Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi


Download 0.6 Mb.
bet98/123
Sana08.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1757638
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123
Bog'liq
1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon – 2022-fayllar.org

O‘xshatish - narsa-buyumning ma’lum bir belgisini boshqa narsa-buyumga solishtirishdir. O‘xshatish fikrni yaqqol ifodalash imkoniyatini beradi.
Mubolag‘a narsa-hodisalarning xususiyat, belgilarini kuchaytirib, orttirib tasvirlashdir. Mubolag‘a muayyan narsa-hodisalarni boshqalaridan alohida ajratib ko‘rsatish maqsadida qo‘llanadi.
Intonatsiya - lotincha “intonare” so‘z bo‘lib, “qattiq talaffuz etish” degan ma’noni bildiradi. U so‘zlovchining, asar muallifining hodisaga munosabatini anglatuvchi ifoda vositasi sanaladi. Badiiy asarda intonatsiyani turli tinish belgilari, misralarning joylashish tarzi bildirib turadi.
Parallelizm - ikki yoki undan ortiq narsa-hodisani yonma-yon qo‘yish orqali mazmunni yorqinlashtirish uslubi sanaladi. Unda narsa-hodisalar bir-biri bilan muqoyasa qilinadi yoki zidlashtiriladi. Ushbu yo‘l bilan fikr aniqlashtiriladi, uning ta’sirchanligi kuchaytiriladi.
Takror - parallelizmga yaqin tasvir usuli hisoblanadi. Matnda u aniq ko‘rinib turadi. Chunki takror ayrim so‘z, iboralarning ma’lum bir tartib asosida qayta-qayta qo‘llanishidir. Takror muayyan maqsadga muvofiq qo‘llanadi. Takrorning anafora, epifora, misralar takrori singari ko‘rinishlari bor.
Anafora - yunoncha “anaphor” so‘z bo‘lib, “yuqoriga ko‘tarilish” degan ma’noni bildiradi. Bunda bir xil so‘z yoki so‘z birikmasi she’r misralari boshida aynan bir xil tarzda takrorlanib keladi.
Inversiya - lotincha “inversi” so‘z bo‘lib, “o‘rin almashtirish” degan ma’noni bildiradi. Bunda gap bo‘laklari grammatika me’yorlari tartibidan farqliroq tarzda qo‘llanadi. Inversiya ta’kidlanmoqchi bo‘lgan fikrga mantiqiy urg‘u berish, uni kuchaytirish, ta’sirchanligini oshirish maqsadida qo‘llanadi.
Antiteza - fikr ta’sirchanligini oshirish maqsadida qo‘llanadigan ifoda usullaridandir. U qarama-qarshi fikrlarni ifodalash uchun ishlatiladi.
Ritorik murojaat - tantanavorlik, ko‘tarinkilik yoki kesatish, kuchli g‘azab, nafratni ifodalash uchun qo‘llanadigan xitob shaklidagi ifoda usulidir.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling