O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Xisravo, usruk ko‘zungnung shavqidin, Xush sujud aylar damo-dam qo‘shquloq, Joyi uldurkim, sanga xurshidu moh, Qulluq etgaylar tutubon qo‘sh quloq200


Download 2.59 Mb.
bet233/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Xisravo, usruk ko‘zungnung shavqidin, Xush sujud aylar damo-dam qo‘shquloq, Joyi uldurkim, sanga xurshidu moh, Qulluq etgaylar tutubon qo‘sh quloq200.
Qo’shquloq - ikki quloqli idish. Undan foydalanish jarayoni shoirga zavq bag’ishlamoqda. Idishdan har safar may quyilishi - uning egilishi obrazlilik kasb etmoqda. Go'yo, u ma’shuqaning go‘zal suziluvchi ko‘zi orzusida doitno sajda bilan mashg‘ul. So‘nggi misradagi qo‘sh quloq esa juft quloq ma’nosini bildiradi. Bu yerda insonning ikki qulog‘ini ush- lab sajda qilish holati quyosh va oyga ko‘chiriladi, ya’ni ma’shuqaning go’zalligi oldida ular ham ta’zimda.
Tuyuq mavlono Lutfiy ijodida ham alohida o‘rin tutadi. Shoir tuyuq­lari badiiy barkamolligi, mazmunan teranligi bilan ajralib turadi.
Garchi qurutmas ko‘zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig’lama ko‘p, bu vujuding ishq o‘ti,
Ne qurug‘in qo‘yg‘usi, ne yoshini201.
Ko'rinib turibdiki, tuyuq “yoshini” so’zining turli ma’nolariga asos­langan. Birinchi baytda ma’shuqaning jabru sitamlaridan ezilgan oshiq- ning qarashlari aks etgan. U ma’shuqa hajrida sbunchalik qiynalsa-da, biroq baribir uni duo qilaveradi: “Garchi yig‘idan to‘xtamayolgan ко z yoshlarimning sababi u bo‘lsa-da, Yaratgan go‘zal mahbubamning um- rini uzun qilsin”. Bu yerda tajnis qilingan so‘z “ko‘z yoshi” va “inson umri” ma’nolarida qoMangan. Keyingi baytda oshiq go‘yoki o‘z-o‘ziga tasalli beradi: “O‘rmonga o‘t ketsa ho‘lu quruq barobar vonganidek, ishq o‘ti butun vujudni kuydiradi, buning uchun ko‘p yig‘lash shart emas”.
Tuyuq Navoiygacha bo‘lgan davr adabiyotining asosiy janrlaridan biriga aylandi. Bu janrda ijod qilish yuksak iste’dodni ham talab qiladi. Ayniqsa, qofiyada tajnis so‘zning berilishi janrning o‘ziga xos imkoni- yatini yuzaga chiqaradi. Tuyuqning qofiyalanishi ruboiyga o‘xshaydi. Janrning a-a-b-a tarzida qofiyalanadigan ko‘rinishi yetakchi bo‘lsa-da, biroq badiiy ijod olamida a-b-v-b shaklida qit’a singari qofiyalanadigan tuyuqlar ham uchrab turadi.
QIT’A
Qit’a lirik tur janrlaridan biri hisoblanadi. Asosan, unda falsafiy qarashlar, axloq-odob haqidagi fikr va mulohazalar ifodalanadi. Bu ji- hatdan u ko‘proq didaktik xarakter kasb etadi. Mazkur janr to‘g‘risida fikr yuritgan o‘tmish adabiyotshunoslari, shu jumladan, keyingi davr tadqiqotchilari ham unda matla’ning boTmasligi, ya’ni dastlabki bayt- ning o‘zaro qofiyalanmasligi xususida ma’lumotlar berishgan. Shunday fikrlarni Fitrat ham qayd etadi: “g‘azalning birinchi bayti bo‘lmasa, qol- gani qit’a bo‘ladi. Boshqacha aytganda, qofiyasi har baytning oxirida bo‘lib, birinchi misra’i qofiyasiz boTgan tizmalarga qit’a deyiladir”202. Dcmak, qit’aning qofiyalanish sistcmasi b-a, v-a, g-a... shakliga ega bo'lib, dastlabki bayt o‘zaro qofiyalanmasligi bilan g'azaldan farq qiladi. Ammo manbalarda qit’aning ba’zan masnaviyga o‘xshab, a-a, b-b, v-v... ko‘rinishida qofiyalanishi haqida ham ma’lumotlar uchraydi727.
Qit’alaming turli mavzularda yozilishi, hajm jihatidan chegaralan- masligi janrga keng imkoniyatlar yaratadi. Uning namunalari o'zbe к adabiyotida XIY asrdan boshlab kuzatiladi. Xorazmiyning “Muhab- batnoma” dostoni tarkibidagi qit’a 10 misradan iborat bo‘lib, asaming so‘nggi nomasidan keyingi yakuniy qismida uchraydi. Mazkur qita hasbi hollik xususiyatiga ega:
Tama’ dominda qolur qush emas men,
Telim ayvon uza uchqon Humomen.
Qilichtek til bila tuttum jahonni,
Qanoat mulki ichra podshomen...203
“Chog‘ir va Bang” munozarasi nasriy yoTda yozilgan bo‘lsa-da, unda o‘zbek tilidagi qit’alarga ham duch kelish mumkin. Asarda Yusuf Amiriy qit’alami munozaraga kirishgan obrazlaming fikrlari tasdig‘i si- fatida ishlatadi. Bu esa munozara tarkibida qit’aning o‘ziga xos yakun- lovchilik vazifasidan darak beradi.
Gadoiy devoni tarkibida ikki baytdan iborat bo‘lgan qit’a janri na- munalari yetib kelgan:
Garchi, shoho, durri serob o‘zini
Qildi nisbat so‘zunga bihnay yaroq.
0‘z kamoling birla jurmini kechur,
Tobug'ing-da chunki tutti qo‘shquloq23°.
Qit’a muhabbat mavzusida yaratilgan bo‘lib, unda ma’shuqaning shirin so‘zligi haqida gap boradi. Dastlabki baytdagi mazmun quyidagic- ha: “Qimmatbaho dur o‘zini ma’shuqaning so‘zlariga qiyoslab, gunoh qildi”. She’r davomida ma’shuqaga murojaat qilinib, “durri serob”ning aybini kechirish so‘ralmoqda: “Sen o‘z kamoling bilan uning gunohidan o‘tgin, chunki u huzuringga kelib bosh egib turibdi”.
Aslida janr qoidalariga ko‘ra, qit’alarda taxallus qo‘yilishi shart emas. Biroq ayrim qit’alarda shoirlar o‘z taxalluslarini qo‘llab kelishgan. Bu hodisa Gadoiy uchun ham begona emas. Shoir qit’alaridan birida ta- xallusning qo‘!Iani lishi bu an’ananing o‘zbek adabiyotida XY asrdan boshlanganligini bildiradi. Hofiz Xorazmiyning ayrim qit’alarida ham taxallusning berilishi fikrimizni tasdiqlaydi. Shoir qit’a janrida ancha sermahsul ijod qilgan bo‘lib, uning 31 qit’asi devoniga kiritilgan. Ho- fiz qit’alarining ko‘pchiligi 3, 5 baytlik hajmda yaratilgan. Ular orasi- da 7, 9 baytli qit’alami ham uchratish mumkin. Janr imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish Hofiz lirikasini yuqori saviyaga olib chiqadi. Buni biz, birinchidan, qit’alaming turli mavzularda yozilganligida, ikkinchi- dan, g‘oyaviy mukammallikda, uchinchidan, badiiy yetuklik va shakliy jihatdan janr talablari darajasida ekanligida ko‘ramiz:
Do‘stliq qilma ul kishi bilakim,
Bo‘ldi dushmanga mahrami asror.
Do‘stkim, bo‘ldi do‘st dushmanga, Mehribon bo‘lmog‘i erur dushvor. Qo‘zini qayda saqlasun itkim, Bo‘ldi yozida bo‘ri birla yor204.
Ko‘rinadiki, qit’a 3 baytdan iborat bo‘lib, b-a, v-a, g-a qofiyalanish tizimiga ega. She’rning nasihat tarzida yozilganligi axloqiy-ta’limiy yo‘nalishdagi fikrlarning qit’a janrida qay darajada ifodalanishini ba- holash imkoniyatini yaratadi. Unda qanday odam bilan do‘stlashmaslik lozimligi haqida fikr yuritiladi. Mazmunning mukammalligiga uning kompozitsion qurilishi ham yordam bergan. She’mi tuzilishiga ko‘ra ikki qismga ajratish mumkin. Dastlabki qism, ya’ni 4 misrada dushman bilan sirlashadigan kishining haqiqiy do‘st bo4ishi qiyinligi haqidagi qa- rashlar ifodalangan bo‘lsa, so‘nggi baytdagi fikrlar qit’ada ko‘tarilgan poetik g‘oyaning hayotiy dalili vazifasini o‘tagan: dushmanga do‘st tu- tingan kishiga ishonish - cho‘lu biyobonda bo‘ri bilan oshno bo'lgan itga qo‘zini ishonib topshirishday gap.
Qit’aning g‘oyaviy-badiiy jihatdan yangi va yuqori bosqichga ko‘tarilishida mavlono Lutfiyning ham xizmatlari bcqiyos. Shoir qit’a janri imkoniyatlaridan unumli foydalanib, bu janrda ham barakali ijod qilgan:
Aqlu jonning ofati, din g‘orati, Har ne bor ul ko‘zi birla qoshdadur. Ketmadi savdosi hargiz boshtin, Rost ayturlar, ki “Davlat boshdadur”2-^.
Qit’a to‘rt misradan iborat bo‘lib, qofiyalanishi ham (b-a-v-a) janr mezonlariga to‘g‘ri keladi. U ishq-muhabbat mavzusida yoziigan. She’rda ma’shuqaning go‘zalligi vasfi o‘ziga xos obrazli tasvir orqali ifodalangan. Oshiq uchun go‘yoki dinning oyog‘osti boMshi ham, aql- ni o‘g‘irlaydigan ham, jonga balo keltiradigan ham - nimaiki yomon- lik bo‘lsa, uning sababchisi - maftun qiluvchi shu ko‘z va qoshlar. Bu go‘zallik oldida u barcha narsani unutadi va hamma narsa qilishga tay- yor. Uchinchi misrada oshiq ishq savdosiga yoTiqqanidan afsuslangan- dek taassurot uyg'otadi. So'nggi misra esa o‘ziga xos yakunlovchiiikxu- susiyatiga ega. Undan anglashilishicha, lirik qahramon o‘z-o‘ziga tasalli bergandek.
Qit’a o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos shakllanish jarayonini bosib o‘tdi. Qit’aning ilk namunalari noma va munozara janridagi asarlar tar- kibida uchrasa-da, biroq u Gadoiy, Lutfiy kabi shoirlar ijodida alohida mustaqil janr sifatidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ldi. Ayniqsa, qit’aning g‘oyaviy-badiiy, shakliy miqyosdagi takomili Hofiz Xorazmiy lirikasida yuqori bosqichga ko‘tarildi.
FARD
O‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos shakllanish jarayoniga ega bo‘lgan lirik janrlardan biri fard hisoblanadi. Fard arabcha so‘z bo‘lib, yakka, yolg‘iz degan ma’nolami anglatadi. Janr atamasining lug‘aviy ma’nosi uning tuzilishi jihatdan ixchamligi, ya’ni aynan mustaqil bir baytdangina iborat ekanligiga ham ishora qiladi. Fardning har ikkala misrasi o‘zaro qofiyalanadi. Biroq o‘tmish adabiyotimizda qofiyalanma- gan fard janri namunalari ham uchraydi.
Fardning vazni to‘g‘risida shuni aytish mumkinki, u anchagina er­kin janr hisoblanadi. Chunki uning ilk namunalari asosan barrnoq vazni- da yaratilgan bo‘lsa, yozma adabiyotning keyingi taraqqiyot davrlarida aruz fardning asosiy vazniga aylandi. Aruzning fardni yuzaga kcltirishda doimo qo‘llanadigan maxsus bahri yo‘q. U vaznning turli bahrlarida yo- zilishi mumkin.
Fardlarga xos bo‘lgan qisqa, lo‘nda va ixchamlik uni maqol janriga yaqinlashtiradi. Eng asosiysi, fardlardaham xalq maqollaridagi kabi ib- ratli fikr mavjud. Bu esa didaktik xarakter fardning ilk shakllanish bos- qichlaridayoq janr mezonlaridan biriga aylanganligidan dalolat beradi. Bu xususiyat ayrim fardlarning aforizm darajasiga ko‘tarilishiga ham xizmat qiladi.
Fardning adabiyotimiz tarixidagi ilk namunalari haqida gap ketgan- da, mutaxassislar tomonidan “Devonu lug‘otit turk” asari tilga olinadi. Darhaqiqat, “Devon”da ikkilikJar shaklidagi anchagina she’r namunalari ham uchraydi. Ular asardagi turkiy so‘zlaming izohi sifatida keltirilgan- ki, bundan ikkilik tarzidagi she’rlar turkiy adabiyotda qadimdan mavjud ekanligini sezish qiyin emas.
Fardning keyingi namunalari noma janri asosida yaratilgan asarlar tarkibida uchraydi. Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sida garchi yolg‘iz bitta fardni uchratish mumkin bo^sa-da, biroq Yusuf Amiriy bu janrda anchagina samarali ijod qilganligi ko‘rinadi:
Vafosin sog‘inib jurmin unutqin,
Inoyat ko‘zin oning sori tutqin205.
“Dahnoma” asaridan olingan mazkur misralar ishqiy mazmunga ega. Shuningdek, unda didaktik ruh ham mavjud. Baytning o‘zaro qofi- yalanish usuli ham fardlarga xos.
Fard janrining taraqqiyotida nasriy asarlar ham muhim rol o‘ynadi. Xususan, bu borada munozara janridagi asarlari bilan mashhur bo‘lgan Yaqiniy va Yusuf Amiriylaming nomlarini alohida ta’kidlash lozim. “O‘q va yoy” hamda “Chog‘ir va bang” munozaralarida “bayt”, “nazm” nomlari ostida keltirilgan ikki misradan iborat bo‘lgan she’rlarda ko‘proq iqtibos fardlarga xos xususiyatlami kuzatish mumkin.
Fardning mustaqil ijod qilinishi va alohida janr sifatida devon tar­kibida maxsus uchrashi mavlono Lutfiy lirikasi bilan bog‘liq hodisa hisoblanadi. Shoir qalamiga mansub bo‘lgan fardlar janrning shakliy va g‘oyaviy-badiiy imkoniyatlarini toHiq yuzaga chiqara olgan. Lutfiy fardlari garchi mavzu jihatdan rang-baranglik kasb etmasa-da, biroq ular janrning keyingi davrlardagi rivoji uchun muhim tajriba maktabi vazifa- sini o‘taganligi sir emas:
Man shikasta agar joduliqni bilsam edi,
O‘zumni noma qilib xidmatingg‘a borgay edim234.
Ko‘rinadiki, mazkur misralar an'anaviy mavzuda yozilgan. Unda oshiq botiniy olamiga xos xususiyatlar namoyon. 0‘zini bechorahol, ko‘ngli qattiq ozor chekkan kishi sifatida ko‘rish - mumtoz adabiyotdagi oshiq obraziga xos belgilardan biri sanaladi. Bu borada Lutfiy ishq tas- virining an'anaviy jihatlariga sodiq qolgan. Biroq shoiming novatorligi shundaki, u oshiqning orzusi tasvirida o‘ziga xos yangilik yaratadi. Li­nk qahramon sehrgar bo‘lishni orzu qilmoqda. Sehrgarlik unga qanday yordam berishi mumkin? Bu - ma'shuqa visoliga intilishning bir yo‘li: ya’ni, agar men “joduliqni” bilganimda edi, o‘zimni maktubga aylantirib xizmatingga borgan bo‘lardim.
Lutfiy so‘z o‘yinlaridan foydalanish imkoniyatini fard janrida ham sinab ko‘radi. Buning natijasi o‘laroq ijod olamida tajnisli fardlar yu- zaga keladi. Janming keyingi rivojlanish bosqichlarida tajnisli fardlar yozish boshqa ijodkorlar tomonidan ham muvaffaqiyatli davom ettirila- diki, Lutfiy o‘zbek adabiyotida mazkur go‘zal bir an'ananing ilk bosh- lovchisiga aylanadi. Haqiqatan ham tajnis fardlarga o‘zgacha bir joziba bag‘ishlaydi:
Ko'nglum qarori qolmadi, bir oqcha yuz tilar, Ul oqcha yuzki men tilaram, oqcha yuz tilar206.
Lutfiy fardlariga xos bo‘lgan yana bir xususiyat uning maqol va hikmatli so'zlardan unumli foydalanishida ham ko‘rinadi. Shoir ayrim fardlaming ikkinchi misrasida xalq donishmandligi namunalariga muro- jaat etadi. Bu bilan misralarda ilgari surilayotgan fikrlami tasdiqlashga harakat qiladi:
Sham'i majlisga berur nur ul safoliq orazing,
Bui masal ravshandurur, oreki, yog‘ yog‘qa tomar207.
Xullas, maxsus yozilgan kichik lirik asar sifatida mashhur bo‘lgan fard adabiyotimiz tarixida alohida taraqqiyot bosqichiga ega. Janrga xos bo‘lgan ayrim belgilar og‘zaki adabiyot mahsuli bo‘lgan xalq maqollari- da uchrasa-da, biroq uning yozma adabiyotdagi namunalari XY asrgac- ha noma va nasriy asarlar tarkibida yashab keldi. Fardning alohida janr sifatida maxsus yaratilishida mavlono Lutfiyning xizmatlari beqiyosdir.
MUNDARIJA

0‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI 2
Taqrizchilar: 3
Savol va topshiriqlar 36
Savol va topshiriqlar 60
Savol va topshiriqlar 110
Savol va topshiriqlar 119
Savol va topshiriqlar 149
Savol va topshiriqlar 159
Savol va topshiriqlar 181
Savol va topshiriqlar 198
G‘azal 241
Savol va topshiriqlar 294
Savol va topshiriqlar 326
Savol va topshiriqlar 342
Tayanch so‘z va iboralar: “Fununu-l-balog‘a’’, balog‘at ilmi, qo ‘lyozma, poetika, adabiy hayot ehtiyoji, she ’riyatning asosiy janrlari. 343
Savol va topshiriqlar 349
G ‘azal 363
Fard 364
Savol va topshiriqlar 364
Tayanch so‘z va iboralar: munozara, nasr, lirizm, hamd, na’t, taz- kira, noma, she ’riy parcha, yumor. 379
Savol va topsh(r(hCgr 392
Tayanch so‘z va iboralar: munozara, forscha she’r, ingliz sharq- shunos olimi, baytlar, qissa, ramziy alomat, ilohiy tushuncha. 392
Savol va topshiriqlar 406
Savol va topshiriqlar 411
Savol va topshiriqlar 425
Savol va topshiriqlar 445
Savol va topshiriqlar 471
*** 473
*** 474
Savol va topshiriqlar 480
Savol va topshiriqlar 483
O6ZBEK ADABIYOTI TARIXI 557

TEMURIYLAR DAVRI O‘ZBEK ADABjTYOTI

0‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI 2
Taqrizchilar: 3
Savol va topshiriqlar 36
Savol va topshiriqlar 60
Savol va topshiriqlar 110
Savol va topshiriqlar 119
Savol va topshiriqlar 149
Savol va topshiriqlar 159
Savol va topshiriqlar 181
Savol va topshiriqlar 198
G‘azal 241
Savol va topshiriqlar 294
Savol va topshiriqlar 326
Savol va topshiriqlar 342
Tayanch so‘z va iboralar: “Fununu-l-balog‘a’’, balog‘at ilmi, qo ‘lyozma, poetika, adabiy hayot ehtiyoji, she ’riyatning asosiy janrlari. 343
Savol va topshiriqlar 349
G ‘azal 363
Fard 364
Savol va topshiriqlar 364
Tayanch so‘z va iboralar: munozara, nasr, lirizm, hamd, na’t, taz- kira, noma, she ’riy parcha, yumor. 379
Savol va topsh(r(hCgr 392
Tayanch so‘z va iboralar: munozara, forscha she’r, ingliz sharq- shunos olimi, baytlar, qissa, ramziy alomat, ilohiy tushuncha. 392
Savol va topshiriqlar 406
Savol va topshiriqlar 411
Savol va topshiriqlar 425
Savol va topshiriqlar 445
Savol va topshiriqlar 471
*** 473
*** 474
Savol va topshiriqlar 480
Savol va topshiriqlar 483
O6ZBEK ADABIYOTI TARIXI 557


Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling