O'zbek rassomlari va kompozitorlari


Download 424.31 Kb.
bet3/4
Sana07.04.2023
Hajmi424.31 Kb.
#1337172
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbek rassomlari va kompozitorlari

Rahim Ahmedovich Axmedov (1921.26.7, Toshkent — 2008.9.7) — rassom. Oʻzbekiston xalq rassomi (1961). Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi faxriy aʼzosi (1997). Toshkent badiiy bilim yurti (1937-41) va Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik institutida (1947-53) taʼlim olgan. 1953-yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida oʻqituvchi, 1976-yildan professor Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi boshqaru-vi raisi (1965-84, 1992-94). A. asarlari chukur psixologik ifodaliligi bilan ajralib turadi, ularda ichki kechin-malar, his-tuygʻular mohirona ifodalangan. Ijodini aso-san portretlar chizish bilan boshlagan („Qahramon ona“, 1949, „Choʻpon“, 1952, „Student qiz portreti“, 1954 va boshqalar). Rassom yaratgan portretlar („Ona oʻylari“, „Keksa kolxozchi portreti“, 1956; „Oʻzbek qizi portreti“, 1958; „Qashqadaryolik ayol“, 1959; „Mehnatda ham soldat“, 1961; „Surxondaryolik ayol“, 1962; „Muqimiy“, 1968; „Nigora“, 1971; „U. Tansiqboyev“, 1972; „Lola portreti“, 1979; „Nabi Rahimov“, 1983; „Shuhrat Abbosov“, 1987 va boshqalar) oʻzbek tasviriy sanʼatida portret janrining rivojiga katta hissa boʻlib qoʻshildi.

Maʼsuma Ahmedova — (1921- 1972), Buxoro, zardoʻz, Oʻzbekiston xalq rassomi. Yoshligidan Buxoro zardoʻzlik fabkasining ishchisi. Buxoro zardoʻz ustalari Rasul Vosiyev, Gʻaybulla Muhamedovlardan taʼlim olgan, N. Aminov, R. Mirzayevlar tajribasidan oʻrgangan. Zardoʻzlik sanʼati va badiiy usullarini mukammal egallagan. Badiiy buyumlarga naqshlar ishlagan, nodir zardoʻzi soʻzanalar yaratishda qatnashgan: „Buzilmas ittifoq“ (1957), „Girih“ (1962, ikkalasi ham V. Stolyarov chizgisi asosida), „Anor“ soʻzanalari va boshqalar. Ayniqsa, „Bayram“ soʻzanasi (1958, chizgisini V. Stolyarov bilan hamkorlikda chizgan, hammasi Amaliy sanʼat muzeyida) zardoʻzlik sanʼati anʼanalarining yorqin namunasidir

TOSHMATOV Gʻanijon (1913.27.6, Asaka — 1994.14.2, Toshkent) — sozanda (gʻijjak), bastakorOʻzbekiston xalq artisti (1973). Sozandalikni dastlab otasi T. Shomatov, akalari KarimsherAbdulla va Muhammadalilar, keyinchalik S. Siddiqovdan, kuy bastalashni T. Jalilovdan oʻrgangan. Toshkent konservatoriyasining tayyorlov kursida oʻqigan (1947—49). Toshmatov dastlab mohir sozanda sifatida tanilgan. Andijon (1932— 34), Fargʻona musiqali teatrlarida sozanda va musiqa rahbari (1934—39), Muqimiy teatri (1939 — 46), Oʻzbekiston radioqoʻmitasi xalq cholgʻu asboblari orkestrida sozandakonsertmeyster (1946—67) va rahbar (1949—53) boʻlib ishlagan. «Ushshoq», «Segoh», «Nasri Segoh», «Dugoh», «Fargʻona Buzrugi», «Surnay Buzrugi», «Chapandozi Bayot» kabi oʻnlab maqom yoʻllari, «Yalang davron», «Nisor», «Munojot», «Tanavor», «Tong otguncha» kabi xalq kuylarini, oʻzi bastalagan «Kezarman», «Guljamol» va b. murakkab asarlarni ijro etgan. T. Oʻzbekiston radiosida Uygʻur ansambli (1967—78), Oʻzbek xalq etnografik ansambli (1978—79), «Dutorchi qizlar ansambli»ning tashkilotchisi va badiiy rahbari (1979—94, 1996-y. dan Toshmatov nomida)


Download 424.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling