O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari Ilk davlatchilikning asosiy omillari. Dastlabki shaharsozlik madaniyati


Download 76 Kb.
bet2/2
Sana29.10.2023
Hajmi76 Kb.
#1732868
1   2
Bog'liq
01 O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va dast~

Shimoliy Baqtriyaga (Surxon vohasi) keyin esa So‘g‘diyona (Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro vohasi), Xorazm va Farg‘ona hududlariga tarqaladi. Qadimgi shaharlar -tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi. Fikrimizcha, shaharlar tarixini o‘rganish jarayonida dastavval eng qadimgi shaharlar shakllanishi va rivojlanishi; aniq hududlar yoki viloyatlardagi tarixiy-madaniy shart-sharoitning ta’siri, ekologik, geografik, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik muhitlarning darajasi va ta’sir doirasi, shaharlarning vazifasi, qadimgi shahar markazlarining tarixiy-madaniy jarayonlardagi o‘rni va ahamiyati masalalariga keng e’tibor qaratish lozim.
Ko‘pchilik tadqiqotlar natijalarini tahlil etar ekanmiz, shunday xulosaga kelish mumkinki, O‘rta Osiyo hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyati mil avv. II ming yillikdayoq, ya’ni, bronza davridayoq shakllana boshlaydi. Bu davrda ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi natijasida mehnat unumdorligi ortib boradi. Natijada turli tarixiy viloyatlarda joylashgan yirik mustahkam manzilgohlar o‘rni va atroflarida (Sopolli, Jarqo‘ton, Namozgoh, Qiziltepa, Yerqo‘rg‘on, Bandixon, Uzunqir) dastlabki shahar markazlari shakllanib rivojlana boshlaydi.
Xullas, O‘rta Osiyodagi urbanizatsiya jarayonining xronologiyasi va shakllari nisbatan turlicha bo‘lib, bu jarayon faqat ichki tabiiy-geografik va ijtimoiy-siyosiy sharoitlar hamda qo‘shni jamoalardagi madaniy ta’sir bilan bog‘liq bo‘lmasdan, dastavval, Yaqin va O‘rta Sharqdagi (Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Eron) jahon urbanistik markazlari bilan ham chambarchas bog‘liq edi.
O‘lkamiz hududlaridagi ilk shaharlar qishloqlardan iqtisodiy, siyosiy va madaniy mavqesi bilan ajralib turgan. Bu shaharlar asosan aholisi sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullangan vohalarda, qadimgi savdo yo‘llari bo‘ylarida, hukmdorlar qarorgohlari atroflarida paydo bo‘lgan. Bunday shaharlar o‘zlari joylashgan vohalarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va harbiy markazlari vazifasini bajargan bo‘lishi shubhasizdir.
O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari
Jahonning turli mintaqalarida ibtidoiy jamoa tuzumining emirilishi jarayonida ilk davlat uyushmalarining yuzaga kela boshlanganligini kuzatish mumkin.
Dehqonchilikning va chorvachilikning paydo bo’lishi, xunarmandchilikning vujudga kelib taraqqiy etishi, mehnat qurollarining takomillashishi mehnat unmdorligining oshishiga olib keldi.
Ayni paytda urug’ jamoasi xududiy qo’shni jamoasiga aylana bordi.
Aholi joylashgan erlarni, dehqonchilik bilan mashg’ul vaholarni dushmandan himoya qilish, jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini huquqiy rivojlantirish va nazorat qilish zarurati ilk davlat birlashmalari rivojlanishining boshlanishiga sabab bo’ldi.
Masalan miloddan avvalgi 4- ming yillikda Mesopotamiyada, mil. avvalga 3-ming yillik boshlarida Misrda ilk davlatlar paydo bo’ldi.
O’zbekiston tarixiga doir voqea va hodisalarning tahliliga yangicha yondashish tufayli Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekiston xududida dastlabki davlatlarining tashkil topishi tarixiga 3-ming yil bo’ldi, degan ilmiy xulosaga kelish mumkin.
Mil. avv. 1-ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan viloyatlarida ilk davlat birlashmalari paydo bo’la boshlaydi. Qishloqlar kengayib shaharlarga aylanib borar ekan, bu shaharlar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmalarining ma’muriy markazi bo’la boradi.
Avestodagi ma’lumotlar, Gerodot va Gekatey asrlari (Qatta Xorazm), shuningdek, Ktesiyning, Qadimgi Baktriya podsholigi haqidagi ma’lumotlari Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalarining uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tadqiqotchilar bu davlatlarining shakllanish jarayonini axmoniylargacha bo’lgan davrda deb xisoblaydilar va mil. av. IX-VII asrlar deb belgilaydilar.
Katta Xorazm davlati tarkibiga Amudarening quyi oqimidagi shimoliy erlar, Murg’ab vahosi va Parfiya xududlari, Baktriya davlati tarqibiga esa xozirgi Surxandaryo, Tojikistonning Amudaryoga yoki erlar va Shimoliy Afganiston xududlari, Sug’diena — Zarafshon daryosidan suv ichgan erlar va Qashqa vahosi xududlari kirgan.
Markaziy Osiyo xalqlari mil. avv. VI-IV asrlarda, ya’ni qarayib 200 yil mobaynida Eron ahamoniylari xukumronligi ostida yashadilar.
Faqat mil.avv. IV asrlarga kelib ahamoniylarning markaziy hokimiyati kuchsizlana boshlagan, zulm asoratida bo’lgan xalqlar o’z mustaqilliklariga erishish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Markaziy Osiyoda o’z mustaqilligiga birinchilar qatorida Xorazm vohasi erishdi.
Iskandar Zulqarnayn Eronning asosiy viloyatlarini bosib olgach, mil.avv. 329 yilning bahorida Xindikush tog’idan oshib Markaziy Osiyo hududlariga kirib keladi.
Bosqinchilarga qarshi umum xalq urushi e’lon qilgan Baktriyaliklar, so’g’ienaliklar va skiflar uch yil davomida dushman bilan mardonavor jang qiladilar.
Xalqning yunon-markazi bosqinchilariga qarshi kurashiga mahalliy sarkordalardan bo’lgan Spitamen boshchilik qiladi.
Mil.avv. 327 yilning oxirlarida Sug’diena Iskandar tomonidan batamom bosib olinib, qo’zg’olon bostirildi.
Mil.avv. IV asr oxirida Iskandar saltanati uch mustaqil davlatga: Makedoniya, Misr, Curiya va sharqqa bo’linib ketadi. Suriyadan to Markaziy Osiyo Hindistonchaga Makedoniyalik Iskandarning eng ishonchli sarkadarlaridan biri Salovkaga tegadi. O’rta Osiyo xalqlarining mil. avv. 312 yldan 250 yilgacha bo’lgan tarixi salavkiylar tarixi bilan chambarchas bog’liqdir.
Mil. avv. 250 yillagacha kelib, Markaziy Osiyoda salavkiylar davlatidan ikkita-dastlab Parfiya, keyin esa yunon-Baktriya davlatlari ajralib chiqadi. Yunon-Baktriya davlatlarining asosi Baktriya bo’lib, ba’zi hokimlar davrida Xindistonning shimoliy-g’arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o’rtasidagi katta erlar qo’shib olinadi. Davlatning poytaxti Shimoliy Afganistondagi Baktro shahri edi.
Yunon-Baktriya m.a. II asrning uchinchi choragiga kelib Sharkiy Turkiston orkali kirib kelgan yuechji va sak kabilalari xujumi natijasida butunlay inqirozga uchradi.
Xozirgi Turkmaniston va Eronning bir qismini o’z ichiga olgan qadimgi parfiya davlati mustaqil davlat va imperiya sifatida 500 yildan ziyodroq yashagan.
Mil. avv. II-I asrlarda M.Osiyoda mavjud bo’lgan davlatlarining yana biri bu Parkana davlati bo’lib u Xitoy manbalarida Davon deb yuritiladi. Xitoy ma’lumotlariga ko’ra mil. avv. II asrda Farg’onada 300 ming aholi yashagan. Vahoda shaxarlar ko’p bo’lib, poytaxti Erish shahri (xozirgi Marhamat) edi.
Davon qishloq xujaligi yuksak darajada rivojlangan mamlakat edi.
Mil. avv. III asrning boshlarida payda bo’lgan yana bir davlat Kang’ davlati edi. Bu davlatning xududi dastlab Sirdaryoning o’rta oqimidagi erlardan (Toshkent vohasi hamda unga tutash tog’ va cho’l zonalari) iborat edi.
Mil avv. II-I asrlarda qang’liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi erlarni va Xorazmni o’zlariga bo’ysindiradilar.
M.a. I va milodiy II-I asrlarda Qang’ davlati iqtisodiy va madaniy jixatdan ancha rivojlangan davlat edi.
Qang’ davlatining asosiy aholisi o’troq va yarim o’troq bo’lib uning xududida ko’chmanchi chorvadorlar ham yashar edi. O’troq aholi asosan vodiyda yashab, dehqonchilik, bog’dorchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelgan.
M.a. II-I asrlarda Urta Osiyo xududidagi yana bir mustaqil davlat Toxariston edi. Toxar qabilalari Baqtriyada yunon-Baqtriya xukmdorligini tugatgandan so’ng uni shunday nomlashdi.
Toxarlar qisman ko’chmanchi bo’lib qolaverishgan. Ularda yagona davlat bo’lmaganidek, oliy xukmdor ham yo’q edi, har bir shahar o’z hokimi tomonidan boshqarilgan.
Xitoy manbalarida yuechji deb nomlangan qadimgi massagetlar xunnlar tomonidan M.Osiyo ulariga surib chiqarildilar va miloddan avv. 140-130 yillarda ular yunon-Baktriyaga kirib kelishdilar. Ular bu beshta xokimlikka birlashib yashadilar. Tez orada yuechji qabilalarining taz’yiki ostida yunon-Baktriya davlati parchalanib ketdi.
M.av. 1-asr oxirida mil. 1 asr boshida bu erda ya’ni Baktriyada yuechji qabila birinchi xokimi Kujula Kadfiz bo’lgan Qushon davlati tashkil topdi.
Miloddiy 1 asrga kelib Qushon davlati o’z axamiyatiga kura antik davr Xitoydagi Xan davlati, parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi.
Kujula Kadfizdan sung uning ug’li Vima Kadfiz davrida mamlakatda pul islohati o’tkazilib oltin tangalar zarb qilina boshladi.
Qushon podsholari ichiga eng malihuri Kanishka xisoblanadi. Uning xokimlik davrida Qushonlar saltanati yanada izllab yashnadi. Mamlakat poytaxti Peshavar atrofida edi. Mamlakatining xududi Shimoniy Xindstan, Afganiston, Markaziy Osiyoda kupgina viloyatlar, sharkiy Tarkistondagi ibarot edi.
Kanishkadan so’ng Vosishka podsholigi davrida kushonlar saltanati, inqirozga uchray boshladi.
Qushon davrida Markaziy Osiyoning deyarli barcha viloyatlari qishloq xujaligini yaxshi o’zlashtirib olgan edilar chorvachilik ham rivojlanadi.
Xunarmadchilik faqat yirik shaharlarda emas kichikroq manzilgohlarda ham rivojlandi. Qushonlar davrida savdo-sotiq ichki va tashqi savdo ayniqsa rivojlandi.
IV asrda Urta Osiyoda Qushon podshoxlari yo’q buldi boshqa kabiloviy vakillari-xonlar yoki xionitlar etakchi rol uynay boshladi.
V asr urtalarida esa Urta Osiyo xududida yangi qudratli davlat Eftaliylar podshohligi shakllanishi oxiriga etdi.
Manbalarda baxo berilishicha, 457 yildan boshlab eftaliy podshohi Vaxshunvor Chog’anien, Toxariston va Bazaxshonni uziga bo’ysindirgan.
Massagetlar avlodi — eftalitlar qushonlar siyosatini davom ettirib, Urta Osiyo, sharqiy eronning bir qismi, Shimoliy Xindiston va Sharqiy Turkistonni xalqlarini yagona davlatga birlashtirdilar.
Eftaliylar davlati markaziy Osiyo halqlari tarixida muhim o’rin tutib, keyinchalik o’z urnini 563-567 yillardagi quralidan so’ng tarix moydanidagi yangi siesiy kuch-Turk xokonligiga bo’shatib berdi.
Turk xokonligi tarkibiga Sharkiy Turkiston, Shimoliy Xindiston va Kaspiy dengizigacha bo’lgan O’rta Osiyo xududi kirar edi.
588 y. Erondagi sosoniylar davlati va turk xokonligi lashkarlari orasida jang bo’lib, unda turklar mag’lubiyatga uchradilar. Shundan so’ng Turk xokonligi sharqiy xamda g’arbiy qismga bulinib ketdi.
VII asr urtalarida yirik Arab xalifaligi davlati tashkil topdi. Arab xalifaligi VIII asr boshlarida butun Mavarounnaxrni bosib oldi. Arab istilosi bilan birga bu erga islom dini ham kirib keldi.
VIII asrning oxiri IX asr boshlarida Arab xalifatligi chuqur siesiy inqirozga uchradi.
Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan vaziyat xalifalikni sharkiy viloyatlarni va Mavarounnaxrni idora qilishni mahalliy zadag’onlar vakillari Toxoriylar va Somoniylarga berishga majbur qildi. Ular tez orada falifalikdan mustaqil siyosat yurita boshladi.
Somoniylar Mavarounnaxrni boshqarishda mahalliy an’analarga asoslanadilar. Ular dehkonchilik, xunarmandchilik va savdoni rivojlantirishni, soliq tizimini tartibga solishni mamlakatni boshkarishda shariat qonunlariga amal qilishni davlat vazifasi darajasiga ko’tardilar.
Ismoil Somoniy davrida davlat tizimini mustaxkamlaliga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirildi. Natijda qadimgi sharq davlatchiligi an’analariga asoslangan markazlashgan boshqarish tizimi yaratildi.
Narshaxiyning ma’lumotlari bo’yicha, Somoniylar davlatining markaziy boshkaruvi 10 davondan iborat bo’lgan.
X asr oxirlarida Somoniylar davlati qulab, Mavarounnaxrda xukimronlik Qoraxoniylar quliga utdi. Qoraxoniylar davlatni el-yurt va viloyatlarga bo’lib boshqardilar.
Qoraxoniylar davlatning boshlig’i tamgachxan ya’ni xonlar xoni yoki Qoraxon-ulug’ xon deb yuritilgan. Qoraxoniylar davrida er egaligining iqta shakli keng avj oldi.
XII asrning 2 yarmida Mavorounnaxrda Qoraxoniylar davlati inqirozga yuz tutib, uning o’rnida harbiy turk sarkardalari tomonidan boshqariladigan mayda feodal ulkalar paydo bo’ldi.
O’rta Osiyoning janubiy g’arbidagi qudratli Seldjukiylar davlati XII asr o’rtalarida zaiflasha boshladi. Yuzaga kelgan siesiy vaziyatda Xorazmshaxlar mamlakati kuchaya boshladi. Xorezmshaxlar unvonini XI asr oxirida Qutbaddin Muxammad tiklagan edi. 1127-1156 yillarda xukmronlik qilgan Otsiz davrida Xorazm kuchli davlatga aynaldi. Uning vorislari Elarslon (1156-1172) va Alauddin Takash (1172-1200) davrida Xorazm erlari yanada kengayib u sharqdagi qudratli davlat bo’ldi. Xorazmshax Muxammad davrida (1200-1220) Xorazmga butun Mavarounnaxr qushib olindi.
Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling