Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi


Download 0.6 Mb.
bet117/123
Sana08.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1757638
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123
Bog'liq
1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon – 2022-fayllar.org

TEST SAVOLLARI
1. Doston bo‘lishi uchun qanday tarkibiy qismlar bo‘lishi zarur?

  1. Baxshi so‘z san’atinini puxta egallagan va yoqimli ovoz bilan soz chertib kuylashi kerak.


  2. Adabiy matn, musiqa, hofizlik va soz chertish


  3. Adabiy matn, voqeani mahorat bilan bayon qilish


  4. A va S

2. Baxshi so‘zining ma'nolari berilgan qatorni toping.

  1. Odamlarni shifolovchi, ularga dalda beruvchi shaxs


  2. Ustoz, ma'rifatchi


  3. So‘zdan mahorat bilan foydalana oladigan shaxs


  4. Xonanda, sozanda


3. Baxshi qaysi tildan olingan so‘z?



  1. Mug‘ulcha va buryatcha


  2. Xitoy, uyg‘ur tildan olingan


  3. Qadimgi turkiy tildan olingan


  4. Qadimgi oltoy, yoqut


4. Qashqadaryoning ayrim joylarida “Baxshi” so‘zi o‘rniga qo‘llanadigan so‘zni toping.



  1. Oxun

  2. Qayvoniy

  3. Oqin

  4. Yuzboshi

5. Qashqadaryo, Surxondaryo baxshilari dam olish paytini qanday ataganlar?



  1. “Ta'til”


  2. “Do‘mbira to‘ntarmon”


  3. “Hordiq oldi”


  4. Dam olish payti alohida nom bilan atalmagan


6. Go‘ro‘g‘li otasining kasbi nima edi?



  1. Sinchi

  2. Lashkarboshi

  3. Polvon

  4. Vazir

7. “Malika ayyor” dostonining bosh qahramonini toping.



  1. Hasanxon


  2. Nurali

  3. Maqotil

  4. Avazxon

8. “Alpomish” dostonining mukammal varianti qaysi baxshidan yozib olingan

  1. Po‘lkan shoir


  2. Islom shoir Nazar o‘g‘li


  3. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li


  4. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li


9. “Alpomish” dostonining mukammal variantini kim yozib olgan?



  1. Mahmud Zaripov


  2. Muzayyana Alaviya


  3. Olim Usmon


  4. Hodi Zarif


10. “Alpomish” dostonining mukammal varianti qachon yozib olingan?



  1. 1924

  2. 1926

  3. 1928

  4. 1930

11. “Alpomish” dostonida Boysarining qalmoq yurtiga ko‘chishiga kim qarshi chiqdi?


  1. Barchin

  2. Beklari

  3. Xotini

  4. Hech kim

12. “Alpomish” dostonida Boysari qalmoq yurtiga qilgan safarini Boysinning qaeridan boshladi?



  1. Ko‘kqamish ko‘lidan


  2. Olatog‘dan


  3. Chilbir cho‘lidan


  4. Bobir ko‘lidan


13. “Alpomish” dostonida birinchi xat qachon yozilgan?



  1. Qorajon Toychixonga


  2. Barchin Alpomishga


  3. Jallodlar Toychixonga


  4. To‘g‘ri javob qayd etilmagan


14. “Alpomish” dostonida Surxayil o‘g‘illaridan birining ismini toping.



  1. Korson

  2. Ko‘kasan

  3. Qo‘shquloq


  4. Ortiq

15. “Alpomish” dostonida Barchinning ikkinchi shartini bajarishda Ko‘kaldoshning o‘qi qancha masofaga uchib ketdi?

  1. 300qadam


  2. 500qadam


  3. Uzoqqa uchdi, ammo mo‘ljalga tegmadi


  4. Ko‘kaldoshning o‘qi umuman uchmagan


16. “Alpomish” dostonida zindonga yotgan Alpomishning ustiga tashlash uchun toshni qaerdan olishadi?



  1. Boboyob tog‘idan


  2. Zil tog‘idan


  3. Murod tog‘idan


  4. Alpomish ustiga tosh tashlamaydilar


17. “Alpomish” dostonida Yodgorni kim urdi?



  1. Qultoy

  2. Farmonqul

  3. Bodom bekach


  4. Ultontoz


18. “Kuntug‘mish” dostonining mukammal varianti qaysi baxshidan yozib olingan?



  1. Po‘lkan shoir


  2. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li


  3. Islom shoir


  4. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li


19. Folklor atamasini adabiyotga kim va qachon olib kirgan?



  1. Vilyam Toms,1846 yilda


  2. M. Koshg‘ariy, XI asrda


  3. Navoiy , 1500 yilda


  4. J.Svift, 1624


20. Mifologik afsonalarda cho‘l piri, hosildorlik homiysi shaklida namoyon bo‘luvchi qahramon nomi?



  1. Erxubbi

  2. Anbar ona

  3. Qayumars


  4. Xizr

21. «Kuntug‘mish» dostonida kimlar bir vaqtning o‘zida bir-birlarini tush ko‘radilar?

  1. Xolbeka va Kuntug‘mish


  2. Zamonqul va Zamongul


  3. Xolbeka va Xolmo‘min


  4. Kuntug‘mish va Xolmo‘min





Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling