Keng tarqalgan vokal musiqa janri va shakli bo’lib, unda she’riy va musiqiy obrazlar bir-biriga uyg’unlashgan holda gavdalanadi. Ashulaning xalq ashulasi va professional turlari bor.
Keng tarqalgan vokal musiqa janri va shakli bo’lib, unda she’riy va musiqiy obrazlar bir-biriga uyg’unlashgan holda gavdalanadi. Ashulaning xalq ashulasi va professional turlari bor.
“Ashulachi”
Ashula keng ma’noda barcha vokal janrlar ijrosidir. O’z ijrochilik san’atlari bilan xalq orasida tanilgan ashulachilarni “Hofiz” deyiladi. Ashulachilik ashula aytish san’atini asosiy kasb qilib olgan san’atkorlardir.
Xorazm maqomlarining vokal-ashula bo’limi bo’lib, olti maqomning deyarli hammasida Tani maqom, Nasr, Talqin kabi asosiy va ularga asoslangan Suvora, Uzzol, Faryod, Ufar kabi qismlar mavjud.
“Avj”
Arabchadan olingan bo’lib, cho’qqi ma’nosini anglatadi. Musiqa bayoni va rivojida eng yuqori nuqta. Arab, Fors musiqa nazariyasi, xususan “o’n ikki maqom” sistemasidagi sho’balardan biri. O’zbek musiqa me’rosining maqom, ashula, katta ashula kabi yirik shakldagi namunalarida bir necha xil avjlar uchraydi. Bular – o’rta avj, katta avj deb belgilanib, “Ushshoq”, “Muxayyar”, “Turk”, “Zebopari” singari nomlar bilan ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |