O‘zbek modern she’riyati
Bahrom Ro‘zimuhammad she’riyati
Download 45 Kb.
|
1 2
Bog'liq10-amaliy mashg\'ulot.
Bahrom Ro‘zimuhammad she’riyati
B. Ro‘zimuhammad 1961 yil Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug‘ilgan. 1984 yilda ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Shu vaqtga qadar shoirning “Tovushsiz qadam”(1984), “Terakka yaqin yulduz”(1989), “Ikki nur”(1994), “Davsaman”(1993), “Tinch gullaydigan daraxt”(1997), “Kunduz sarhadlari”(1999), “Soyalar suhbati”(2006) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. O‘zbek modern she’riyatining taniqli namoyandararidan biri B. Ro‘zimuhammad she’riyatimizga o‘tgan asrning 80 yillarida kirib keldi. Ilk she’riy to‘plami kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi. Adabiyotshunos Q. Yo‘ldosh shoir she’rlarining tahlili jarayonida shunday xulosaga keladi: ”Bahrom Ro‘zimuhammad she’rlarini o‘qib, “hazm qilish” – tushunishga qiynalayotganlar va ularni san’at asari deb hukm chiqarishga taraddudlanayotganlar bo‘lsa bordir, biroq nima bo‘lganda ham ushbu she’rlar o‘zbek she’riyatida yangi bir voqelik ekaniga shubha yo‘q. To‘g‘ri, shoir she’rlari bir qaraganda milliy she’riyatimiz uchun noan’anaiydek tuyuladi. Barmoq vaznidan farqli o‘laroq, hijo, turoq va qofiyadan uzoq halq jonli tiliga yaqin sarbast she’rlar hisoblanadi. Ayni shu jihatdan ham ko‘proq nasrga o‘xshab ketadi. Biroq har bir so‘z, har bir satr muayyan bir obrazli ifodaga, ramziy ma’noga va ichki ohangga ega ekanligini, shoirning tili, so‘z qo‘llashdagi mahoratini e’tiborga olsak, milliy sheriyatimizda bu bir voqelik ekanligining guvohi bo‘lamiz”. Darhaqiqat, B.Ro‘zimuhammad she’rlari tesha tegmagan obrazlarga, kutilmagan ramziy ifodalarga, qochirimlarga, tazod va paradoslarga boyligi bilan she’riyatimizda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Shoirning “Tinch gullaydigan daraxt” majmuasidagi ilk misralar o‘z samimiyati, tabiiyligi bilan e’tiborimizni tortadi. Kulsang Qumrusqalar eshitadigan Ovozda kul. Yig‘lasang Devlar eshitmaydigan Ovozda yig‘la. O‘zingdan ham yashir ko‘z yoshingni O‘zingdan ham yashir. Sevgini O‘zingni sevmaslikdan boshla sen Yonsang kulga aylanguningcha yonganingni hech kim bilmasin. Shoir uchun shunchaki yozmoq mumkin emasday, shunchaki yig‘lash, kulish, yonish, sevish mumkin emas. Hammasi tabiiy, chin dildan bo‘lishi kerak. She’riyat - ruhiyat mahsuli. Shu boisdan, har bir ijodkorning o‘z ruhiy olami bo‘ladi. U dunyoni, borliqni o‘sha olam ko‘zi bilan, o‘sha xayol ko‘zi bilan ko‘radi. Biroq shoir shunchaki xayolparast emas. U hayot haqiqatlarini xayol ko‘zi bilan ko‘radi. O‘zini yer farzandi ekanligini unutmagan holda o‘zga dunyoga intiladi. Xayolparast emasman, biling shunchaki Men yomon ko‘raman yerparastlikni ruh ko‘kka intilar, jism o‘zini har lahza ming bora yerga uradi Azozil qo‘lida bo‘lib o‘yinchoq Qo‘l cho‘zdim. Men sizni olib ketaman dedim o‘zga dunyoga Siz “yo‘q”dedingiz qo‘lim havoda muallaq qoldi-ku “yo‘q”so‘zi kabi dunyo ostin-ustin bo‘lsa-da bir kun havoda muallaq qolar o‘sha qo‘l qiyomatdan so‘ng ham qolar muallaq. B. Ro‘zimuhammad she’rlarida farishta obrazi ko‘p bor qo‘llaniladi. Bu tasodifiy emas. Bu timsolga Cho‘lpon ham bir necha bor murojaat etgan. Cho‘lpon malak, farishta timsollarida erk, ozodlik haqidagi ideallarini tasvirlagan. B. Ro‘zimhammad tasvirlagan farishta timsolida poklik, go‘zallik, musaffo insoniy tuyg‘ular ifoda etiladi. Yarmim farishtadir va yarmim hayvon Ikki olov ichra yonib turibman farishta ko‘zila qarayman senga Sen menga qarama farishtam... B. Ro‘zimuhammad boshqa bir she’rida hech bir shoirda uchramaydigan tashbih qo‘llaydi. Farishta bilan Bahorning nikohidan tug‘ilgan farzand tillo sochlarini shamol o‘ynaydi zavqlanib zavqlanib o‘ynaydi shamol Farishta bilan bahorning nikohidan tug‘ilgan farzand – oppoq orzular, ilhom, ilhomdan tug‘ilgan she’r. Bahor seni qattiq quchoqlar siynasini tutar iforga to‘lig‘ Qayrilib qaramassen sen Farishtaga qo‘shilib uchib ketasan yum-yum yig‘laydi bahor yum-yum yig‘lar ko‘zini yumib... B. Ro‘zimuhammad nazarida inson – ochilmagan sir-sinoat. U tabiatning eng oliy mavjudoti sifatida hamma narsaga qodir. Eng muhimi, unda yurak, tuyg‘u bor. Uning ko‘zlarida yorug‘ bir nur o‘ynaydi. Shoir insondagi ana shu xususiyatlarni “ko‘ksingda quyosh bor bir yorug‘”, “ikkita shovqin bor qorachig‘ingda” kabi obrazli birikmalarida ifoda etadi. Ikkita shovqin bor qorachig‘ingda quyoshga qarasang quyosh kuyadi Men hozir o‘zimni yig‘ib olaman quduqqa tushgandek tushib yurakka Ikkita shovqin bor qorachig‘ingda Tush ko‘rib bilmaysan shu bois yorilib boshlaydi bahaybat bir tun ko‘kdan tushar sekin oybolta Shoir badiiy tasvir vositalaridan ustalik bilan foydalanadi: “quyoshga qarasang quyosh kuyadi” - mubolag‘a, “quduqqa tushgandek tushib yurakka”- tashbih, “ko‘kdan tushar sekin oybolta”- metafora. Tabiatdagi hamma narsa-hodisalar o‘z taraqqiyot qonuniyatlari asosida rivojlanadi. Shoirning ayrim she’rlarida tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlar biroz ziddiyatli, o‘tkir istiorali misralar orqali ifoda etiladi: Tikanlari uchib ketar kirpining sochilib ketadi tikanlari chayqaladi tun yulduz hadya etar mingta shu’lasin g‘ujanak bo‘ladi bir hovuch kumush endi uni qo‘riqlar ilon oxirlab borar ekan kun xo‘rsinib qo‘yadi kirpi so‘ng hech nima qilmas so‘ng boshin qo‘yadi tong kundasiga Tikanlaridan ayrilgan kirpi o‘zini himoya qila olmaydi. Evrilishni qarangki, endi uning dushmani – “qo‘riqlar ilon”. Ushbu majoziy tasvir orqali ezgulik va yovuzlik degan tushunchalarning almashinib turishini aytmoqchi bo‘ladi. Biroq hech qachon shoir tasvirlagan musbat va manfiy tushunchalar bir qolipga tushmaydi. Kirpini ilon himoya qilsa, zamon o‘zgarmaydimi? Tabiat obrazlari shoir she’riyatining bag‘riga singib ketadi. Shoir insonni tabiatning farzandi sifatida tasavvur etadi. Tabiat obrazlari shoirning ko‘pgina she’rlaridan o‘rin olgan. Mana bir she’rida tun manzaralari tasviri ifoda etilgan. Oy yonib ketmoqchi shukuhdan aksin cho‘miltirib suvda soviydi qora yaproqlar muzdek bunday chiroyli tunni ko‘rganmisiz hech Tun manzaralari shoir ko‘ngliga yangi yangi tuyg‘ular olib keladi; “hansirab turibdi somon g‘arami”, “hansirar damodam jilovdagi ot”, “oy shu’lasila qovushadi suv” obrazlarida tun bag‘rida lahzada ro‘y beradigan holatlar ifodalanadi. Tabiatda ro‘y beradigan har bir voqea-hodisa, yilt etgan tovush va ranglar shoirni befarq qoldirmaydi.Olamdagi jonli va jonsiz narsalar shoir qalbiga yangidan-yangi tuyg‘ular soladi, ohori to‘kilmagan obrazlar, tutilmagan tashbihlar beradi. Shoir bir she’rida jonlantirish san’atini qo‘llab, original poetik obraz yaratadi. Sening so‘qmog‘ingda yotgan bir toshman Meni bosib o‘tolmassan sen chunki toshning bolalari sening bolangdir Inson tuproqdan yaralgan. Shu sababdan u ona-zaminga ehtiyotkorlik bilan oyoq qo‘yadi. U haqda o‘ylab uzoq xayolga toladi. Nega men haqimda o‘ylab qolding sen Men haqimda o‘yingni toshdek uloqtir butkul xayolingdan forig‘ et meni Sening so‘qmog‘ingda yotgan bir toshman yaqinroq kelaver hech qo‘rqma qanot chiqaraman sen yaqin kelsang... Yil fasllaridan tug‘ilgan tafakkur lahzalari shoir she’rlari bag‘riga singib ketadi. Ayniqsa, kuz – inson hayotining katta bir manzarasi sifatida shoir she’rlarining falsafiy asosini tashkil etadi. Shoirning “Pinjimga mushukdek kiradi kuzak” she’rida shoir faqat bir o‘rinda “kuz” so‘zini qo‘llaydi, lekin kuz fasliga xos holatlar, hodisalarni obrazli tasvirlashga intiladi. Pinjimga mushukdek kiradi kuzak Shamolga yoyaman dasturxon qilib dasturxon ustiga tomar chakillab bir tomchi ko‘z yoshu, ikki tomchi qon... Shoirning ayrim misralari sizni hayratga solishi tabiiy. Chunki shoir siz ilgari ko‘nikmagan, o‘rganmagan tashbihlar, obrazli ifodalar qo‘llashga harakat qiladi. tirnog‘in ko‘ksimga botirib mushuk yuragimni jaranglatib yeya boshlaydi o‘zi ham jaranglab ketadi keyin bir-bir terib yerkan kishanchalarni Lirik qahramon faslga qo‘shilib o‘zi ham fasl bo‘lib ketadi, faqat bu faslning nomi yo‘q – nomsiz fasl. Endi men faslman, nomsiz bir fasl Shamol yo‘q, rang-tus yo‘q kunduz yo‘q Tun ham yo‘q, yo‘qlikning o‘zi yo‘q Siz bilgan narsalar yo‘q bisotimda. Endi men faslman sizni kutmayman Hech qachon orziqib kutmanglar meni. Kuz fasli manzaralari tasvirlangan boshqa bir she’rida nozik holatlar, hodisalar ohangini yaratishga harakat qiladi. She’rda sarg‘aygisi kelmayotgan yaproqlarning silkinib sassiz yig‘lashi, xazin sukunatni buzgan barcha tovushlarning egasi-yomg‘irning shivir-shiviri romantik bir tarzda ifoda etiladi. Sarg‘aygisi kelmas yaproqlarning silkinib sassiz yig‘laydi fasl xarsang tosh to‘kilgandek ko‘zdan yengil tortib boraman tobora oyoqqa o‘rlashib ko‘kdagi bulut ko‘k rangi tomadi erib chak-chak ermak uchun jilmayib qo‘yadi gul CHAH churq etadi bulbul sukunatni quvar mahobat ila barcha tovushlarning egasi YOMGʻIR... B. Ro‘zimuhammad she’rlarida sukunat obrazi ko‘p qo‘llaniladi. Bu obraz sokinlik, sukut shakllarida ham uchraydi. Masalan; “tovushsiz yig‘ladim, lekin ne uchun pinagini buzmas sukunat”,”shaxsiy sukunating bilan davramizga kirib kelding sen”kabi. Sukunat – sokinlik, tinch, osuda bir lahzalardan iborat bo‘lsa-da, shoir bu holat bilan kelisha olmaydi. Chunki uning ko‘nglida doimo isyon tuyg‘ulari jo‘sh urib turadi. Shovqin muzlab qoldi. Yaxmalak uzra yiqiladi nigohim tingla meni tongda qo‘ng‘ir cho‘qqilar kirar tushimga aylanib turishar mahobat ila yolg‘iz emas yolg‘izligim tovushsiz dodladim.Lekin ne uchun pinagini buzmas sukunat ko‘krak qafasimni sindirdim bo‘g‘zimga tiqilar bir ko‘k harf sirg‘anib chiqadi yumshoq o‘q o‘lik tirigimni bilmasman keyin Tovushim yetmaydi dodlashga ochib ko‘rsataman yaralarimni xo‘mrayib qo‘yadi kulyapkan dunyo... Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling