O’zbek oilaviy marosimlarida tayyorlanadigan taomlar


Download 20.57 Kb.
Sana06.10.2023
Hajmi20.57 Kb.
#1693704
Bog'liq
3 mavzu


O’zbek oilaviy marosimlarida tayyorlanadigan taomlar.
Reja:
1. O’zbek milliy taomlari va ularning turlari.
2. Diniy bayram va motam marosimlari bilan bo’g’liq taomlar. 3. An’anaviy nikoh to’yi tantanalarida tayyorlaniladigan taomlar.

O’zbeklar oziq ovqatlarning turlari va xarakteri, bir tomondan o’lkaning tabiiy sharoiti va xo’jalik xususiyatlari ta’sirida bo’lsa ikkinchi tomondan mahalliy etnik guruhlar madaniyatining o’ziga xosligi bilan belgilangan.


,,Qadimiy o’troq dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelgan aholi taomlari, o’tmishda yarim ko’chmanchi dashtdan kelgan chorvador aholinikidan farq qilgan. O’zbekistoning g’arbiy qismida yashovchi shahar aholisining ovqat turlariga eroniy halqlar taomi sharqiy qismidagi shahar aholisining ovqat turlariga Qashqar (uyg’ur) taomining ta’siri sezilarlidir. O’zbek taomlarini ichida qadimiy davrlardan hamir ovqatlar alohida o’rini egalaydi.Ularning foydali va asosiysi nondir: Kunjutli va sedanali non, go’shtli jizzali non, patir non, zog’ora non qatlama non.
Go’shtli taomlar qovurdoq, qazi, hasip, qozon kabob, six kabob, qiyma kabob, tandir kabob, bug’lama kabob cho’pon kabob.
Quyuq taomlar: palov, shavla, manti, ajabsanda, dimlama, bosma moshkichir, va boshqalar.
Suyuq ovqatlar: qaynatma sho’rva, mastava, chuchvara, moshho’rda, ugra oshi, go’ja oshi, sutli atala, sholg’om ho’rda va boshqalar.
Bir necha yuz yillar mobaynida ma'lum bir an'ana va urf-odat bilan bog‘liq tarzda tayyorlanadigan maxsus marosim taomlari paydo bo‘lgan. Ular kundalik taomlardan farqli tarzda asta–sekinlik bilan bajarilayotgan urf-odatning tarkibiy qismi umumiy ovqatlanish yoki magik harakat ob'ektiga aylanib borgan. Ayniqsa, marosimiy taomlar mazmun-mohiyatiga yil fasllari o‘zgarishida, eski va yangi yil arafasida, qish bilan bahor oralig‘ida yoki dehqonchilik yumushlari boshlanishi hamda yakunlanishida katta e'tibor berilgan.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, marosim taomlari nafaqat oilaviy marosimlar – beshik to‘yi, sunnat to‘yi, nikoh tantanalari va motam marosimlarida, balki Bibi Seshanba, Mushkulkushod, ashurlik, mavludlik kabi ayollar ishtirokida o‘tkaziladigan maxsus diniy marosimlarda, ko‘chirma va haqiqat kabi shomoniylik marosimlarida ham tayyorlangan. Shuningdek, iydi ramazon va iydi qurbon hayitlarida, Navro‘z va sumalak sayli, guli armug‘on va lola sayli kabi ommaviy xalq sayillarida- palov, sho‘rva, chuchvara, shovla, xolvaytar, halim, sumalak, o‘yma, atala kabi o‘nlab maxsus marosimiy taomlar tayyorlash an'anasi bo‘lgan. E'tiborli tomoni shundaki, aynan mazkur marosimlarda tayyorlangan taomlar qatnashchilarning ovqatlanishga bo‘lgan biologik ehtiyojini qondirish vazifasini bajaribgina qolmay ular tayyorlanishi va iste'mol qilinishi jarayonida ma'lum bir jamoa, urug‘, etnos, jinsiy, ijtimoiy va diniy jamoaga vakillarining o‘zaro ijtimoiy munosobatlari namoyon bo‘lgan. Qolaversa, marosimiy tarzda tayyorlangan taomlarni birgalikda iste'mol qilish insonlar orasida do‘stlik, hamkorlik va qarindoshlik aloqalari jadallashuviga, ayrim hollarda taomning o‘zi do‘stlik yoki qarindoshlik rishtalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
O‘zbek oilalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan biror bir muhim tadbir, turli-tuman to‘y-tantanalar oldidan, farzandsizlik yoki farzand tug‘ilishida, oila boshiga biror bir musibat tushganda yoxud kimdir kasal bo‘lib qolgan vaqtda ayollarning homiy kulti–Bibi Fotima sharafiga bag‘ishlab mahalla ayollari ishtirokida maxsus taom - Bibi Seshanba oshi tayyorlanadi.
Marosimda dastlab undan tayyorlanuvchi chalpak, holvaytar, so‘ngra sho‘rva, palov pishirilgan. ushbu marosimda tayyorlangan taomlar, asosan, ayollar tomonidan iste'mol qilingan. har bir taom tanovul qilish vaqtida otin ayollar tomonidan qur'on oyatlari o‘qilgan. Shuningdek, bu kun aynan ayollar davra bo‘lib «zikri jahr» (suhbat ham deyishadi) tushganlar. «Zikri jahr» yarim soat mobaynida aytilgan. shundan so‘ng guli armug‘on atrofida ayollar niyat aytib aylanishgan. Marosim oxirida do‘sti xudo mozori ziyorat qilinib, o‘tgan ajdodlar va do‘sti xudoga bag‘ishlab duoi fotiha o‘qilgan.
Vodiy o‘zbeklarida chorshanba kuni marhumlar ruhiga bag‘ishlab o‘yma pishirilib, «is» chiqariladi. Toshkent o‘zbeklarida esa o‘yma o‘rnida bo‘g‘irsoq qilinadi. Umuman olganda, chorshanba mushkullardan xalos bo‘ladigan kun hisoblangan. Ushbu kun pishiriladigan chuchvara uchun xamir zuvalasini oxirigacha pishirilgan 5 yoki 7 qo‘shniga tarqatilgan. Ba'zi hollarda esa 5 yoki 7 qo‘shni ayollar xonadonga chorlanib, ularga ziyofat berilgan. Tugun oshini tayyorlash jarayonida oxirgi 5 ta yoki 7 ta chuchvarani tugunlari yechilib ketsin deb tugilgan joyidan yechib qozonga solingan.
Payshanba kuni Farg‘ona vodiysi o‘zbeklarida marhumlar kuni deyilgan
Shanba kuni chiltonlar haqqiga deb shavla pishiriladi va uch dona chiroq yoqiladi.
Vodiy o‘zbeklari va tojiklarida faqatgina marhum chiqqan uyda uch kun davomida issiq ovqat tayyorlashga bo‘lgan taqiq saqlanib qolgan. Farg‘ona vodiysida yashovchi turklar, qipchoqlar va qirg‘izlarda o‘troq o‘zbeklar va tojiklardan farqli tarzda marhum dafn etilmasdan avval qo‘y so‘yib marosimiy taom - sho‘rva tayyorlanadi. Lekin tayyorlangan sho‘rva marhumni qabristonga dafn etib kelingandan so‘ng ichilgan. Bu taom xalq orasida “qora osh” deb ham yuritilgan.. Vodiyning boshqa hududlarida yashovchi o‘zbeklarda marhumning qirqi o‘tkaziladigan kun marosimiy taom tarzida holvaytar tayyorlash udumi keng tarqalgan. Qolaversa aynan mazkur marosim ishtirokchilari uchun chuchvara, moshkichiri, shavla kabi yengil ovqatlar tayyorlangan va o‘rik qoqi suvda qaynatilib sharbat tayyorlangan. Keksa kishilarning ta'kidlashlaricha, o‘rik sharbatining hidi qabristongacha yetib borar va undan marhum ruhi ham bahramand bo‘lar ekan.
An'anaviy nikoh to‘yi tantanalarida taomlar marosimiy ahamiyat kasb etibgina qolmay qator afsungarlik vazifalarini ham bajargan. Jumladan, Namangan shahri o‘zbeklarida nikoh kechasi yosh kelin-kuyovlarga kelgusi hayotlari asalday totli bo‘lsin, deb asal yalatilgan, yoki “kelin-kuyov hayoti kelgusida moshday bir-biriga qorishib ketsin”, “moshday serhosil va serfarzand bo‘lsin” deb kelin tushirib kelinganda dasturxonga turli noz-ne'matlar bilan birgalikda moshkichiri tortilgan. Ushbu moshkichirini faqat shu yerda o‘tirgan ayollargina iste'mol qilganlar. Odatga binoan ushbu taom erkaklarga berilmaydi. Bunda, yangi kelin-kuyovning uyida mosh-guruchdek aralashib ketsin, moshkichiridek muloyim, yuvosh va kirishimlik bo‘lsin, degan afsungarlik niyati mujassamlashgan. Darvoqye, moshkichirining afsungarlik xususiyati borasida so‘z yuritganda shuni ham qayd etish joizki, motam marosimlarida pishiriladigan taomlar orasida hyech qachon bu taom bo‘lmagan. Chunki moshkichiri qilinsa ushbu uyda yana bir bor motam bo‘lishi mumkin deb irim qilingan.
Download 20.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling