Mustaqil ish №1
Amalga oshirildi: Бурнашева. Н.Ю
O‘zbek munshaoti tarixi, uning an’analari
Reja:
1. O’zbak munshoati tarixi
2.Hujjat turlari
3. Hujjatlarning yozilish tartibi
Hujjatlar kishilik janiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Hujjatlar ish yuritishning asosini tashkil etadi. Kishilik jamiyatining taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi baravarida hujjatlar takomil topib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o’rxun-enasoy, so’g’d, eski uyg’ur arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko’plab, hujjatlar, yozma manbaalar ma’lum.
Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo’lgan: xabar, tavsif farmoyish bildirish, tasdiqlash va h.k. Bu o’rinda To’xtamishxonning 1390-yilda polyak qiroli Yagayolka yo’llagan yorlig’I, Temur qutlug’ning 1397-yildagi yorlig’i, Boburning otasi Umarshayx mirzoning marg’ilonlik MirSaid Ahmad ismli shaxsga 1469- yilda bergan yorlig’I toshkent hokimi Yunusxo’janing 1797-yil 2-iyunda Peterburgga- Rosiiya podshosiga o’z elchilari orqali yuborgan yorlig’i va boshqalarni eslash mumkin.
O’rta osiyo hududidan topilgan qadimgi ma’daniy obidalar, turli ma’daniy jismlarga bitilgan ma’lumotnomalar ajdodlarimizning qadimdan o’ziga xos hujjatchilik an’analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi.
XIX asrda Qo’qon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan biri “patta”lardir.
Mazkur davr yorliqlarida maxsus qoliplar bo’lgan. Masalan – “ To’xtamish so’zim yig’lag’ayg’a” deb, ikkinchisi – “ temur qutlug’ so’zum” deb, uchinchisi esa – “ Sulton Umarshayx Bahodur so’zim” deb boshlagan.
Hujjatlar mazmuniga ko’ra ikki turli bo’ladi:
- Sodda hujjatlar- muayyan bir masalani o’z ichiga oladi;
- Murakkab hujjatlar – ikki yoki undan ortiq masalani o’z ichiga oladi.
Hujjatshunoslikda yaratilish o’rniga ko’ra tasnif qilinadi.
Ma’muriy boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko’ra ko’ra hujjatlar hozirgi kunda asosan, quyidagicha tasniflanadi:
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi.Shuningdek aysim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza,tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs sonda shakllantiriladi. Hujjatlar matnini tuzishda turg’unlashgan, qoliplashgan so’z birikmalaridan ko’proq foydalanish lozim. Hujjatchilikda imlo va tinish belgilari masalasiga alohida e’tibor qilish kerak.Savodli yozilgan hujjatgina o’z vazifasini mukammal bajarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |