O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari


Amir Temur va Temuriylar davlati


Download 35.94 Kb.
bet4/8
Sana30.10.2023
Hajmi35.94 Kb.
#1734028
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 mavzu

Amir Temur va Temuriylar davlati. Buyuk davlat arbobi va mahoratli sarkarda Amir Temur 1336 yil 9 aprelda (hijriy 736, sha’bon oyining 25 kunida) Keshga qarashli Xo‘ja Yangi (hozirgi Yakkabog‘ tumani) qishlog‘ida barlos beklaridan biri Amir Tarag‘ay ibn Barqal oilasida dunyoga keldi. Onasi Takinaxotun Keshning obro‘li bekalaridan biri bo‘lgan. 1360-1361 yillarda Mo‘g‘uliston hukmdori hoqon Tug‘luq Temur Movarounnahrning ichki hayotiga rahna sola boshlaydi. Uning bosqinchilik tadbirlari O‘rta Osiyolik mustaqil hukmdorlarga ma’lum bo‘lganidan keyin ular sarosimaga tushib qolganlar. Shular qatoriga Kesh amiri Hoji Barlosni ham kiritish mumkin. Tug‘luq Temur Xo‘jandni ishg‘ol etish niyatida Sirdaryodan o‘tganidan so‘ng Movarounnahr amirlari va Hoji Barlos qo‘rquvdan o‘z jonlarini xalos etish uchun Amudaryodan o‘tib Xurosonga ketib qoldilar.1360-1370 yillarda Movarounnahr siyosiy hayotida Amir Temur bilan bir qatorda ta’sir o‘tkazgan shaxslardan yana biri Amir Qozog‘onning nabirasi amir Husayn edi. Balx va uning atrofidagi yer-mulklar uning tasarrufida edi. Amir Xusayn bilan Sohibqiron Temurning bir-birlari bilan juda yaqinlashgan va yaxshi munosabatda bo‘lgan davrlar 1361-1365 yillarni o‘z ichiga oladi.1366-1370 yillar oralig‘ida Amir Temur o‘z e’tiborini ichki ishlarga qaratdi. Amir Husayn va Amir Temur o‘rtasidagi ziddiyatlar 1370 yilda Husaynning o‘ldirilishi va Amir Temurning taxtga o‘tirishi bilan yakunlandi. Movarounnahrning amaldagi xoni Chingizxon avlodiga mansub bo‘lgan Suyurg‘atmish qo‘liga o‘tdi. Davlat boshqaruv tizimi esa Movarounnahr amiri nomini olgan Amir Temir qo‘lida qoldi, hamda Kesh shahridan Samarqandga ko‘chib, uni o‘z davlatining poytaxtiga aylantirdi. Amir Temurning Movarounnahrdagi birlashtirish siyosati boshlangan edi. U Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida turgan yerlarni o‘ziga bo‘ysundirib, o‘ziga itoat ettirdi. Farg‘ona, Shosh viloyatlarini o‘z tasarrufiga kiritish unga qiyin bo‘lmadi. Sirdaryoning quyi oqimidagi Oltin O‘rdaga qarashli erlarni egallashda u bu yerlardagi ichki sulolaviy urushlardan foydalandi.Amir Temurning harbiy yurishlari tarixda “uch yillik” (1386-1388) “besh yillik” (1392-1396) “etti yillik” (1399-1405) urushlar deb nom olgan. Temur 1381 yilda Hirotga yurish qiladi. Bu davrda Hirotni kurdlar sulolasi boshqarar edi. Ularning hukmdori G‘iyosiddin Pir Ali Temurga qattiq qarshilik ko‘rsatmadi. Lekin 1383 yilda Hirotda qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Qo‘zg‘olon bostirildi va kurdlar sulolasi qulashi bilan sarbadorlarning so‘nggi hokimi bo‘lgan Ali Muayyod ixtiyoriy suratda o‘z yerlari va hokimiyatini Temurga topshirdi. XIV asrning 80-yillari o‘rtasiga kelib butun Xuroson Amir Temur ixtiyoriga o‘tdi. “Uch yillik” urush davrida Amir Temur Ozarbayjon, Tabriz, Mozandaron, G‘ilonni bo‘ysundiradi. Shundan keyin u Kavkazga yurish boshlab, Tiflis, Arzirum va Van qal’asini egalladi. Amir Temur 35 yil davomida harbiy yurishlar qiladi. Bu yurishlar natijasida u buyuk davlat tashkil qilishga erishdi. Uning tarkibiga Movarounnahr, Xorazm, Kaspiy atrofidagi viloyatlar, hozirgi Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq, Janubiy Rossiya, Kavkaz va G‘arbiy Osiyoning bir qator mamlakatlari kiradi. Amir Temurning muvaffaqiyatiga avvalo uning nodir harbiy iste’dodi sabab bo‘ldi. Amir Temur qo‘shinida qat’iy tartib va intizom o‘rnatilgan edi. Har bir jang rejasini va barcha qismlar uchun yo‘l-yo‘riqlarni o‘zi ishlab chiqardi. Uning harbiy iste’dodi Anqara yaqinida Sulton Boyazidga qarshi jangda ayniqsa yorqin namoyon bo‘ldi. Armiyaning yuragini va qo‘mondonlik o‘zagini barlos urug‘i vakillari tashkil etardi. Shu davr voqealarining shohidi bo‘lganlarning guvohlik berishicha barloslar harbiy qo‘nimsizlikka nihoyatda chidamli, yoydan o‘q uzishga juda usta, o‘z hukmdorlariga sodiq va sabr-toqatli bo‘lganlar.

Download 35.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling