Oʻzbek oshxonasi


Download 27.69 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi27.69 Kb.
#1057337
  1   2
Bog'liq
o\'zbek oshxonasi


O’zbek oshxonasi – millat durdonasi

Oʻzbek oshxonasi — oʻzbek xalqi va Oʻzbekistonning milliy va anʼanaviy oshxonasidir. Katta tarixga ega boʻlib, oʻzbek tili, madaniyati va anʼanalari bilan chambarchas bogʻliq. Oʻzbek oshxonasi, Oʻrta Osiyoning boshqa turkiy xalqlaridan farqli oʻlaroq, turli xil xalqlar oshxonasi va madaniyatining taʼsiri ostida xilma-xillikga egadir. Ushbu xilma-xillik, oʻzbeklarning bir qismi turgʻun, bir qismi esa koʻchmanchilik qilib boshqa xalqlar taomlarini oʻzlashtirishgan va ana shunday unikal xilma-xillikka erishishgan. Ushbu bogʻliqliklar sababli oʻzbek taomlari dunyoda eng mashhurlardan biridir.

Rossiyaning TurStat tahliliy agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston gastronomik turizm yo‘nalishida MDH va yaqin chet el mamlakatlari reytingida kuchli beshlikdan joy olgan. Bular Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston va O‘zbekiston.


Bilamizki, milliy taomlarning tayyorlanish jarayoni bilan o‘sha taomlarning vatanida tanishish sayyohlar uchun doim qiziqarli bo‘lib kelgan.
Shu bois “O‘zbekiston oshxonasi” brendini jahon miqyosida ommalashtirishda jamoat tashkilotlari, xususan, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasining o‘rni alohida.
O‘zbek milliy taomlarini dunyoga tanitish, mamlakatimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi 2010-yilda Butunjahon bosh oshpazlar hamjamiyati uyushmasiga, 2017-yilda Butunjahon Islom davlatlari pazandalar uyushmasiga a’zo bo‘lgan.
Natijada, ko‘plab xorijiy festival, sammit, musobaqa, o‘zaro tajriba almashish va shu kabi boshqa tadbirlarda ishtirok etilib, yuksak marralarga erishilmoqda.
Xususan, 2018-yilda National Geographic jurnali o‘tkazgan National Geographic Traveler mukofotida “Gastronomik turizm” nominatsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinni egalladi.
Tanlovda ishtirok etgan respondentlar O‘zbekiston uchun 34 foiz, Italiyaga 21 foiz, Ozarbayjonga 17 foiz, Fransiyaga 13 foiz, Janubiy Koreyaga 5 foiz ovoz bergan.
“Ko‘plab sayyohlar O‘zbekistonga mamlakatning oshxonasi, an’analari va madaniyati bilan tanishish uchun ham kelmoqda, — deydi O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarov. — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turizm sohasidagi jamoat tashkilotlari faoliyatiga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, gastronomik turizmni rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan bir qator loyihalarni amalga oshirmoqdamiz.
O‘tgan yili avgust oyida Turkiyada bo‘lib o‘tgan 33-Xalqaro “Mengen” festivalida, 13 ta davlat, jumladan, Germaniya, Niderlandiya, Kipr, Ozarbayjon, Malayziya, Ukraina, Misr, Bosniya va Gertsegovina, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar qatorida “O‘zbekiston” milliy oshxonasi stendi tashkil etildi va musobaqada 3-o‘ringa sazovor bo‘ldik.
Ayni vaqtda uyushma O‘zbekistonga tashrif buyurgan mehmonlarga o‘zbek milliy taomlarini tayyorlash jarayonini namoyish etish va master-klasslar o‘tkazishni yo‘lga qo‘ymoqda. Jumladan, yaqinda Amerikadan kelgan bir guruh sayyohlarga o‘zbek milliy taomlarini tayyorlash bo‘yicha master-klass o‘tkazildi. Shuningdek, amerikalik mashhur bloger Sonni Sadga mahalliy baliqlarimizdan turli taomlar tayyorlash sirlari o‘rgatildi. Germaniyalik ekspert Gans Karl Madelung O‘zbekistonga tashrifi davomida Toshkent restoranlarida bo‘lib, o‘z mulohazalarini yozib qoldirdi.
“Sezishimcha, sizlarda oshxonaning jihozlanishidan ko‘ra restoranning tashqi va ichki dizayniga ko‘proq ahamiyat qaratishar ekan, — deydi sayyohlardan biri. — Faqat yaxshi sharoitdagina a’lo darajali, mazali taom pishirish mumkin. Shu jihatdan qaraganda, Toshkent restoranlari jahon andozalariga uncha mos kelmas ekan. Ammo aminmanki, vaqti bilan bu nuqsonlar bartaraf etiladi.
“Bu kabi muammolar yillar davomida yig‘ilib qolgan, jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari, restoran, kafe va boshqalarni xalqaro standartlarga moslashtirish vaqti keldi, — deydi O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarov. — Biroq sohada faoliyat yuritayotgan korxona rahbarlari jamoat tashkilotlarining rolini u qadar tushunib yetgani yo‘q. Shu maqsadda, uyushmamiz o‘z atrofida umumiy ovqatlanish korxonalarini birlashtirib, xorijdagi yetakchi ekspertlar ishtirokida, O‘zbekistondagi restoranlarni jahon andozalariga moslashtirmoqdamiz. Bu jarayonda yurtimizning pazandachiligi tarixiga oid muzey tashkil kilish mening orzuim. Chunki o‘zbek xalqini boshidagi toji, bu — pazandalik. Qolaversa, uyushmamizda muzey uchun juda ko‘p materiallar bor.
“Shuni hisobga olib, yurtimizda bu yo‘nalishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish choralari ko‘rilmoqda, — deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakilli Sanjar Ro‘ziyev. — Bunda qo‘shimcha sarmoyalar jalb etish orqali investitsion salohiyatni kuchaytirish, turizmning noan’anaviy turlarini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda jamoat tashkilotlarini rolini oshirish doimiy e’tiborda.
O'zbek milliy taomlari dunyo taomlari orasida eng shirin, xilma - xil taomlardandir. Sharq madaniyatida mehmonni dasturxonga turli shirinliklar, murabbolar qo'yish, shirin taomlar tayorlab olib kelish odatga aylangan. O'zbekiston xalqlari orasida ham bu odatlar juda rivojlangandir. O'zbek milliy taomlaridan juda ko'pchiligi sharqda ham, g'arbda ham mashhurligini inobatga olib, biz o'zbek milliy taomlarini tayorlash, dasturxonga tortish haqidagi o'z fikrlarimizni sizga tortiq etmoqdamiz.
Qoraqalpoq milliy oshxonasida ko’pincha un va yormadan tayyorlangan taomlardan tashkil topgan. Ularning orasida jugar unidan tayyorlangan go’shtli uzma hamir- beshbarmoq mashhurdir. Uning hamiri jugar uni, tuz va qaynatilgan suvdan qoriladi. So’ng, hamirni uzunchoq shaklda kesib chiqiladi va unda barmoqlarning shakli aks etadi. Keyin, uni go’shtli bulyonda qaynatiladi. Tayyor hamir uzmalarining ustiga go’sht va piyozli souv qo’shiladi.
Bug’doy unidan nonlar yopishadi. Katta tovoqda hamirni aralashtirib, uni o’qlovda yoyiladi. Ana shu hamirning o’zidan ingichka qilib yoyilgan va mayda kesilgan to’rtburchak hamir bo’laklari-baursak, va qo’lda yoyilgan hamirdan tayyorlangan qovurilgan nonlar - sozban tayyorlanadi. Shu hamirning o’zidan yana 2 xildagi ugra: kespas va kaysas tayyorlanadi. Kespas- naychaga juda ingichka qilib yoyilib va mayda qilib ugra qilib kesiladigan non hisoblanadi. Kaysas ni ham ana shunday tayyorlanadi, faqat unga yog’ ham qo’shiladi.

Download 27.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling