O’zbek davlatchiligi tarixi va shaharsozlik madaniyati


Download 19.84 Kb.
bet5/5
Sana31.01.2024
Hajmi19.84 Kb.
#1820105
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbek davlatchiligi tarixi va shaharsozlik madaniyati Murtozayev M

Tuproqqalʼa 1938—1950-yillarda S. P. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan oʻrganilgan. Uning tarhi toʻgʻri burchakli (500×350 m) boʻlib, gumbazsimon yoʻlakli va burjli mudofaa devori bilan oʻralgan. Devorning mustahkam janubiy darvozasidan otashkada tomonga markaziy koʻcha oʻtgan. Koʻndalang tushgan koʻchalar shaharni 10 ta kvartalga (mahalla) ajratgan. Tuproqqalʼaning madaniy qatlamidan milod boshlaridan VI asrgacha boʻlgan davrga oid ashyoviy materiallar chiqqan. Tuproqqalʼaning shimoli-sharqiy qismida maxsus koʻtarma supa (balandligi 14 m, maydoni 80*80 m) ustiga xom gʻishtdan saroy qurilgan. Unga yondosh qilib balandligi 25 m li 3 ta minorasi boʻlgan ark binosi (maydoni 40×40 m) bunyod etilgan. Arkka sharq tomonidan koʻtarma yoʻlak orqali kirilgan. Tuproqqalʼadan 100 ga yaqin turar joy, xoʻjalik binolari va 8 ta saroy xonalari topilgan.

  • Tuproqqalʼa 1938—1950-yillarda S. P. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan oʻrganilgan. Uning tarhi toʻgʻri burchakli (500×350 m) boʻlib, gumbazsimon yoʻlakli va burjli mudofaa devori bilan oʻralgan. Devorning mustahkam janubiy darvozasidan otashkada tomonga markaziy koʻcha oʻtgan. Koʻndalang tushgan koʻchalar shaharni 10 ta kvartalga (mahalla) ajratgan. Tuproqqalʼaning madaniy qatlamidan milod boshlaridan VI asrgacha boʻlgan davrga oid ashyoviy materiallar chiqqan. Tuproqqalʼaning shimoli-sharqiy qismida maxsus koʻtarma supa (balandligi 14 m, maydoni 80*80 m) ustiga xom gʻishtdan saroy qurilgan. Unga yondosh qilib balandligi 25 m li 3 ta minorasi boʻlgan ark binosi (maydoni 40×40 m) bunyod etilgan. Arkka sharq tomonidan koʻtarma yoʻlak orqali kirilgan. Tuproqqalʼadan 100 ga yaqin turar joy, xoʻjalik binolari va 8 ta saroy xonalari topilgan.
  • Xonalar devori boʻrtma naqshlar va relyefli rangli haykallar bilan bezatilgan (qarang Tuproqqalʼa devoriy rasmlari va haykallari). Tuproqqalʼaning sharqiy qismida qurol-aslaha ustaxonasi boʻlgan, u yerdan temir nayzalar, 3 parrakli oʻqlar, saroyning yemirilib ketgan 2-qavatidagi podsho arxividan esa teri va yogʻoch taxtachalarga yozilgan 100 dan ortiq hujjatlar topilgan. Ular qadimiy xorazmiy tilida bitilgan (I—III asrlar). Tuproqqalʼadan jun, shoyi, ip gazlama parchalari, boʻyra, rangli gilam, koʻplab haykal boʻlaklari, sopol buyumlar va Kushon tangalari topilgan. Qalʼa sugʻorish inshootlarining buzilishi, harbiy toʻqnashuvlar natijasida xarobaga aylangan.
  • Qadimgi Naxshab, Nashebolo, Nasaf nomlari bilan mashhur shaharning qadimgi xarobalari hozirgi Yerqo'rg'onda joylashgan bo'lib, hozirgi Shayxali bekati hududida zamonaviy Qarshi shahri ma'muriy hududining shimoliy chegaralaridan bir yarim kilometr uzoqlikda joylashgan.
  • Yerqo'rg'onning hududi ichki va tashqi devorlari chegarasida eski shahar xarobalaridan iborat bo`lgan turli xil kattalikdagi balandliklar bilan o'ralgan. Eng katta balandlik hukmdor qasri ekanligi ma`lum bo'ldi. shuningdek, sitadel (qal'a ichidagi qo'rg'on), shahar ibodatxonasi, maqbara, zardushtiylik ibodatxonasi, hunarmandlar mahallalari qazib olindi. Yerqo'rg'on atrofida, butunlay yo'qolib ketgan, o'zaro zich joylashgan shahar oldi imoratlar bo'lgan va ilk ming yillikning birinchi yarmida keng jihozlangan shahar oldi hududi g'arbga tomon Qashqadaryo daryosi sohillarigacha cho'zilgan. Yerqo'rg'ondagi shahar VI asrda eftalitlar davlatini ishg'ol qilish davomida Turk xoqonligi va eron sosoniylarining birlashgan kuchlari tomonidan yoqib yuborilgan va vayron qilingan.
  • Yerqo'rg'on shahri qazilmalaridan olingan ko'plab buyumlar to'plami Qarshi vohasi hamda poytaxt shahri tarixi va madaniyati bir necha bosqichda rivojlanganligini isbotlashga yetarli asos bo'la oladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 19.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling