O`zbek davlatchilik tarixi
Turkistonda inson huquqlarining poymol etilishi
Download 77.34 Kb.
|
DAVLATCHILIK
1.2. Turkistonda inson huquqlarining poymol etilishi.
Rossiya imperiyasi Turkiston o`lkasini istilo qilganidan keyin, mahalliy xalqlarni mustamlaka istibdodiga soluvchi qonun - “Turkiston o`lkasini boshqarish to`g`risida nizom” ni joriy etdi. Nizom o`lkada mahalliy aholini insoniy va siyosiy huquqlarini rasman poymol bo`lishiga olib keldi. Nizomga ko`ra, kichik mirshabdan tortib, general-gubernatorgacha mahalliy aholiga nisbatan cheklanmagan jazo choralarini qo`llashi mumkin bo`lgan. Shaharlardagi rus aholisiga berilgan imtiyozlar musulmonlarga tegishli bo`lmagan. “Musulmon aholini kuchaytirmaslik uchun ularni imtiyozlardan mahrum etish o`rinlidir”, - deyilgan edi rasmiy xujjatlarda. Turkiston tarixi tadqiqotchilaridan G.Safarov o`lkadagi Yevropa aholisining barcha qatlami “umumiy mustamlakachilar” deb atalgani bejiz bo`lmagan. Chorizmning ruslashtirish siyosati va rus kelgindilariga tub joy aholi yerlari bo`lib berilishi Turkistondagi milliy ozodlik harakatini yuzaga keltirgan asosiy sabab bo`lganligini yozgan. “Barcha ruslar, - deb aytgan edi G.Safarov, - Turkistonning tub joy aholisi odamlar emas, balki ursa talasa, zo`rlasa mumkin bo`lgan ish hayvonlaridir, - degan ruhda yashagan va tarbiyalangan”.3 Chorizm mahalliy xalqning urf-odatlarini, islom dinini ham toptashdan toymadi. Mahlliy aholini diniy amallarni bajarishiga to`sqinlik qilib ularni qattiq taxqirladilar. Turli zo`ravonliklar olib borib ularni dinidan ayirishga harakat qilishdi. Muqaddas kitoblarini o`qib o`rganishlarini ham qattiq qarshilik qilib kuchli nazorat ostiga olishadi. 1898-yildagi Andijon qo`zg`olonidan keyin mustamlakachilar o`lkani ruscha o`zlashtirish siyosatida har qanday niqobdan voz kechib ochiqchasiga zo`ravonlik yo`liga o`tdilar. Musulmonlarni ruslarga majburiy ravishda sajda qildirish odatini rasm qildilar. Qator adabiyotlar va arxiv materiallari ham Rossiya imperiyasi hukmron doiralari Turkiston xalqining diniy haq-huquqlarini qanday poymol etganidan yaqqol dalolat beradi. Rus hukmron doiralarining Turkistondagi hukmronligi uchun taxlikali vaziyat vujudga keldi. Rus mustamlakachilari Turkiyaning Turkistonga havf solishidan havfsirar edi. Shuning uchun ham mustamlakachilar Turkiya va Turkistonni birlashtirib turuvchi qardoshlik rishtalarini uzishga harakat qildilar. Yarim podshodan o`rnak olgan rus mustamlakchilariham “ har kuni Eski shahar bozoriga kirib aylanib yurar edilar. Ko`cha va rastalrdagi xalqni o`ziga salom qildirmoq balosiga mubtalo edilar. Kim salom qilmasa yoki do`kondan pastga tushib, qo`l qovushtirib turmasa, darhol ustiga borib: “…Eshon!” deb qo`lidagi tayoq bilan boshiga solar edi. Mazlum xalq bu xo`rlik va razolatni ko`rib: “ Tavba qildim,to`ra, man ko`rmay qolibman”, der edi. Ko`proq tavba qilib, iltiijo qilg`onida rahm qilsa, qo`yare di, bo`lmasa, paliska chaqirib, turmaga – qamoqqa yuborar edilar”.4 Bunday shafqatsiz va haddidan oshgan zo`ravonlikdan maqsad Farg`ona aholisi jangovorligini sindirib, butun o`lkani qo`rquvga solish edi. Chorizmning Turkiston o`lkasida tatbiq etgan “Turkiston o`lkasini boshqarish haqidagi Nizom” o`lka xalqlari insoniy va siyosiy huquqlarini rasman poymol etuvchi qonunlar majmuasi edi. Unda mustamlakachilik tamoillari yaqqol aks etgan bo`lib, uning moddalari 50 yil davom etgan imperiya hukmronligi davrida metropoliya manfatlariga moslab ozgartirilib turildi. Shuni ham aytib o`tish kerakki, rus mamuriyati qonunlarni o`zi istaganicha o`zgartirib, mahalliy aholining iqtisodiy, ijtimoiy, diniy va siyosiy erkinligini uzoq vaqt davomida ho`rlab keldi. Buning oddiy isboti oddiy pristav ham o`z hohishicha hohlagan odamini jazolashi, qamashi yoki surgun qilishi mumkin bo`lgan. Bu kabi ishlar oddiy xalq aholisini har qanday qonun va qoidalarga so`zsiz itoat etib hech qanday etiroz bildirmay yashashiga majbur etgan. Senator graf K.K.Palen Turkiston tumanboshilarini o`zbek xonliklaridagi “beklarning xuddi o`zginasidir”5 , deb atagani bejiz emas. Ular qo`l ostidagi xalqdan istagan kishiga jarima solishlari va 7 kungacha qamab qo`yishlari mumkin edi. Turkiston general gubernatori markazdan doimiy andoza olib turar va u asosda o`lkani boshqarar edi. O`lkada mirshablik holati kuchaytirib borilgan. Mustamlakachi mamurlar joylarda josuslik nazoratiga keng yo`l ochib qo`ydilar. Chorizm 1892-yil 18-iyunda kuchga kirgan “Harbiy holatda deb e`lon qilingan joylar haqidagi qoidalar” ni Turkiston o`lkasida tadbiq ettilar. Bu rus mustamlakachilariga turli vakolatlar darvozasiga keng yo`l ochib berdi. “Kuchli muhofazada” deb e`lon qilingan joyda Turkiston general gubernatori majlis yig`inlarini tarqatib yuborish, savdo-sanoat korxonalarini yopish, matbuot organlarini taqiqlash, istagan odamini surgun qilish, jarimaga tortish va boshqa huquqlarni olgan. 1892-yil 18-iyundagi “Qoidalar” esa harbiy holatni o`rnatib, fuqarolar ishini ham harbiylar qo`liga topshirdilar. Turkistonda har ikki mirshablik qonunlari qisqa uzulishlar bilan 1982-yildan 1917-yilga qadar muntazam amal qildi. Turkistondagi mustamlakachilar markazdan olingan keng vakolatlari yetmaganday, endi o`lkada xuddi mustabit xonlar zamonasiga taqlidona, o`lim jazosini oshkora ijro etishga ruxsat olishdi. General Gubernato harbiy vazirga yo`llagan maktubida yozgan: “ Tajriba shuni ko`rsatadiki, endi o`lkada oshkora qatl ijrosigina mahalliy aholiga yaxshi tasir ko`rsata oladi. Sizdan, Rossiya hududida o`lim hukmini oshkora ijro etmaslik haqidagi qonunni Turkiston o`lkasiga tadbiq etmaslik uchun zoti Oliylari ijozatlarini olib bersangiz, deb iltimos qilaman”6. Chor amaldorlari Turkiston xalqlari huquqlarini cheklash sababini shunday izohlaydilar: “ Turkiston o`lkasining yerli aholisi hali juda past rivojlanish bosqichida turibdi. Ular o`z mamuriyati va sudini o`zlari saylash xuquqini tushunishi va qadriga yetishi uchun hali juda g`o`r va nodondir. Mazkur jamiyat qonun tomonidan o`ziga berilgan haq-huquqlardan foydalanishni bilmaydilar. Bu huquq uning faqat zarariga xizmat qiladi”7 Knyaz Mansurov Davlat Dumasining yopiq majlisida Rossiyada yashirin tarzda hukm surib, 1861-yilda bekor qilingan qullik tuzumi aslida Turkistonda benuqson amalga oshirilganligini tan olishining zamirida tarixiy haqiqat yotardi. Rossiya parlamenti Davlat Dumasi noib knyaz Mansurov Turkistonda krepostnoy huquq amalda ekanligi haqida gapirilganda hech qanday mubolag`a bo`lmagan. Xulosa qilib aytganda mustamlakachilar mahalliy aholini ayovsiz qiynadi. Ulardan o`zlari hohlaganday foydalandi. Mahalliy aholi manfatlari esa doimo toptalib qadrsizlanib turilgan. Ularga inson emas hayvonday munosabatda bo`lib, tinimsiz kaltaklar va tahqirlar ostida ushlab turishgan. Mahalliy aholiga hech qanday imtiyozlar berilmagan. Ular faqat qiynoqlar bilan tinimsiz mehnatga jalb etilgan. Download 77.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling