O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 306-guruh talabasi To‘xtayeva Saida Akmal qizining
I bob. I.1. Asosiy sintaktik birliklar. Formal va sistemaviy sintaksis
Download 46.18 Kb.
|
S.T
I bob.
I.1. Asosiy sintaktik birliklar. Formal va sistemaviy sintaksis. So‘z birikmasi va gap sintaksisning asosiy birliklaridir. Shunga ko‘ra, sintaksis uchga bo‘linadi; so‘z shakli sintaksisi: so‘z birikmasi sintaksisi; gap sintaksisi; So‘zlarning nutqda o‘zaro aloqaga kiriShuvidan so‘z qo‘shilmalari vujudga keladi. So‘z qo‘shilmalarini ikki guruhga birlashtirish mumkin: gap (osmon tip-tiniq); so‘z birikmasi (tip-tiniq osmon); Til jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi. Axborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. Demak, gap fikr ifodalaydi. So‘z birikmasi fikr emas, balki so‘z kabi tushuncha ifodalaydi. (Biroq so‘z birikmasi ifodalagan tushuncha so‘z ifodalagan tushunchadan farqlanadi.) Ko‘rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap bo‘lib, so‘z birikmasi so‘z kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir. Sintaktik birliklar – gap va so‘z birikmalari – so‘zlarning qo‘shilishidan hosil bo‘lishi, bu qo‘shilishning esa turli vosita (qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar) va usul (masalan, tobe aloqaning turlari) lar orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar bilan zich aloqada ekanligini ko‘rsatadi. Demak, nutqda: 1.So‘z boshqa so‘z bilan tobe yoki hokim mavqeda bog`lanadi. Buning uchun u ma‘lum bir grammatik shaklga ega bo‘ladi (uyga bormoq, a‘lochi o‘quvchi). Grammatik shakllangan so‘z sintaksisi so‘z shakl sintaksisi deb yuritiladi. 2.So‘zlar o‘zaro sintaktik aloqaga kirishib, tushuncha ifodalovchi birlik - so‘z birikmasi(SB) vujudga keladi. So‘zlarning o‘zaro birikib, tushuncha ifodalovchi sintaktik birliklar hosil qilishini, bu sintaktik birliklarni yuzaga chiqaruvchi qoliplar, SBlarda tobelanish va uning yo‘llarini o‘rganuvchi bo‘lim SB sintaksisi deyiladi. 3.Gap kishilar orasida fikr, axborot uzatish uchun ishlatiladigan asosiy birlik bo‘lib, fikr ifodalashning eng oddiy va tipik ko‘rinishidir. So‘zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tenglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi sanalmish gap va uning qurilishi, tuzilishi, tarkibiy qismlari va mazmuni bilan aloqador jihatlarni o‘rganadigan bo‘lim gap sintaksisi sanaladi. Sintaksisda mazkur bo‘limlar o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, bir butun sohaning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Har bir bo‘lim o‘rganish obyektiga ko‘ra mustaqil soha bo‘lsa-da, ularning umumiy xususiyatlari tilning sintaksis sohasiga birlashtiradi. Formal va sistemaviy (struktural) sintaksis. Formal sintaksis bevosita kuzatishda berilgan, nutqiy sintaktik hodisalarni o‘rganadi. Boshqacha aytganda, u yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat sifatidagi nutqiy hosilalar bilan band bo‘lib, umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab sifatidagi lisoniy birliklarni (nutqiy birliklarning lisoniy tomonini) o‘rganishni sistemaviy (struktural) sintaksis hukmiga havola etadi. Shuningdek, formal sintaksis kitob va o‘qimoq so‘zlari orasidagi sintaktik aloqani ham tekshiradi. Zero, bundagi o‘qimoq fe‘lining tuShum kelishigidagi so‘zni boshqaruvi ham bevosita kuzatishda berilgan nutqiy hodisadir. Lekin bu aloqa uchun [o‘qi] leksemasining biriktirish imkoniyati bo‘lmish ob‘ekt valentligi bevosita kuzatishda berilmagan. Bu esa struktural sintaksis tomonidan tekshiriladi. Struktural sintaksis tadqiqotlari uchun formal sintaksis tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar zamin, poydevor vazifasini o‘taydi. Demak, an‘anaviy sintaksissiz struktural sintaksisning bo‘lishi mumkin emas. Shakliy–tavsifiy sintaksis esa struktural sintaksissiz ham ish ko‘raveradi. Zero, struktural sintaksis mohiyatni tadqiq etar ekan, buning uchun hodisalar jamlangan bo‘lishi kerak. Hodisani jamlash uchun esa struktural sintaksis tiklaydigan mohiyatga ehtiyoj sezilmaydi. Har bir nutqiy parchada turli sath hodisalari qorishgan holda voqelanadi. Masalan, ―Salim keldi‖ gapida fonetik (tovushlar tizimi, ohang), leksik (so‘zlar), morfologik (grammatik shakllar) va uslubiy (masalan, so‘zlovchining munosabati yoki uslubiy betaraflik) sathlar o‘z izini qoldirgan. Formal sintaksis nutqiy parchani Shu holida, turli mohiyatlar zarralarining qorishmasi sifatida o‘rganadi va uning qorishmaligiga e‘tibor qaratmaydi. Struktural sintaksis esa nutqiy parchada qorishiq holatdagi sintaksisga daxldor bo‘lmagan jihatlarni e‘tibordan soqit qiladi. SHakily– tavsifiy sintaksis keltirilgan gapni muayyan (aniqlik) sifatida e‘tirof etsa, struktural sintaksis unda turli hodisalar qorishganligi sababli mohiyatini anglash mushkulligini hisobga olgan holda mavhum (noaniq)lik sifatida qaraydi. qorishiq hodisalar chetlashtirilgan mohiyat ―tozalangan‖ligi uchun struktural sintaksis tomonidan muayyanlik, bevosita kuzatishda berilmaganligi uchun esa u formal sintaksis tomonidan mavhumlik sifatida qaraladi. Demak, shakliy–tavsifiy sintaksis asosiy diqqatini hodisalarning zohiriy (bevosita kuzatishda berilgan) tomoniga, struktural sintaksis esa botiniy (bevosita kuzatishda berilmagan, ichki) tomoniga qaratadi. Ular bir-birini ham taqozo, ham inkor etadi. Formal sintaksis hodisalar bilan, sistemaviy sintaksis mohiyatlar bilan Shug`ullanadi deb ularning vazifalarini butunlay qarama-qarshi qo‘yish yaramaydi. Chunki an‘anaviy sintaksis mohiyatga intilganligi kabi sistemaviy sintaksis ham faqat an‘anaviy sintaksis to‘plagan hodisalargagina tayanadi. Bunda shakily–tavsifiy va sistemaviy sintaksisning o‘rganish manbalari jihatdan qarama-qarshiligi so‘nadi. Download 46.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling