilan tanishdi, gazetaga xabarlar yoʻlladi, keyin Buxoroda boʻldi. Iyudda esa chet el sayohatiga chiqdi. Uning chet elga sayohati haqida turli taxminlar bor. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, u atayin qaytib kelmaydigan qilib oʻz yurtidan chiqarib yuborilgan. Xullas, 1891-yilning iyulida Marv—Ashxobod—Boku—Batumi orqali Istanbulga bordi. Doʻstlariga yozgan maktublarida, voqealarni oldindan bilgandek, vatanidan bir umr ajralib qoladigan odamning kayfiyatini aks ettirdi. Masalan, Istanbuldan yozgan „Sabogʻa xitob“ sheʼriy maktubida vatan ishtiyoqi, doʻstlar sogʻinchi, gʻurbat azoblari va yolgʻizlik motivlari birinchi oʻringa chiqqan. -- Shoir sayohati == Furqat Istanbuldan Bulgʻoriya va Yunonistonga oʻtdi. Bolqon yarim orolining qator shaharlarida boʻldi. 1892-yilning martida Istanbuldan Oʻrta dengiz orqali Arabistonga — Makka, Jidda, Madina shaharlariga bordi. Makkadagi haj ziyorati munosabati bilan „Hajnoma“ asarini yaratdi. Soʻng Bombayga keldi, Hindistonning qator viloyatlariga sayohat qildi. Uning bu davrda yozgan nasriy va nazmiy maktublarida tushkunlik, onayurt sogʻinchi va iztiroblari aks etgan. „Adashganman“ radifli hamda „Kashmirda“, „Bulbul“ deb nomlanuvchi lirik sheʼrlar turkumi shu jihatdan oʻziga xos hijronnomadir. 1893-yil martida Furqat Kashmir va Tibet orqali Sharqiy Turkistonga borib, Yorkendda turgʻun yashab qoldi. Oila qurdi. Tabiblikdan xabardor boʻlgan shoir dorivor oʻsimliklar bilan savdo qiluvchi doʻkon ochdi, ijodiy ish va xattotlik bilan shugʻullandi. Furqat doimo Vataniga qaytish umidi bilan yashadi. Avval boshlagan „Sayohatnoma“ asari ustidagi ishni Yorkendda davom ettirdi. Lekin bu asar hanuz topilgani yoʻq. U yerdan Toshkentga publitsistik asarlar, turli mavzudagi xat-maqolalar, Fargʻona va Toshkentdagi yor-doʻstlariga maktublar yoʻllab turgan. Furqat oʻzbek matbuoti tarixida felyeton janrini boshlab berdi („Hind nayrangbozi Yorkendda“, 1905). Barkamol lirikasi, jozibali nasri va publitsistikasi bilan 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridagi milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Furqat onavatanidan uzoqda vafot etdi. Uning jasadi Yorkendning Dongdor qabristoniga koʻmilgan. 1990-yil shoir qabri ustiga maqbara qurilgan. Furqatning sheʼrlari kitob holida dastlab 1913-yilda Muqimiy sheʼrlari bilan birga bayoz holida toshbosmada bosilgan edi,50–80-yillarda koʻp bor nashr etildi. Shoirhayoti va ijodi haqida qator ilmiy asarlaryozildi, dissertatsiyalar yoqlandi, opera librettosi, kinossenariy va boshqa yaratildi. Oʻzbekistondagi bir qator qishloq, tuman, maktab, koʻcha va xiyobonlar, bogʻlar uning nomi bilan ataladi. 2. GASPRINSKIY (Gaspralik) Ismoilbek (1851.21.3, Boqchasaroy yaqinidagi Ajikoʻy qishlogʻi —1914.11.9, Boqchasaroy) — jadidchshshkharakatining asoschisi, yozuvchi va publitsist. G.ning otasi Mustaf Gasprinskiy Rossiya harbiy dvoryani (praporshchik) boʻlib, Yalta sh. Yaqinidagi Gaspra qishlogʻidan edi. G. qishloq musulmon maktabi, Oqmachit (hoz. Simferopol) gimnaziyasi va Voronejda, Moskva kadetlik korpusida oʻqidi (1864— 67). Qrimga qaytgach, rus tili oʻqituvchisi boʻlib ishladi (1867—70). Istanbul va Sorbonna (Parij) universitetlarida oʻqidi (1871—75). Jazoir, Tunis, Misr, Gresiyada boʻldi. Parijda fransuz sotsialistlari va liberallariga yaqinlashdi. Turkiyada Yosh turklar harakati rahbarlari bilan tanishdi (1875—77). Boqchasaroy sh. Meri qilibsaylandi(1877). G. turkiy xalklar tarixi va adabiyotini oʻrganib, Sharq bilan Gʻarb olamini taqqoslash imkoniyatiga egaboʻldi. G. "Rusiya musulmonligi"(Simferopol, 1881) ilk risolasida Yevropasivilizatsiyasidan koʻr-koʻrona andozaolishga qarshi chiqib, uni tanqidiy qabulqilishga, musulmonlarni ilm-fanni egallashga, texnika yutuqlarida foydalanishga daʼvat etdi. "Ovrupo madaniyatiga bir nazar muvozini" (Istanbul, 1885) asarida esa sotsializm gʻoyalari bilan bahsga kirishib, uning asosiy tamoyillarini shubha ostiga oldi. G. Rossiya mustamlakasidagi barcha musulmon xalqlar maorifini tubdan isloh qilish, dunyoviy fanlarni oʻqitish masalasiga alohida eʼtibor berdi. Boqchasaroyda dastlabki "usuli jadid"(yangi usul) maktabini ochdi (1884). Turkiston general-gubernatori N. O. Rozenbaxga musulmon maktablarini isloh qilishga doir loyihasini yubordi. Rad javobini olgach, 1893 y. Turkistonga oʻzi keldi, Buxoro, Samarkand, Toshkentda boʻlib, taraqqiyparvar ziyolilar bilanuchrashuvlar oʻtkazdi. G. jadidchilik gʻoyalarini kengroq yoyish uchun "Tarjimon" (1883 y. 10 alr. dan), "Millat" (1908), "Bolalar olami" (1908—15), "Uygʻonish" (Qohira, 1908, arab tilida)gaz.lari,"Ayollar olami" jur. (1908—10), "Xa-xa-xa!" hajviy haftanomasini chiqardi. Jadid maktablari uchun "Xoʻjai sibyon" ("Bolalar muallimi") darsligini, "Rahbari muallimin yoki muallimlarga yoʻldosh" (1898) kitobini yozdi. G. musulmon milliy ozodlik harakatining yoʻlboshchisi sifatida tanildi. U Kavkaz, Volgaboʻyi, Misr va Hindistonga borib, umummusulmonlar qurultoyini chaqirishga harakat qildi. Butun Rossiya musulmonlari 3 ta kongressi ishida faol qatnashdi (1905—06). Dastlabki umummusulmon siyosiy partiyasi "Ittifoq ul-muslimin"ni tuzish tashabbuskorlaridan biri boʻldi (1906). "Dor ul-rohat musulmonlari" ilmiyfantastik asari, "Yuz yildan soʻng . 2000sana" badiiypublitsistik romani, "Turkiston ulamosi" kitobining muallifi. 3 . Mahmudxoʻja Behbudiy ibn Behbudxoʻja) (20-Yanvar 1875 Samarqand — 25-Mart 1919 Qarshi) dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri. U Yassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga koʻtariladi. Behbudiy haj safarida boʻlgan chogʻida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899–1900). Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yaqinidagi Halvoyi qishlogʻida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi. Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903–1904), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yoʻlga qoʻyadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. Kitoblari : „Risolai asbobi savod“ („Savod chiqarish kitobi“, 1904), „Risolai jugʻrofiyai umroniy“ („Aholi geografiyasiga kirish“, 1905), „Muntaxabi jugʻrofiyai umumiy“ („Qisqacha umumiy geografiya“, 1906), „Kitobat ulatfol“ („Bolalar xati“, 1908), „Amaliyoti islom“ (1908), „Tarixi islom“ (1909) kabi kitoblar chop ettiradi. Keyinchalik (1908-yilda) Shakuriyning Rajabamindagi maktabini Samarqanddagi oʻz hovlisiga koʻchirib keltiradi. „Padarkush“ dramasi Behbudiy 1911-yilda „Padarkush“ dramasini yozdi. Bu birinchi oʻzbek dramasi edi. 3 parda 4 manzarali bu asar mazmunan sodda boʻlib, oʻqimagan, johil va nodon bolaning oʻz otasini oʻldirgani haqida edi. Behbudiy bu asar janrini „milliy fojia“ deb atagan. Nashr qilishga chor senzurasi yoʻl qoʻymaydi. „Borodino jangi va Rusiyaning fransuzlar bosqinidan xalos boʻlishining 100 yillik yubileyi sanasiga bagʻishlanadi“ degan vaj bilan Tiflis (Tbilisi) senzurasidan oʻtkazadi. Drama 1913-yil bosilib chiqqan, ammo sahnaga qoʻyish uchun yana bir yilcha vaqt ketadi. Asar Samarqandda 1914-yil 25-yanvarda sahnaga qoʻyildi. Drama xalqqa kuchli taʼsir koʻrsatadi. Abdulla Qodiriy „Baxtsiz kuyov“ dramasini shuning taʼsirida yozgani maʼlum. „Padarkush“ ham janr, ham mazmuniga koʻra yangi oʻzbek adabiyotini boshlab bergan asar boʻldi. Drama Toshkentda 1914-yil 27-fevralda Avloniy tomonidan qayta sahnalashtiriladi. Faoliyati Behbudiy 1914-yilda „Samarqand“ gazetasini chiqaradi. Gazeta oʻzbek va tojik tillarida, haftada 2 marta chop etildi. 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr toʻxtadi. Shu yil 20-avgustdan u „Oyna“ jurnali chiqara boshladi. Haftalik, suratli bu jurnal asosan oʻzbekcha boʻlib, sheʼr, maqola (forscha), eʼlonlar (ruscha) ham berib borildi. Jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaldi. Behbudiy kitob nashrini ham yoʻlga qoʻyadi. Fitratning „Bayonoti sayyohi hindi“sini ruschaga tarjima qildirib bostirdi (1913). Behbudiy 1914-yil 29-mayda ikkinchi marta Arab mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Sayohati davomida Bayramali, Ashxobod, Krasnovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Jeleznovodsk, Rostov, Odessa shaharlarida boʻladi, 8-iyunda Istanbulga keladi. Undan Adarnaga o'tib, yana Istanbulga qaytadi va 20-iyunda Ismoilbek Gasprinskiy bilan uchrashadi. Soʻng Quddus, Bayrut, Yofa, Xalil ar- Rahmon, PortSaid, Shom shaharlarida boʻladi. Sayohat xotiralari „Oyna“ jurnalida bosilib turadi. Bu „xotiralar“ har jihatdan muhim boʻlib, anʼanaviy tarix-memuar janrining 20-asr boshidagi oʻziga xos namunasi edi. Muallif unda yoʻl taassurotlariga, kishilar bilan uchrashuvlarining ibratli tomonlariga keng oʻrin beradi. Qaysi shaharga bormasin, uning tarixi, obidalari, u yerdan chiqqan buyuk zotlar haqida maʼlumotlar toʻplaydi. Turli-tuman millatlar, ularning urf-udumlari, turmush madaniyati bilan qiziqadi. Ayniqsa, din, eʼtiqod masalalariga katta ahamiyat beradi. „Oyna“ jurnalida millat va uning haqhuquqiga, tarixiga, til va adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan. Behbudiy millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shart hisobladi. Jurnalning birinchi sonidayoq „Ikki emas, toʻrt til lozim“, degan maqola bilan chiqib, oʻzbek, tojik, arab, rus va hatto biror uzoq xorij (masalan, fransuz) tilini bilish shart deb hisobladi. Ayni paytda tilning muhofazasi („Har millat oʻz „Oyna“ jurnali tili ila faxr etar“ –1914, № 35), oʻzaro munosabatlari („Til masalasi“ – 1915, № 11,12) haqida muhim va zarur maqolalar chop etdi. Adabiy tanqidga katta eʼtibor berdi. Uning xususiyatlarini belgilashga urindi. Boshqa adabiy janrlar bilan tenghuquqligi masalasini koʻtardi. Millat shaʼnini oyoqosti qiluvchi fikrqarashlarga zarba berib, Turkiston xalqini oʻz nomi bilan atamoq lozimligini talab qilib chiqdi. 4. Abdulla Avloniy XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobidir. U Toshkentning Mergancha mahallasida toʻquvchi Miravlon aka oilasida tavallud topdi. Avval Oʻqchidagi boshlangʻich maktabda, soʻng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq koʻproq mustaqil oʻqib-oʻrgandi, tez orada oʻz davrining savodxon, maʼrifatparvar kishisiga aylandi. Avloniy asrimiz boshlarida oʻlkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodli qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod koʻrish, farovon etish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda koʻp sohalarda faol ish olib bordi. 1907-yilda oʻz uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usulijadid» maktablari uchun toʻrt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik va oʻqish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob doʻkonini ochdi. Maʼrifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot etdi. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan. Download 28.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling