O’zbek bolalar adabiyotida avtobiografik qissalarning kompozitsiyasi va tili

Download 1.45 Mb.
bet2/8
Sana27.01.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1130599
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbek bolalar adabiyotida avtobiografik qissalarning kompozitsiyasi

KOMPOZITSIYA (lot. compositio — tuzilish, birlashish, bogʻlanish) —badiiy asarning mazmunan, xarakteri va maqsadi jihatidan bogʻlangan qismlarining joylashishi. Adabiyotda Kompozitsiya — asarni badiiy shakllantirishga xizmat qiladigan turli qismlarning holati, oʻzaro bogʻliqligi, voqea, xarakter-obrazlar, lirik chekinishlar, tafsilotlar bayoni va sh. k. maʼlum maqsadga boʻysundiriladi. Asar Kompozitsiyasining yaxlitligi uning asosiy shartidir. Ortiqcha personaj, epizod va detallar asar qimmatini pasaytiradi. Shuning uchun ham badiiy asarda hech qanday yetishmovchilik ham, ortiqchalik ham boʻlmasligi kerak. Kompozitsiyaning oʻziga xosligi syujet unsurlarining qanday tartib bilan joylashtirilishiga, syujetdan tashqari unsurlar (lirik, falsafiy-publitsistik chekinishlar, qoʻshimcha epizodlar)ning

bor-yoʻqligiga, peyzaj, portret, psixologik tasvir, muallif tavsifi kabi vositalarning meʼyori va tartibiga bogʻliq. Kompozitsiya yaratish usuli va uslublari turli-tuman. Qadimdan Kompozitsiyani asar gʻoyasi bilan uzviy bogʻliq holda tushunib kelingan. Kompozitsiya asarning shunchaki tuzilishi emas, balki shu tuzilishning maqsadi, uning nima asosida tuzilganligidir.

Kompozitsiya asar gʻoyasiga bogʻliq. Tanlangan obraz yoki voqea asarga kiritish uchun muvofiqmi yoki yoʻqmi — buni faqat yozuvchi aytmoqchi boʻlgan gapga nisbatan aniqlash mumkin. Bu ham Kompozitsiyaning muhim bir tomoni. Kompozitsiya shu jihati b-n asarda mazmunning qay darajada mazmundorligini koʻrsatuvchi muhim omillardan. Har bir san’at turi muayyan vositalar yordamida yaratiladi. Rassomlar o‘z asarlarini qalam yoki bo‘yoq yordamida, haykaltaroshlar – gips, bronza yoki tosh yordamida, yozuvchi va shoirlar esa so‘z yordamida yaratadilar.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling